yaxshi ma’lumki, gapning har bir bo‘lagiga nisbatan va umuman
gapning o‘ziga nisbatan savol berish mumkin. Masalan, «Professor
Azlarov 314-auditoriyada fizikadan 3-kurs talabalariga ma’ruza
o‘qiydi». Ushbu gap bo‘yicha 9ta savol tuzish mumkin. Mantiq-
da savollarning tasnifi lingvistik tasnifdan farq qiladi. Savollarni
chin yoki yolg‘on deb tasniflash mumkin emas. Buning uchun
ko'proq o‘rinli-o‘rinsiz, ma’noli-ma’nosiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri, toliq-
toliqsiz kabi tasniflardan foydalaniladi.
Mantiqda savollar har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga
bolinadi:
1. Oddiy va murakkab savollar.
Tarkibida boshqa savol bo‘lmasa,
oddiy savol, bolsa - murakkab savol deb yuritiladi. Murak
kab savollar o‘z navbatida qo‘shuvchi, ayiruvchi, shartli turlarga
bolinadi. Masalan, Konsertda G ‘.Yoqubov bilan O.Nazarbekov
ham ishtirok etdimi? Xatiga javob yozdingmi yoki yozmadingmi?
Agar aytganingni qilsam, shartimga rozi bo‘lasanmi?
2. Aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollar.
Masalan, «Sen o‘qishni
bilasanmi?» degan savol aniqlovchi, «Sen qaysi qo‘shiqni kuyla-
moqchisan?» degan savol to‘ldiruvchi savoldir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: