Yo’lovchi bekatlarida turist poezdlariga xizmat ko’rsatish. Yo’lovchi bekatlarida keladigan turistik poezdlar soniga qarab maxsus yo’llar, asfaltlangan past yoki baland platformalar, yo’lovchi tonnellari, turistlar uchun maishiy imkoniyatlar (telefon, yuvinish joylari va sh.k.), vagon restoran, yoritish va suv tarmoqlari va boshqalar barpo etiladi.
Turist poezdlarining turar yo’llari bekat turiga, uning shahar hududida joylashuviga, tugunda texnik bekatning mavjudligi kabilarga qarab belgilanadi. Bunda turist poezdlari qo’yilgan joydan shaharga chiqish qulay va qisqa, poezd vagonlariga qulay ta’minot va xizmat ko’rsatish imkoniyatlari bo’lishi kerak. O’zbekistonda Toshkent va Samarqand temir yo’l tugunlarida bunday sharoitlar barpo etilgan.
12.4. Yo’lovchi bekatlarining chizmalari
Berk turdagi yo’lovchi bekatlari kamdan kam o’ta katta shaharlarda, yo’lovchi poezdlari qatnovining oxirgi manzillarida (Moskva, Peterburg, Odessa, Olma – Ota va boshqalar) shakllangan bo’lib ularning rivojlanishi asosan tarixiy sharoitlar bilan juda yaqin bog’langan, shahar ichkarisiga, ya’ni markaziga qarab yaqinlashgan bo’lib kelayotgan va jo’nab ketayotgan yo’lovchilar uchun katta qulayliklarga ega.
Berk turdagi yo’lovchi bekatlarining asosiy kamchiliklari: o’tib ketuvchi yo’lovchi poezdlarida yo’nalish o’zgartirilishi va qo’shimcha manevr harakatlarining (bagaj va pochta vagonlarning o’rnini almashtirish) bajarilishi; bekatda yagona strelkali bo’g’izning o’ta yuklanganligi (bekatdagi barcha harakatlar shu bo’g’izda bajariladi); poezdlarning tashkiliy harakat yo’llari va manevr harakati yo’llarining o’zaro kesishuvlarining ko’pligi; berk yo’llarga poezd qabul qilish va manevr harakatlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun tezliklarning kamaytirilishi va o’ta extiyotkorlik bilan bajarilishi va sh.k. Berk turdagi bekatlar yangidan qurish uchun tavsiya etilmaydi.
Berk turdagi yo’lovchi bekatlarining chizmalari asosiy inshootlarining o’zaro joylashuvi va ularning ixtisoslashishi asosida yuzaga keladi. Qabul jo’natish yo’llarining va vokzal binosining o’zaro joylashuviga qarab (rasm 12.3) berk turdagi yo’lovchi bekatlari vokzal binosi ko’ndalang, P va G ko’rinishida, yo’llarning yon tomonida va yo’l tepasida joylashgan ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Rasm 12.3. Yo’lovchi bekatlarida vokzal va qabul-jo’natish yo’llarining joylashishi
Berk turdagi bekatlarning aksariyat qismida uzoqqa qatnovchi va shaharatrof poezdlari harakatining nohiyalashishidir. Bunda shaharatrof harakatlar bekat yo’llarining bir nohiyasida tashkil etilsa, uzoqqa qatnovchi yo’lovchi poezdlar harakati boshqa nohiyada jamlanadi. Bunday ixtisoslashish avvalo tarkiblarni ortiqcha olib qo’yishlarni kamaytiradi, manevr harakatida kesishuvlar kamayadi, yo’lovchilar (ayniqsa shaharatrof harakatida) doimiy o’tish yo’llariga moslashadi. Bekatga kelish bosh yo’llarining soni harakat turlari va miqdorlariga qarab 2,3 va 4 bosh yo’lli bo’lishi mumkin. Bunda bosh yo’llar har xil ixtisoslashishi mumkin. 12.4 rasmda harakat miqdorlari katta bo’lgan berk turdagi yo’lovchi bekatsi tasvirlangan bo’lib, unda uzoqqa qatnovchi va shaharatrof poezdlari harakati uchun bir juft bosh yo’l ajratilgan bekatda shaharatrof poezdlari uchun mo’ljallangan qabul-jo’natish yo’llarining uzunligi qisqa, uzoqqa qatnovchi harakat yo’llari esa katta uzunlikda loyihalangan.
Rasm 12.4. Uzoqqa qatnovchi va shaharatrof poezdlari harakati bosh yo’llarda birlashtirilgan berk turdagi yo’lovchi bekatsi:
1 – shaharatrof poezdi yo’llari;
2 – motor vagon sektsiyalarning turish yo’llari;
3 – texnik bekat;
4 – lokomotiv xo’jaligi;
5 – bagaj va pochta (qurilmalar) inshootlari;
6 – uzoqqa qatnovchi poezdlar yo’llari.
Dostları ilə paylaş: |