2-mavzu: Suv havzalarning sanitariya muhofaza zonalari. Davlat standarti (27-61-84) talabiga asosan suv manbalari va bosh suv olish inshootlari atrofida sanitariya-muhofaza zonalarini to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Unda suv_olish joyi, vodoprovod inshootlariga ulanadigan joy ma’lum qoidaga amal qilingan holda muhofaza qilinishi shart. Bu muhofaza zonalari Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlanadL
Sanitariya-himoya zonasi bu - xo‘jalik-ichimlik suv havzalarini, suv qabul qilib olish inshootlarini ma’lum ajratilgan masofa va hududlarda himoya qilishdir. Sanitariya-himoya zonasini tashkil qilish, ya’ni ma’lum ajratilgan hududda qattiq tartib o‘rnatilishi, bu ayniqsa ochiq suv havzalari uchun va yerosti suvlarining ifloslanishining oldini olish uchun mo‘ljallangandir. Bunday zonalar vodoprovod bosh inshootlarini ham o‘z ichiga oladi. Ular suv manbalarini tasodifiy yoki ataylab zararlantirilishining oldini olishga imkon beradi. Aholi sog‘lig‘ini saqlashni ko‘zda tutib, 1937-yili sobiq SSSR Xalq komissarlar Soveti va Markaziy Ijroiya komiteti tomonidan aholini «Vodoprovod va suv bilan ta’minlash manbalarini sanitariya jihatidan himoyalash» to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan. Shu qaror asosida juda ko‘p ko‘rsatma hujjatlar chiqarildi, bu hujjatlarda sanitariya-himoya zonasini kengaytirish, himoya zonasida ish rejimini tashkil qilish va boshqalar ko‘zda tutilgan. 1982-yilda sobiq SSSR Davlat Bosh sanitariya vrachi tomonidan yana bir Nizom tasdiqlandi. Bunda aholini xo'jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv manbalari atrofidagi sanitariya-himoya zonalarini loyihalash va undan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilindi (26-40-82).
Shu hujjatlar Asosida sanitariya-himoya zonalarini suv manbalari va vodoprovod inshootlari uchun uyushtirilganda uch zona - mintaqa ko'zda tutiladi.
Birinchi mintaqa qat’iy tartibli zona bo‘lib, bunda suv olish joyi, vodoprovod bosh inshootlari turli ifloslanishlardan himoya qilinadi.
Birinchi mintaqa hududi yuza suv havzasini, suv olish inshootini, daryo yoki kanal qirg'oqlari va shu qirg‘oqlarga tutashgan maydonlarni o‘z ichiga oladi. Daryo yoki kanalning suv olish joyida vodoprovodning bosh inshootlari joylashtiriladi. Birinchi mintaqa suv olish joyidan ikkinchi qarama- qarshi qirg‘og‘igacha bo‘lgan masofa suv to‘la yoki yarim bo‘lishidan qat’i nazar 100 metrni tashkil qilishi lozim. Suv havzasidagi suvning bir qismi uning oqish-oqmasligidan qat’i nazar birinchi mintaqaga kiritiladi.
quduqning muhofaza chegarasi. 1-statik sath; 2-dinamik sath; 3-mintaqa sanitariya- himoya zonasi. Yerosti suv manbalari uchun eng kichik suv maydonining himoya zonasi - depressiv chuqurlik maydoni hisobga olinadi. Chunki yerosti suvlari shu depressiv chuqurlik atrofida ifloslanadi. Bosimsiz yerosti suvlari uchun himoya zonasi maydonining radiusi 50 metr, bosimli yerosti suvlari uchun 30 metrga teng (6-rasm).
Birinchi mintaqa hududlariga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:
Birinchi mintaqaga qarashli hududlar har tomondan devorlar bilan o'raladi.
Uning hududi ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan qo'riqlanadi, maxsus hujjatsiz hech kim u yerga qo‘yilmaydi.
Birinchi mintaqa hududida vodoprovod inshootlariga aloqasi bo‘lmagan qurilishlarga ruxsat etilmaydi.
Hojatxonalar temir-betondan, yerosti suvlarini ifloslantirmaydigan qilib quriladi.
Maydonni doim toza tutish, obodonlashtirish, yo'llarga asfalt yotqizish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi.
Birinchi mintaqadagi suvlarda baliq tutish, cho'milish, qayiqda uchish, suv bo'ylarida mol boqish, ekinlarga zaharli ximikatlar sepishga ruxsat etilmaydi.
II va III mintaqalar cheklash va kuzatish maydonlarini, yerosti suv manbalari va ochiq suv havzalari uchun ajratilgan hududlarni o‘z ichiga oladi. Bu mintaqalarning vazifasi suv havzalarini suv olish joyigacha mikroblardan ifloslanishining oldini olish va suv sifatini Davlat standarti darajasiga ko‘tarishdir. Davlat standarti 27-61-84 bo'yicha «Markazlashgan xo'jalik-ichimlik suv bilan ta’minlash qoidasi» da suv havzalarini chegaralash va kuzatish mintaqalari chegaralarini aniqlashdan asosiy maqsad suvga tushgan mikroblar sonini kamaytirishdir. Bu ko‘rsatkich katta ahamiyat kasb etib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
N, = N0 • 10k',
N0 - ifloslangan suvdagi bakteriyalar miqdori;
N, - ma’lum vaqt o'tgandan so‘ng qolgan bakteriyalar konsentra-
siyasi;
к - bakteriyalarning o‘lish tezligi.
Shunday suvlar vodoprovod inshootlarida ishlangandan so‘ng 28-74- 82-yil Davlat standartining «Ichimlik suv» talabiga javob berishi kerak.
Cheklash va kuzatish zonalarida suvni doimo himoya qilish maqsadida ayniqsa ifloslantiruvchi obyektlarga nisbatan sog‘lomlashtirish chora- tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Rossiyaning Yevropa qismida cheklash mintaqasining daryo suvi oqimiga qarshi masofasi 0‘rtacha va katta daryolarda 30-60 km ni tashkil qiladi. Kichik daryolar, masalan sekundiga 10 m debitli suvi bo‘lgan daryolarning sanitariya-himoya zonalari hamma hududni o‘z ichiga oladi.
Oqar suvlar uchun birinchi mintaqa suv havzalarining suv olish joyidan suvning pastki oqimigacha bo‘lgan qismida himoya zonasining uzunligi 250 metrga teng. Bunda shamol kuchli boigan vaqtda suvning orqaga oqishini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Oqmaydigan suv havzalari uchun ikkinchi sanitariya-himoya zonasi suv olish joyidan suv sathi bo'ylab 3-5 km masofani o‘z ichiga oladi. Bunda joyning gidrologik holati hisobga olinadi.
Ikkinchi mintaqa chegaralari qirg‘oq bo'ylab, tekis yerda 500 dan 1000 metrgacha, togii joylarda birinchi ko'tarilgan tepalikkacha bo‘lgan masofani o‘z ichiga oladi. Ill mintaqa yon bag'ri chegaralari suv chegarasidan 3-5 km maydonni tashkil qiladi.
II va IIII mintaqadagi sanitariya-himoya qilish zonasida olib boriladigan tadbir va choralar asosan suv bo‘ylarida uy-joylar qurilishini kamaytirish, korxonani chiqindi suvlardan tozalash, chiqindi-axlatlarni zararsiz holatga keltirish, ifloslanishga sabab boladigan obyektlar sonini kamaytirish, suv havzalaridan kir yuvish, mollarni sug‘orishda foydalanmaslikdan iborat.
Mintaqa hududlarida joylashgan korxonalarning texnologik jarayonlarini kuzatish chiqindi suvlarning ko'payib ketishi, uning tarkibi o'zgarishining oldini olishga yordam beradi. Korxona suvlarining ochiq suv havzalariga tashlanishini nazorat qilish suv havzalarini muhofaza qilish qonunlari asosida olib boriladi. Mabodo korxona chiqindi suvlarini texnika va iqtisodiy jihatdan tozalash imkoni bo'lmay qolsa, u holda chiqindi suvlar ikkinchi mintaqadagi himoya zonasi tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad suv havzalarini ifloslanishdan muhofaza qilishdir.
Yuza suv havzalaridagi suv tarkibini yaxshilash maqsadida oqar suv qirg‘oqlariga manzarali daraxtlar ekiladi yoki o‘tloqlar tashkil qilinadi. 0‘tloqlar, daraxtzorlarning kengligi 100-150 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Daryo suvida kemalar qatnaydigan bo‘lsa, ularning harakatini nazorat qilish, ularning suvni ifloslantirishiga yo‘l qo‘ymaslik, xo‘jalik suvlarini suv havzalariga tashlanishi oldini olish, qolgan oqova suvlarni shahar kanalizatsiya tarmoqlariga quyish zarur.
II va III mintaqalarda suv sifati nazoratini yaxshi uyushtirish zarur, shunda suv sifati Davlat standarti talabiga javob beradi. Mabodo suvning sifati o‘zgaradigan bo'lsa, tezlikda suv namunalari tekshirilib, aybdor tashkilotlar tartibga chaqiriladi. Shu maqsadda sanitariya xodimlari II va III himoya zonalaridagi suv manbalaridan namunalar olib kimyoviy, bakteriologik jihatdan tekshirishga yuborib turadilar.
Yerosti suvlarida himoya zonalari tashkil qilishdan maqsad suvlarning tabiiy holatini saqlash, ularning kimyoviy tarkibi va bakteriologik ko'rsatkichlari doimo normada bo‘lishiga erishishdir. Chunki yerosti suvlari ko'pincha tozalanmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun truboprovodlar yordamida tarqatiladi.
Shuning uchun yerosti suv havzalarini ifloslanishdan saqlash, foydalanilayotgan artezian quduq suvlarini himoya qilish yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oladi.
Yerosti suvlari darz ketgan qatlamlar va bo'shliqlar orqali grunt suvlardan ifloslanishi mumkin. Bunday suvlar ayniqsa depression chuqurliklardan tezroq zararlanadi. Ayniqsa, II mintaqada yerosti suvlarini mikroblardan asrash zarur. Mikroblar bilan ifloslangan yerosti suvlari suv olinadigan quduqqacha tozalanishi kerak. Tozalash birmuncha vaqt talab qiladi. Ikkinchi yerosti suvlarini himoyalash zonasi gidrodinamik hisob-kitoblar bilan aniqlanadi. Ya’ni ikkinchi zonada yerosti suvlari mikroblardan tozalanishi uchun 400 kun, qatlamlararo suvlar uchun 200 kun kerak bo'ladi.
Yerosti suvlarining III himoya zonasini tashkil qilishda yana gidrodinamik hisoblarga asoslaniladi. Agar yerosti suvlari kimyoviy moddalar bilan ifloslangan bo‘lsa, kimyoviy moddalarning suv oladigan joygacha yetib borishi ancha qiyin, u suv olinadigan nuqtadan naridan o'tishi mumkin. Odatda, chuqur quduqlardan foydalanish muddati 25yil. Zararlangan yerosti suvlari shu davr ichida ham suv olish joyigacha yetib kelmasligi mumkin. Ammo, suv qiya holatda siljisa, ifloslanish gidrodinamik hisobdagiga qaraganda tezroq bo'lishi mumkin. Bu yer qatlamining g‘alvirligiga, yerostidagi suvning harakat tezligiga bog‘liq. Shuning uchun, gidrodinamik hisoblar gidroinjenerlar, sanitariya vrachlari bilan birga olib boriladi.
Yerosti suvlari uchun II va III sanitariya-himoya zonalarini tashkil qilishdan maqsad o‘sha hududlarda foydalanilmayotgan chuqur artezian quduqlarini aniqlash, tuproqlarni mikroblardan, zaharli ximikatlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalardan saqlash hisoblanadi. Ifloslantirish xavfini tug‘diruvchi artezian quduqlari tamponlanib, yerostiga iflosliklar tushishining oldi olinadi va shu kabi boshqa chora- tadbirlar ko'riladi.
Bundan tashqari, yerosti suvlarini ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat korxona chiqindi suvlari yoki ularning loyqa quyqumlarini yig'ish, neft mahsuloti chiqindilari va mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun omborlar qurish va boshqalarga ruxsat etilmaydi. Yer qatlamlari mustahkam gidroizolyatsiya materiallari bilan o‘ralib, yerosti suvlari himoyalanganiga ishonch hosil boigach, mazkur mintaqalarda ba’zi bir qurilishlarga ruxsat beriladi.
mintaqada qabriston qurish, o‘lgan hayvonlami ko‘mish, axlatlarni yig‘ish uchun joy ajratish, suyuq chiqindilarni zararsizlantirishga ruxsat etilmaydi. Mabodo turar-joylar qurishga ruxsat berilgudek bo‘lsa, ularning hammasi kanalizatsiya tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
Yerosti suvlarining sifat ko‘rsatkichi 27-61-8 raqamli Davlat standarti talabiga javob berishi zarur.
Yangi Davlat standarti bo‘yicha yerosti suvlari va yuza suv havzalari ko‘rsatkichi uch turga bo'linadi.
Birinchi darajali suv manbalarining hamma ko‘rsatkichlari 28-74-82 raqamli Davlat standarti talabiga javob beradi.
Ikkinchi darajali suv manbalarining sifat ko‘rsatkichi Davlat standartiga to‘g‘ri kelmaydi. Uni filtrlash, zararsizlantirish yo‘li bilan vaqti-vaqtida zararsiz holatga keltirib turiladi.
Uchinchi darajali suv manbalari sifatini 28-74-82 raqamli Davlat standarti talabiga yetkazish uchun, ikkinchi turdagi kabi suv sifatini oshirish choralari ko'riladi. Bunday suvlar oldin tindirilib, so'ngra filtrlanadi.