Kanallar. Keyingi yillarda kam suvli regionlarga kanallar yordamida suv keltirilmoqda. Kanal suvlaridan faqatgina xalq xo'jaligini rivojlantirishda emas, balki aholi uchun ichimlik suvi sifatida ham foydalaniladi. Jumladan, katta Farg‘ona kanali (uzunligi 345 km), shimoliy Farg‘ona kanali (144 km), Kirov nomli kanal (135 km), Irtish- Qarag‘anda kanali (460 km), Shimoliy Qrim kanali (400 km), Volga- Ural kanali (400 km) va boshqa kanallar shular jumlasidandir. Kanallardagi suv hajmi sekundiga 20-40 m ga teng. Ammo, kanal suvlarida o‘z-o‘zini tozalash xususiyati ancha kam. Buning ustiga shag‘alli joylarda suv o'tlari o‘sib, kanal suvini ifloslantiradi, bu esa suvning hidi va mazasiga ta’sir qiladi.
O‘rta Osiyo respublikalari hududida joylashgan kanal suvlaridan ichimlik suvi maqsadida foydalanilganda uning sanitariya holatiga ahamiyat berish zarur.
SUVNING YUQUMLI KASALLIKLAR TARQALISHIDAGI ROLI
Suv ichburug1, gepatit, qorin tifi, paratif, diareya kasalliklarining kelib chiqishiga sabab boiishi mumkin. Tarixga nazar tashlasak, ko'pchilik mamlakatlarda turli yuqumli kasallik epidemiyalari tarqalganligining guvohi boiamiz. Bularga ko'pincha suvning yuqumli infeksiyalar bilan ifloslanishi sabab boigan.
Keyingi yillarda ichak kasalliklari ko‘p tarqaimoqda. Bunda viruslarning roli katta. Sariq kasalligi, poliomiyelit va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar suvda uzoq vaqt yashaydi. Quyidagijadvalda bunga misol keltiramiz.
Bakteriyalar
|
Vodoprovod
suvida
|
Daryo
suvida
|
Ko'lmak
suvda
|
Ichak tayoqchasi
|
2-262 kun
|
21-183 kun
|
_
|
Ich terlama bakteriyasi
|
2-93 - « -
|
4-183- «-
|
15-107kun
|
Dizenteriya mikrobi
|
15-26- «-
|
19-92- «-
|
-
|
Vabo vibrioni
|
4-28 - « -
|
0,5-92 - « -
|
l-92-«-
|
Leptosfera
|
- « -
|
150kungacha
|
7-75 - « -
|
T ulyaremiya mikrobi
|
92 kungacha
|
7-31 kun
|
12-60- «-
|
Brutsellyoz tayoqchasi
|
2-85kun
|
-
|
4-122
|
Agar sil kasalliklari kasalxonasidan chiqqan oqova suvlar zararsiz holatga keltirilmay suv havzalariga tashlansa, bunday suvdan foydalangan kishilar sil kasalligi bilan og‘rishlari mumkin. Biofabrika, jun tozalash va qayta ishlash korxonalarining chiqindi suvlari zararsizlantirilmay suv havzalariga oqizilsa, kuydirgi kasalligi tarqalishi hech gap emas.
Suv havzalarida turli infeksiyalarning paydo bo'lishiga ko'pincha odamlarning o‘zi sababchi bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘la-to‘kis davolanmagan, mikrob tashib yuruvchi kishilar ham tashqi muhitni doim zararlab yuradilar. Ular suvni, tuproqni, ular orqali esa ekin mahsulotlarini ifloslantiradilar. Mikroorganizmlar esa tashqi muhitda uzoq vaqtgacha yashash qobiliyatim yo‘qotmaydi.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan mikroorganizmlaming suvda ancha ko‘p yashay olishi ko'rinib turibdi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, ilgarilari suv orqali tarqalgan yuqumli kasalliklardan juda ko‘p odamlar qirilib ketgan. Yaqin 20-30-yiI ichida ham turli epidemiyalar tarqalganining guvohimiz. Masalan, 1972-yilda Meksikada ich terlama bilan 10 mingga yaqin kishi og'ridi, shu davrning o‘zida ichburug1 kasalidan 15 ming kishi halok bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroblar tashqi muhit omillari ta’sirida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmoqda.
O.Baroyanning fikricha, patogen mikroblar o‘rnini shartli patogen mikroblar, hatto saprofit bakteriyalar egallab, kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarga aylanmoqda.
