OCHIQ SUV MANBALARI O‘rta Osiyo respublikalarida sug‘oriladigan yerlar juda ko'payib ketganligi sababli ham ko'pgina qishloq aholisi o'zining ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘pincha daryo, kanal, ariq suvlaridan foydalanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, bizning mamlakatimiz chuchuk suv manbalariga eng boy mamlakat hisoblanar ekan. Bizda har bir million aholiga 5,7 km daryo suvi to‘g‘ri kelsa, yer kurrasining boshqa mamlakatlarida bir million aholiga 4,7 km chuchuk suv to‘g‘ri keladi.
Suv havzalarining 80 foizi iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan shimoliy tumanlarga to‘g‘ri keladi. Bu tumanlarda atigi 15-20 foiz aholi yashaydi. Suv havzalarining qolgan 20 foizi iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan tumanlarga to‘g‘ri keladi. Ammo yuza suv havzalari suvi tarkibi jihatdan tez o'zgaruvchanligi, unda mineral tuzlarning kamligi, ifloslanish darajasining yuqoriligi bilan yerosti suvlaridan farq qiladi. Suv miqdori faslga qarab va meteorologik sharoitlar ta’sirida yo ko‘payib yoki kamayib turadi. Muz qatlamlarining ko‘chishi, yog‘ingarchilik, sel kelishi va boshqa tabiat hodisalari suv ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yuza suv manbalarining pH ko'rsatkichi doimo 6,5-8,5 orasida aniqlanadi. Ammo ochiq suv havzalari insonning yashash faoliyati davomida chiqindi suvlar, sanoat chiqindilari, sug‘oriladigan yer maydonlaridan chiqadigan oqova suvlar va boshqalar bilan ifloslanadi.
Keyingi yillarda oqova suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi natijasida bir hujayrali suv o'tlari nihoyatda ko‘payib, suv qavatlarini o‘t bosayotganining guvohimiz. Suv omborlarida saqlanayotgan suvning gullashi ularning organoleptik xususiyatlarini o‘zgartirib yubormoqda.
Yuqorida keltirilgan omillardan ko‘rinadiki, bunday suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish aslo mumkin emas. Ularni faqat zararsiz holatga keltirilgandan so‘ng iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Daryolar eng asosiy ochiq suv havzalari bo‘lib, ular ma’lum darajada ishlangandan so‘ng aholi ehtiyoji uchun ishlatiladi. Lekin daryo suvlari tez o'zgaruvchanligi sababli ular tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar, gelmint tuxumlari va boshqa moddalar bo‘lishi mumkin.
Masalan, shimoliy rayonlardagi daryolar qish boshlanishi bilan muzlaydi, natijada ular vaqtinchalik ifloslanishdan saqlanadi. Bahor kelishi bilan esa muzlar erib, suvlarning mineral tarkibi o‘zgaradi, oksidlanish kamayib, mikroblar ko'payadi. Iyun oylarida suv hajmining kamayishi suvdagi tuz konsentratsiyasini ko‘paytiradi.
Daryo bo‘ylarida kir yuvish, cho'milish, mol boqish va oqova suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi daryo suvining ifloslanishiga sabab bo'ladi. Bular suvning tabiiy Holatini buzib, ularning organoleptik