O‘sish joyi va tarqalishi: Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining o„rta tog„ mintaqasida o„tli yoki shag„alli qiyaliklarda uchraydi. Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Dorivor maqsadlarda ularning ildizlari, ildizpoyalari, barg bandlari, poyalari va o„simlik sharbati yig„iladi. Kimyoviy tarkibi: Ildizlarda uglevodlar, fenollar, fenolkarbon kislotalar, katexinlar, katexin polimerlari, katexingallat, gallokatexin va uning galli efiri, taninlar, kumarinlar, leykotsianidinlar, antraxinonlar mavjud. Rovoch poyasida C, A, E, B1, B2, B6, B12 vitaminlari mavjud. Barg bandida organik kislotalar (olma, shovul kislotalari), shakar, kletchatka, gemotsellyuloza, pektinlar topilgan. Poyasida mikroelementlar saqlanadi: natriy, kaliy, magniy, temir, yod. Mevalarida taninlar uchraydi. Tibbiyotda qo’llanilishi:An’anaviy tibbiyotda rovochni yosh barg bandlari va poyasini yoki ulardan tayyorlangan yangi sharbati yoki kompoti va kiseli mustahkamlovchi, kam qonlikka qarshi, isitma tushiruvchi va qon bosimini tushiruvchi vosita sifatida ishlatish tavsiya etiladi. Shuningdek, past kislotali gastrit, gepatit, xolangit, o„t pufagi yo„ llarining diskineziyasi, sil kasalligi, bavosil, surunkali ich qotishi, anemiya, gipertoniya, poliartrit, bezgakli holatlarda undan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda ishtaha va umumiy holat yaxshilanadi, og„riq kamayadi, qon bosimi pasayadi, qonda eritrotsitlar va gemoglobinlar soni ko„payadi va najas normallashadi. Rovochni yosh barg bandlari va poyalarini quyoshda quritib, quruq joyda saqlash kerak. Quyidagi retsept bo„yicha quritilgan poyalardan kaynatma tayyorlanadi: 2 osh qoshiq quritilgan rovoch poyasiga (20-30 g) 1-1,5 stakan (200-250) qaynatilgan suv bilan quyiladi va past olovda 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Gipertenziya, burun va ichki qon ketishlarda hamda kamqonlikda rovoch damlamasi tavsiya etiladi. Zamonaviy tibbiyot rovoch tarkibidagi organik kislotalar va vitaminlar (birinchi navbatda C vitamini) borligi tufayli uni atrofik va past kislotali gastrit bilan og„rigan bemorlar uchun foydali deb hisoblaydi. Oshqozonning sekretor funksiyasini oshiradi, ishtahani yaxshilaydi, oshqozon shilliq qavati kapillyarlarining qarshiligini oshiradi. Rovoch, shuningdek, jigarning antitoksik funksiyasini yaxshilaydi va gipertoniyaning engil formalari bo„lgan bemorlar uchun foydalidir. Tarkibida kletchatka va pektin miqdori yuqori bo„lganligi sababli rovoch oshqozonning hazm qilish funksiyasini yaxshilaydi, shuning uchun uni ich qotishi bo„lgan qariyalarga tavsiya etiladi. Bezgakli isitmada rovoch poya va barg bandlarining sharbati ichilsa, haroratni pasaytirishga yordam beradi. U toksinlarni zararsizlantirganligi sababli yuqumli shamollashning zaharli ta’sirini pasayishiga olib keladi. Kaliy miqdori yuqori bo„lganligi sababli yurak xastaligi bilan og„rigan bemorlar uchun foydalidir. Bu uning siydik haydovchi ta’siri bilan bog„liq. Yovvoyi va madaniylashtirilgan rovoch sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Ishlatishdan oldin yosh barg bandlari yoki poyasi ustki qismidan tozalanadi, alohida bo„laklarga bo„linadi va ta’mga ko„ra tuzlanadi. Yosh va suvli novdalari achchiq-nordon ta’mga ega, yetuk va suvli poyalari biroz nordon-shirin ta’mga ega. Rovochning yosh tozalangan novdalaridan murabbo, kompotlar, salatlar, kisel, sharbatlar, sabzavotli sho„rva, marmelad, shakarli mevalar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.