Darhaqiqat, suvning ifloslanishidan tarqaladigan kasalliklar juda xavfli. Ayniqsa, ilgarigi vaqtlarda ichimlik suvlarga yaxshi e’tibor berilmaslik oqibatida bunday holatlar tez-tez kuzatilib turilar edi. Jumladan, 1908-1909-yillarda Neva daryosiga shahar kanalizatsiya suvi zararsizlantirilmay oqizilishi tufayli vabo kasalidan bir necha ming kishi halok bo‘lgan. '
1963-yili 0‘zbekiston va Rossiyaning bir qancha viloyatlarida vaboga o‘xshab ketadigan kasallik tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishiga Eltor vibrioni sabab boigan. Bu vibrion ochiq suv havzalaridan topildi. U tashqi muhit ta’siriga o‘ta chidamli epidemiya xavfini tug'diruvchi mikrob hisoblanadi.
Ichburug1, qorin tifi, paratif kabi kasalliklar ham juda ko‘p martalab tarqalgan. Suv orqali yana bir qancha kasalliklar tarqalishi mumkin. Masalan, Vasilev-Veyl kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz va boshqa kasalliklar suvda kalamush, sichqon va suv hayvonlari ko‘payishidan paydo bo'ladi. Bunday suvlarni iste’mol qilishni to'xtatish epidemiyaning oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar analiz qilinganda shunday xulosa kelib chiqadiki, ichak infeksiyasi tarqalishiga 70 foiz hollarda hovuz, ariq va kanal suvlarini ichish sabab bo‘lar ekan. 8-13 foiz kasallik hodisasi kanal va ariq suvlarida cho‘milish oqibatida, kasallikning 5,8-8 foizi ifloslangan quduq suvini ichish natijasida paydo bo‘lar ekan. Bunday holatlar goho vodoprovod suvini ichish natijasida ham paydo bo'lishi mumkin. Bunga vodoprovod trubalarining chirishi, yorilishi, unga chiqindi suvlarning tushishi va boshqalar sabab bo‘ladi.
Keyingi vaqtlarda me’da-ichak kasalliklari bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Jumladan, «Izvestiya» gazetasining 1989-yilda chiqqan sonida xabar qilinishicha, Sochi shahar sanepidstansiyasi tomonidan bir hafta ichida 300 ga yaqin me’da-ichak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ro‘yxatga olingan. Bunga sabab qora dengiz suvi tarkibidagi mikroorganizmlar soni normaga nisbatan 15-20 marotaba oshib ketganligidir. Natijada dengizda cho‘milishga chek qo‘yilgan.
Zarafshon daryosi suvi mikroblar makoniga aylanmoqda. Bunga sabab kanalizatsiya, oqova suvlar va axlatlarni zararsiz holatga keltirmasdan daryo suviga oqizilishidir. Shunga o‘xshash holatlarni Volga, Dnepr va boshqa daryolarda ham kuzatish mumkin.
Xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Afrika davlatlari, Hindiston yarim orolidagi aholining ahvoli ancha achinarli. 55 mln aholiga ega bo‘lgan Filippin davlatining 47 foiz aholisi 1980-yilgacha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 1984-yilga kelib shahar aholisining 80 foizi, qishloq aholisining 55,5 foizi toza suv bilan ta’minlandi. Gaiti davlatida 1984- yilda hammasi bo‘lib shahar aholisining 54 foizi, qishloq aholisining 25 foizi vodoprovod suvi bilan ta’minlangan. Yaman Arab respublikasida qishloq aholisining 22 foizigina toza suv bilan ta’minlangan. Shu sababli aholining suvga muhtojligi tobora ortib bormoqda. Suvning ifloslanishi bolalar o‘rtasida diareya kasalligining keng tarqalishiga sabab bo'lgan. 5¬ yoshgacha boigan bolalaming 30-40 foizi shu kasallikdan nobud boidi. Maktab o'quvchilari orasida shistosomoz kasalligi keng tarqalgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butundunyo tibbiyot uyushmasi aholini toza suv bilan ta’minlash programmasiga asosan muhtoj davlatlarga juda katta mablag* ajratgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qoshida aholini toza suv bilan ta’minlashning 10- yillik (1981-1990) programmasi tuzildi. Shu programmaga asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga bu borada moddiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Suv orqali tulyaremiya kasalligi ham tarqalishi mumkin. Tulyaremiya kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikrob (V.tuleransis) suv namunalarida ko‘p vaqtgacha ajralib turadi. Bu mikrobni ham suvdagi qoramtir kalamush, sichqonlar tarqatadi. Bunday suvda tasodifan cho‘milish kasallikka sabab boiadi.
Suv orqali poliomiyelit enteroviruslari, sariq kasalligi, kok-saki, YeSNO va boshqa kasalliklar tarqalishi kuzatilgan. Ba’zi infeksiyalar suv havzalarida hatto 200 kungacha yashash qobiliyatini saqlab qoladi. Shuning uchun ham suvni dezinfeksiya qilganda viruslar faolligi 99 foizga tushganda kasallik kelib chiqishining oldini olish mumkin.
Xullas, suv orqali juda ko‘p yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Toza ichimlik suvlarini zararli oqova suvlardan, chiqindilardan himoya qilish suv orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |