Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə6/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
suv havza. majmua

Sun’iy suv omborlari. Keyingi 30-40-yil ichida katta daryo suvlaridan ichimlik suv sifatida va elektr energiya olish maqsadida foydalanish uchun ko‘pdan-ko‘p suv omborlari qurildi. Jumladan, 0‘zbekiston daryolari bo‘yida bir necha suv omborlari qurildiki, ularning hajmi lOmlrdm ni tashkil qiladi. Shu maqsadda Amudaryoning sho‘x suvi ham jilovlandi.
Tuyamo‘yin, Qayroqqum, Chordara va boshqa suv omborlari respublikamiz xalq xo‘jaligi taraqqiyotida katta rol o‘ynamoqda. Sanoat korxonalarining taraqqiy etishi, yangi-yangi turar-joylar, posyolkalarning paydo bo'lishi o‘z-o‘zidan suvga boigan ehtiyojni oshirmoqda. Shuning uchun ham ko‘p daryolar jilovlanib, ularni yig'ish maqsadida to‘g‘onlar qurilmoqda. Qor-yomg‘ir suvlari to'planishi ekin maydonlarini sug'orish muammosini hal qilmoqda.
Suv omborlaridagi suv tarkibi daryo, yomg‘ir va oqova suvlar tarkibiga o'xshaydi, chunki oqib keladigan suv suv omborlarida to‘planadi.
Suv omborlaridagi suvning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular borgan sari minerallashib, tuzlarining miqdori ortib boradi. Suvning bug‘lanishi, uning yerga shimilishi suv tarkibidagi mineral tuzlar miqdorini tobora oshirib boraveradi.
Suv ombori sathining suv miqdoriga nisbatan katta bo‘lishi, uning tezroq minerallanishiga olib boradi. Masalan, Donbass shahridagi suv omborlarida dastlab har litr suvga 300 mg qattiq cho'kma to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, olti yil o‘tgach u 1600 mg ga yetdi.
Bundan tashqari, suv qavatlaridagi erigan tuz miqdori ham bir xil bo'lmasligi kuzatilgan. Chunki suv omboriga tushayotgan suvning mineralligi va solishtirma og‘irligi kam bo‘lganligi sababli, undagi tuzlar yuqori qavatda qoladi, to‘la-to‘kis aralashib ketmaydi. Masalan, suv omborining yuza qavatidan olingan suv namunalarida suvning qattiqligi 9 mg ekv/litr, chuqur qavatidan olinganida esa 9,5-15 mg ekv/litrga yetgan. * Ammo, shamol ta’sirida suvning to‘lqinlanib aralashishi oqibatida suv qattiqligi ancha o'zgaradi.
Suv omboridagi suvning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular yozda ko‘karib ketadi. Bunga suv o'simliklarining o‘sishi sabab bo'ladi. Suv o'simliklarining o‘sishi suv tarkibini organik moddalar bilan boyitadi. Suvda serovodorod paydo bo‘lib, erigan oksigen kamayib ketadi, bu suvdagi baliqlar, jonivorlarning qirilishiga sababchi bo'ladi. Bundan tashqari, suv o'simliklarining ko‘p qismi suv inshootlariga tushadi, filtrlovchi uskunalarga tiqilib qolib, ularni ishdan chiqaradi, vodoprovod inshootlarining normal holatda ishlashiga zarar yetkazadi.
Suv ko‘karishining oldini olish maqsadida samolyotlar yordamida 1 m suvga 0,5 gramm CuS04 (mis sulfat) sepiladi. Bu suvning o‘z- o‘zini tozalash imkonini beradi. Natijada suv mikroorganizmlar bilan uncha ifloslanmaydi. Suv omborlari qurilayotgan vaqtda uning tagini tozalash mumkin bo‘lishi kelajakda suvning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu maqsadda suv ombori quriladigan joy - daraxtlar, changalzorlar, ko‘p yillik o‘tlar va boshqalardan tozalanadi. Shunda suvning organoleptik, bakteriologik va kimyoviy tarkibi talabga javob beradigan bo‘ladi.
Suv omborlari qurish birinchidan - aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi, ikkinchidan - joyning kichik iqlimini yaxshilab, obodonchilik ishlarining rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Suv omborlari suvi doimo almashtirib turilgani uchun sanitariya jihatidan uncha xavf tug'dirmaydi, daryo suvlari esa doimo harakatda, o‘z-o‘zini tozalash jarayonlari juda intensiv o‘tadi, mikroblardan ozod bo‘lib, organik moddalar zararsiz tuzlarga aylanadi.
Yirik gidroenergetika inshootlari qurilayotgan rayonlardagi sanitariya muassasalari xodimlarining vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. Suv omborlari qurilishidan oldin va suv omborlari qurilib bo‘lgandan so‘ng suv sifatini o‘rganish.

  2. Kelajakda suv ombori o'zanining suv sifatiga ta’sirini kamaytirish yoki yo‘qotish maqsadida sanitariya choralari ko'rishni uyushtirish.

  3. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv omborining biror joyini vodoprovod inshootlariga suv olishga mo‘ljallash.

4. Tozalangan oqova suvlar va sanoat chiqindi suvlarini oqizish uchun joy tanlash.
Ma’lumki, suv omborlarini qurish juda ko‘p muammolarni, jumladan, suv to‘g‘on yuqorisiga ko‘tarilib, atrofidagi maydonlarni suv bosishi, suv omborlari atrofidagi yerosti suvlarining ombor suvlariga qo'shilib, yer yuzasiga ko‘tarilishi, u yerga biror obyekt qurib bo‘lmasligi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Aholini esa boshqa joyga ko'chirish zarur bo‘ladi. Suv omborlaridan pastroqda joylashgan turar-joylarning cho‘kishi kuzatiladi. Buning oldini olish maqsadida artezian quduqlar kovlanib yerosti suvlari motorlar, uskunalar yordamida chiqarilib olinadi.
Suv omborlari loyihasi ishlab chiqilayotganda sanitariya vrachlari zarur chora-tadbirlarni ko'rishlari kerak. Suv omborlaridagi suvning tozaligini saqlab qolish maqsadida suvning sifat ko‘rsatkichlari o‘z vaqtida sanitariya vrachlari tomonidan laboratoriya yordamida aniqlanishi lozim.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin