E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. Ishlatilgan shpris va ignalarni qo‘l yetadigan joyda, ochiq holda saqlash mumkin emas



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə23/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   236
yuqumli-kasalliklar

13-rasm. Ishlatilgan shpris va ignalarni qo‘l yetadigan joyda, ochiq holda saqlash mumkin emas.
shlatilgan materialni xavfsiz yig‘ib olish.

Ishlatilgan materiallar, ayniqsa o‘tkir buyumlar, juda ehtiyotkorlik bilan yig‘iladi. Inyeksiyadan keyin shpris va ignalar tibbiy xodimlar hamda atrofdagi kishilar uchun yu- qumlilik xavfi bor material hisob- lanadi. Ishlatilgan shpris va ignalarni qo‘l yetadigan joyda, qolaversa ochiq holda saqlash mumkin emas (13- rasm). Ularni tibbiy xodimlar, be- morlar va atrofdagilarga maksimal xavfsiz bo‘lishi uchun maxsus kon-
teyner qutiga solinadi (14-rasm). Bunda shprisni qutiga solishdan oldin undan igna- ni ajratib olish yoki uni qalpoqchasi bilan qayta yopib qo‘yish qat’iyan man qilinadi (15-rasm). Hozirgi vaqtda barcha emlash punktlari maxsus konteyner-qutilar bilan ta’minlangan. Mazkur qutilar quyidagi talablarga javob bera olishi zarur: 1) devor- lari mustahkam — quti devorlari igna bilan teshilmaydi, bu esa hamshiralarni ishla- tilgan ignalarning tasodifan sanchilishidan
s aqlaydi; 2) namga chidamli — quti ichiga ,, v ... . , ,.
^ J ° ^ ° 14-rasm. Xavfsiz karton quti.
ma’lum miqdordagi suyuqlik to‘kilsa-da,
u mustahkam qolishi zarur; 3) chiqindi solingan quti ag‘darilib ketgan taqdirda ham, ichidagi chiqindilar sochilib ketmasligi zarur.
B

15-rasm. G‘ilofni ignaga kiygizish mumkin emas.
u talablarga to‘la javob berish uchun inyeksiyada ishlatiladigan asbob-buyumlarni yig‘ishda qo‘lla- niladigan quti mustahkam, teshil- maydigan va namlanmaydigan kar- tondan yasaladi. Bunday qutilar tib- biy muassasalarga yig‘ilmagan holda keladi va shuning uchun ularni to‘g‘- ri yig‘ish juda muhimdir. Chunki noto‘g‘ri yig‘ilgan quti ochilib keti- shi va tibbiy chiqindilarning sochilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, inyeksion materialni yig‘ishga yaroqli moslama sifatida xavfsiz plastik konteynerlar — qopqoqli plastik chelaklar ham vaqtincha ishlatilishi mumkin. Uning ichiga polietilen paket joyla- nadi va chelak qopqog‘i zich qilib yopiladi. To‘lgan konteyner insineratorga olib boriladi. Yoqishdan oldin qopqoq ochilib, poli­etilen paket ehtiyotlik bilan insineratorga solinadi. Keyin konteynerga yangi polietilen paketni joylab, undan qayta foydalanish mumkin. Bu vaqtda chelak har safar dezinfeksiya qilinishi shart.
Plastik qutini ishlatishning o‘ziga yarasha shartlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) konteyner qopqog‘i uning devori bilan jips bo‘lishi kerak; 2) konteynerda «ochilmasin» degan yozuv bo‘lishi kerak; 3) konteyner qopqog‘ini bevosita yoqish oldidan
insinerator yonida ochish kerak. Ishlatilgan shpris va ignalarni yig‘ishdagi eng asosiy shartlardan biri ularni to‘ldirish hajmiga e’tibor berishdir. Ignalar bilan jarohatlanishning oldini olish uchun kon- teyner — quti 3/4 miq- dordan oshmagan holda to‘ldirilishi kerak (16- rasm).

  1. I


    Yüklə 1,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin