Ixtisoslashtirilgan yo’lovchi bekatlarifaqat yo’lovchi poezdlari harakati uchun mo’ljallanadi (Toshkent yo’lovchi bekatsi va boshq.). Ular bosh va perron yo’llari va vokzalning joylashuviga qarab quyidagi chizma turlarga ajratiladi: o’tkinchi (ochiq), berk turdagi qabul jo’natish yo’llariga ega bo’lgan (bunday bekatlar orqali tranzit poezdlar harakat yo’nalishini o’zgartirib o’tkaziladi), hamda o’tkinchi (ochiq) va berk qabul jo’natish yo’llariga ega bo’lgan kombinirlashgan turdagi bekatlar. Birlashgan bekatlaryo’lovchi va yuk poezdlariga xizmat qiladi. Juda ko’p birlashgan bekatlarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ishlar ixtisoslashtirilgan bekatlardagi ish xajmidan ko’proq bo’ladi. Harakat miqdori oshgan sari bunday birlashgan bekatlarda yuk poezdlari harakatini tashqariga olib chiqish bo’yicha qayta qurish ishlari bajarilishi mumkin.
Zonaviy bekatlar shaharatrof poezdlar harakati uchun mo’ljallanib shahar atrofidagi uchastkalarida joylashadi va shaharatrof poezdlari tarkiblarini orqaga qaytarish, turishi va ayrimlarini ekipirovka qilish uchun xizmat qiladi.
Har xil kategoriyali (darajali) yo’lovchi poezdlari bilan bajariladigan ishlar xarakteriga qarab yo’lovchi bekatlari o’tkazuvchi (tranzit), oxirgi (manzil oxiri) va aralash (Moskva, Toshkent) bo’lishi mumkin. Poytaxt shaharlarida, yirik shaharlar va kurort markazlarida (qora dengiz shaharlari) katta miqdorda yo’lovchilar oqimlari paydo bo’lishi va tugashi sababli ularda oxirgi bekatlar ko’proq quriladi. Aksariyat katta shaharlarda va aralash tranzit-oxirgi bekatlar quriladi.
Ish xarakteri va harakat miqdoriga qarab yo’lovchi bekatlari xilma-xil bo’ladi. Yo’lovchi bekatlarida tranzit poezdlar soni 60 gacha, uzoqqa qatnovchi oxirgi manzil poezdlari 60 gacha va shaharatrof poezdlari sutkasiga 300 juftgacha bo’lishi mumkin.
Ish xarakteriga qarab bekatlar ayrim yoki barcha (uzoqqa qatnovchi, mahalliy va shaharatrof) harakat turlariga xizmat qilishi mumkin.
Shartli ravishda yo’lovchi bekatlarini bir yillik jo’natilgan yo’lovchilar yoki oxirgi manzil poezdlari soniga qarab bir necha kategoriyaga ajratish mumkin. Yillik jo’natilgan yo’lovchilar soni bo’yicha tabaqalash ancha aniq bo’lib, bekat kategoriyasini, ishning samaradorligini, mavjud texnik vositalar va inshootlarning ishlatilishini baholashga imkon berishidan tashqari bekatning yo’l tarmoqlari va boshqa inshootlarini ta’mirlash va foydalanish bazalarining rivojlanishi uchun asos ham bo’ladi. Ihtisoslashgan bekatlarning yillik jo’natilgan yo’lovchilar soni 2-3 mln. kishidan 20-25 mln. kishigacha etishi mumkin.
Bekatlarning ish hajmi, xarkteri va ixtisoslanishini belgilovchi asosiy omil, bu bekatning temir yo’l liniyalarida joylashuvi (liniyaning oxiri, bosh yo’llar, tugun, yordamchi yo’llar va bsh.), shahar turi va unda sanoat va seliteb (qurilish va ko’kalamzor) xududlarning joylashuviga bog’liq.
Bekatni uning ish xajmiga qarab tasniflash (klasifikatsiyalash), kelgusi rivojlanishini hisobga olib chizma tanlash va bekatlarda jarayonlarni yuqori darajada avtomatlashtirilib boshqarishga keng yo’l ochiladi.