O’simlik tavsifi: Elaeagnaceae oilasiga mansub kulrang po„stloqli shoxlangan tikanli buta. Balandligi 2-5 m bo„lgan kichkina daraxt yoki buta, juda ko„p sonda qisqargan tikanli shoxlarga ega. Barglari kalta bandli, chiziqli- lansetsimon, uchki qismi kalta
o„tkirlashgan, pastki qismda ponasimon toraygan, uzunligi 2-9 sm va eni 3-15 mm, ustki tomoni kulrang-yashil, ostkisi tukchalar bilan qoplaganligi uchun
kumush-oq rangda. Gullari mayda, sariq, xushbo„y. Mevasi dumaloq, oltin-sariq mayda danak meva, uzunligi va eni 8-10 mm, shoxlarga zich yopishgan. Mevalari ozgina achchiq bilan nordon ta’mga ega. May oyida gullaydi, mevalari avgust-sentyabrda pishadi. Tarqalishi. Rossiyaning Yevropa qismining janubiy-g„arbiy mintaqalarida, Kavkaz,
Sibir va O„rta Osiyoda uchraydi.
O'sish joyiva tarqalishi: Vodiy va daryolarning qayir joylarida,
jarliklarda, o„sadi. U
Samarqand, Buxoro, va viloyatlarida Umumiy Osiyo, qismi, G„arbiy
Mo„g„uliston,
qoya va
O„rta
Evropa
Sibir,
bog„larda Toshkent, Farg„ona, Qashqadaryo Surxondaryo uchraydi. tarqalishi. MDHning Kavkaz, Yevropa,
Tibet, Himoloy, Eron, Afg„oniston.
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Mevasi, yog„i (mevalari va urug„lardan olingan) va barglari xom ashyo hisoblanadi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida, barglari may oyida yig„iladi.
Kimyoviy tarkibi: Meva tarkibida karotinoidlar mavjud: karotin (60 mg gacha), kriptoksantin, zeaksantin, fizalen, organik kislotalar (2,64% gacha) - olma va tabiiy vino kislotasi, shakar (3,56% gacha), taninlar, izoramnetin, S (450 mg gacha), B1 (0,035 mg gacha), B2 (0,056 mg gacha), E vitaminlari (145 mg gacha), foliy kislotasi (0,79 mg gacha) va yog„li moy (8% gacha), tarkibida olein, stearin, linolin va palmitin kislotalarning glitseridlari mavjud. Meva tarkibida turli xil vitaminlar mavjud va u eng yaxshi tabiiy vitamin saqlovchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |