D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə80/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
Tibbiyotda qo'llanilishi: Chakanda mevalari va uning moyi og„riqni va yallig„lanishni kamaytiradi va to„xtatadi, to„qimalarning granulyasiyasi va epitelizatsiyasini tezlashtiradi, yaralarni tezroq davolashga yordam beradi va polivitaminli ta’sirga ega. Sharbat, suv damlama, spirtli nastoyka, sirop va moyi shaklidagi chakanda mevalari turli xil avitaminozlar (xususan, singa, tunda ko„rlik) hamda qizilo„ngach va oshqozon yarasi uchun ichga qabul qilinadi. Tashqi tomondan mevalarining suvli damlamasi va ayniqsa moyi turli xil teri kasalliklari (toshmalar, ekzema), uzoq vaqt davolanmaydigan yaralar,
ginekologik amaliyotda ayollar kasalliklari, teri va shilliq pardalarining nurlanishida ishlatiladi. O„rta Osiyoda bod kasallik uchun barglarini issiq suvda ho„llab ishlatiladi. Mevalari ham xom, ham murabbo, shinni shaklida iste’mol qilinadi.
Dalachoy - Hypericum perforatum L.
Зверобой пронзённый
O'simlik tavsifi: Hypericaceae oilasiga mansub tik turuvchi, ikki qirrali, shoxlangan poyasi bo„lgan ko„p yillik ildizpoyali o„simlik. Barglari qarama- qarshi, hidli, cho„zinchoq-ovalsimon, tiniq nuqtali bezli tukchalari bor. Gullari sariq rangda, uchta to„plamda birlashgan ko„p sonli changchilarga ega. Urug„chisi uchta ustunchali va uch uyali ustki tugunchadan iborat. Mevasi uch uyali ko„p urug„li ko„sak. Balandligi 30-100 sm. Gullash vaqti: iyun - iyul.
O‘sish joyi. Tarqalishi: Farg„ona,
Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi tog„ oldi
mintaqasidan o„rta tog„ hududigacha tarqalgan.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Dalachoy o„tlarini odatda iyun oxiridan iyul boshlarida ommaviy gullash paytida yig„iladi. Yig„ilgan o„tlar yaxshi havo aylanadigan chordoqlarda yoki ayvonlar ostida quritilib, qog„ozga yoki matoga 5-10 sm qalinlikda yoyilib, vaqti- vaqti bilan aylantiriladi. Butun o„simlik o„ti 15 kg dan oshmaydigan
matodan qilingan
qoplarga, maydalangani - 25 kg og„irlikdagi
qoplarga qadoqlanadi. Undan oldin xom ashyo qo„shimcha ravishda ishlov beriladi:
maydalanadi va dag„al poyalari elaklarda olib tashlanadi. Quruq, havo yaxshi aylanadigan joylarda saqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 3 yil. XI DF ga muvofiq, ishlov berilmagan xom ashyoning namligi 13% dan oshmasligi kerak, rutin bo„yicha flavonoidlar yig„indisi 1,5% dan kam bo„lmasligi kerak. Maydalangan xom ashyoning raqamli ko„rsatkichlari: rutin bo„yicha flavonoidlar yig„indisi 1,5% dan kam emas, namlik 13% dan, umumiy kul miqdori 8% dan, 10%li xlorid kislota eritmasida erimaydigan kul 1% dan oshmasligi kerak: o„simlikning ildiz qismlari (asosiy poyasi va yon shoxlari) 50% dan, teshiklari diametri 7 mm bo„lgan elakdan o„tuvchi maydalangan zarralar 10% dan, organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 1% dan, mineral aralashmasi (tuproq, qum, toshchalar) 1% dan oshmasligi kerak. Mog„orlagan va chiriyotgan, zaharli o„simliklar va ularning qismlari, shuningdek, ortiqcha barqaror hidni bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin