Filologiyasi fakulteti qarshiyeva feruza zafar qizi bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix06.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122035
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
“mahbub ul-qulub” va “guliston” asarlaridagi aforizmlarning bmi

Bayt: 
Demaslar ulug‘ oni ahli yaqin, 
Ki zishtiy-la ayg‘ay ulug‘lar otin, 
Qit’a 
Hechdur bu jumla chunkim o‘tgusi, 
Baxtu taxtu amru nahyu hukmdor. 
Qilma zoe’ o‘tgan yaxshi otin, 
Toki qolsi yaxshi noming barqaror. (85-bet.) 
Sa’diy uzoq yillar davomida hosil qilgan hayotiy xulosalariga ko'ra, 
mamlakatning siyosiy barqarorligi, osoyishtaligi hamda rivoji, eng avvalo, 
odil podshoh, sadoqatli bek va vazirlar, o'z ishiga xolislik va diyonat bilan 
yondashadigan sadrlar, fidoiy bahodir va yasovullar, shijoatli va vatanparvar 
sipohiylarning dunyo va oxirat saodatini ko'zlab ish yuritishlariga bog'liq 
ekanligini takidlaydi.
Keyingi bob darveshlarga bag‘ishlangan. Bobda oriflar, obidlar, so‘fiylar
darveshlar va ahli donishning surati va siyrati, botiniy va zohiriy dunyolari haqida 
so‘z yuritiladi hamda ularning pandu-o‘gitlari keltiriladi. Boning mohiyatini o‘ziga 


jamlagan hikoyatlar soni 47 tani tashkil qiladi. Ulardan 40-,43-,46-hikoyatlar 
manzuma shaklida yozilgan.
Bu bobdagi hikoyatlar ichida 20-hikoyatga o‘zbek xalq maqollarining eng 
sara na’munasi bo‘lgan “Odobni beodobdan o‘rgan” naqli asos qilib olinadi. 
Hikoyatda Luqmoni hakimdan “odobni kimdan o‘rganding?” – deb so‘raganlari va 
uning “odobni beodobdan o‘rgandim, ularning harakatlaridagi menga maqul 
bo‘lmagan narsalardan o‘zimni saqladim” deb javob beradi. Shu hikoyatdan 
ko‘rinib turiptki, Sa’diy zamona ahli odob-axloqi, sabrli insonlar saodati 
vayolg‘onchilik, o‘g‘rilik kabi illatlar haqida ham o‘z xulosalarini keltirib o‘tgan. 
Manzuma shaklida yozilgan hikoyatlar va yana bir qancha baytlarda ifodalangan 
o‘gitlar hazil tarzida aytiladi. Sa’diy Sheroziy haqida Sadriddin Ayniy fors-tojik 
adabiyotining birinchi satirachisi,− deb baho berganida batamom haqli edi. Sa’diy 
mohiyati jihatidan nosatirik bo‘lgan asarlarida ham qator satirik va yumoristik 
hikoyatlarni joylab yuborgan edi. “Guliston”da ko‘plab latifa, hazil, nozik hajvlar 
ishlatiladi. Sa’diy fors-tojik adabiyotida mazmundor hazil va shirin hajvlarning 
ijodkoridir. “Sa’diyning hajv va hazillari ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
hazillar edi”.
10
Uchinchi bob qanoatning fazilati to‘g‘risida bo‘lib, shayx Sa’diy qanoatni 
insonga berilgan bebaho boyliklardan biri deb takidlaydi.
Qit’a: 
Ey qanoat, Tavongar ayla meni, 
Sendan ortiq jahonda ne’mat yo‘q. 
Kunji sabr ixtiyori Luqmondur, 
Kimdakim sabr yo‘qki, hikmat yo‘q. (133-bet.) 
Bobning hajmiga qaralsa 29 ta hikoyat, masnaviy, qit’a va baytlar orqali 
qanoatning foydalari, sabr, shukrona, safarning foydalari, ta’ma qilishning ozori, 
oz yemoqlik va hushfellik kabi insoniy xislat va illatlarning odam farzandlari 
uchun nechog‘lik ahamiyatli ekanligi tasvirlanadi. Hikoyatlar orasida Ardasher 
10
С. Айний. Асарлар. 10том T. 1967., 169-бет.


Bobokon haqidagi 5-hikoyat alohida o‘ringa ega. Unda Ardasher Bobokon bir kuni 
bir arab hakimidan: “Bir kunda qancha ovqat yeyish kerak? ” deb so‘rabdilar. 
Hakim javob beribdi: “Yuz diram og‘irligicha yeyish kifoya.” Ular yana so‘radilar: 
“Bu ovqat qancha quvvat beradi?”. Hakim javob beribdi: “Shu miqdor ovqat 
yesang, u seni oyoqda ko‘taradi, ortiq yesang, sen u ovqatni ko‘tarasan”. 
Hikoyatdan xulosa shuki, inson uchun yemoqlik yashash uchun ehtiyojdir
yemoqlik uchun yashash nodonlikdir. 
Bayt: 
Yemaklik, sog‘ o‘lub, “Allooh” demaklik, 
Emas maqsad tiriklikdin, yemaklik. (137-bet.) 
 
Baytga singdirilgan hikmat ham yuqoridagi hikoyatga hamohang bo‘lib, undan 
keyingi hikoyat va she’riy janrlarda ham shu hikmat tadrijiy davom ettiriladi. 
Bundan keyingi hikoyatda xurosonlik ikki darvesh haqida hikoya qilinib, ularning 
biri oriq oz yeguvchi va ikkinchisi semiz ko‘ptanavul qilguvchi bo‘ladilar. Ular 
safar chog‘ida josus gumon qilinib zindonga tashlanadi. Oradan ikki hafta o‘tgach 
xabar olinsa ovqatsiz qolgan bu ikki darvishning zaif, ozg‘ini qolib, semizi esa jon 
bergan edi. Buning boisi ozg‘in darveshning kam taomga ham sabr qilgani, semiz 
darveshning esa har kunda uch marta taom yeganligi uchun ochlikka bardosh 
berolmaganligi edi. Sa’diy bu fikrlariga izoh tariqasida muqaddas kitobimizning 
Arrof surasi 31-oyatini keltiradi: “Yengiz va ichingiz va isrof etmangiz”. 
To‘rtinchi bob Sukutning foydalari bayonidadir. Bu bobda sukut saqlash, tini 
tiyish, sir saqlash, nojo‘ya so‘zlamslik kabi axloqiy qoidalar haqida bayon qilinadi. 
Ushbu bob asardagi eng kichik hajimli bob bo‘lib, 14 tahikoyat, 3 ta she’r, 7 ta 
bayt, 2 ta fard, 3 ta qit’a, 4 ta masnaviy, 1 ta misra bor.
Bob so‘zga usta Sahboni Voil, siriga sadoqatli, Sulton Mahmudning vaziri 
Hasan Maymandi hikoyatlari bilan ajralib turadi. Hasan Maymandiga 
bag‘ishlangan hikoyat podshohlar sirini saqlash va ularga sadoqat ko‘rsatish 
to‘g‘risidadir. Hikoyatdan so‘ng keltirilgan baytda ham shu saboq takidlanadi: 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin