Sirdaryo viloyati huquqbuzarlarining 2018 yilda jinoyat turi
bo‘yicha taqsimlanishi
|
Soni kishi
|
Jamiga nisbatan foizda
|
Ayollar
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
Erkaklar
|
Jami
|
7075
|
44700
|
100.0
|
100.0
|
Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish
|
54
|
449
|
0.8
|
1.0
|
Badanga qasddan og‘ir jinoyat yetkazish
|
101
|
1249
|
1.4
|
2.8
|
Tovlamachilik
|
51
|
188
|
0.7
|
0.4
|
Nomusga tegish va nomusga tegishga urinish
|
2
|
218
|
0.0
|
0.5
|
O‘g‘rilik
|
753
|
5909
|
10.6
|
13.2
|
Talonchilik va bosqinchilik
|
48
|
812
|
0.7
|
1.8
|
Firibgarlik
|
1145
|
5655
|
16.2
|
12.6
|
Bezorilik
|
105
|
1552
|
1.5
|
3.5
|
Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni
|
113
|
2503
|
1.6
|
5.6
|
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyat
|
1156
|
7449
|
16.3
|
16.7
|
Boshqa turdagi jinoyatlar
|
3547
|
18716
|
50.1
|
49.9
|
Jadvalning tahlili shuni ko‘rsatadiki, asosiy jins huquqbuzarlari erkaklardir, lekin jinoyatlarning 16,2% ayollar, 16,3% iqtisodiyotga qarshi jinoyatlarda, 50,1% boshqa turdagi jinoyatlarda sodir etiladi (2-jadval).
Shuni takidlash lozimki, hech qanday narsa o‘z-o‘zidan va shunchaki sodir bo‘lmaydi. Albatta, uning ma’lum sabab va xususiyatlari mavjud hisoblanadi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2004-yilda O‘zbekistonda 79,1mingdan ortiq ortiq jinoyatlar ro‘yxatga olingan. Bu 10 ming kishiga nisbatan 30,6 kishini tashkil etadi. Ushbu ma’lumotni Rossiya misolida ko‘radigan bo‘lsak, 2004-yilda Rossiyada 2,9 mln jinoyat sodir etilib, 10 ming kishiga nisbatan 206 kishini tashkil etgan.
Geokriminogen holatni vujudga keltiruvchi omillar ichida Iqtisodiy geografik o‘rin va Demografik omillar eng katta havf soladigan omillar sirasiga kiradi (1.3-rasm). Noqonuniy har qanday xatti-harakat jinoyatchilikka sabab bo‘ladi. Iqtisodiy geografik omil tufayli sodir etilayotgan jinoyatchilikning ichida transport tugunlarida eng ko‘p yo‘l transport hodisalari kuzatilmoqda. Yo‘l transport hodisalariga amal qilmasdan harakatlanayotgan haydovchilar, yo‘llarni kesib o‘tish orqali transportni boshqarishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. Transport haydovchilari belgilangan tezlikda harakatlanmasdan yo‘l harakat qoidalarini buzmoqda bu o‘z navbatida ma`muriy javobgarlikka sabab bo‘lmoqda.
G eokriminogen vaziyatni vujudga keltiruvchi omillarni guruhlarga bo‘linishi
1.3-rasm. Geokriminogen omillar.
Geokriminogen vaziyatni vujudga keltiruvchi omillar ichida eng ko‘p faol kechadigan omillar ichida “Iqtisodiy geografik omillar” muhim ro‘l o‘ynaydi (1.4-rasm).
Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi Iqtisodiy geografik omillarning turlari
1.4-rasm. Iqtisodiy geografik omillar.
Sanoat korxonalarining o‘rni ham beqiyos deyish mumkin, chunki sanoat bor joyda ishlab chiqarish eng avvalo ekologik jinoyatlarni keltirib chiqaradi atrof-muhitni ifloslaydi. Jinoyatchilik geografiyasining asosiy maqsadi jinoyatlarning qayerda va qachon, nima uchun, aynan ,shu joyda sodir qilinayotganini o‘rganish bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda shahar aholisining salmog‘i 51 foiz, qishloq aholisi esa 49 foizga teng. Shaharlarda qishloq joylariga qaraganda jinoyat sodir etish 6-7 marta ko‘proq. Chunki qishloq ijtimoiy muhitida barcha bir-birini taniganligi sababli jinoyat qilish, o‘g‘irlangan narsalarni yashirish yoki sotish kabi hodisalar qiyinroq kechadi. Shungdek, qishloqlarda sodir etilgan huquqbuzarliklar mahalla jamoasi va atrofdagi kishilarning e’tiboriga muhokamasiga sabab bo‘ladi. Shahar va qishloqlarga xos bo‘lgan jinoyat turlari mavjud. Masalan, shahar joylarida, asosan, mashina va boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlash (1.5-rasm), bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik (1.6-rasm) va narkotik vositalarini noqonuniy saqlash va sotish, qasddan badanga shikast yetkazish ko‘proq uchrasa, qishloqlarda, asosan, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, sotish, mol va parrandalarni o‘g‘irlash ko‘proq uchraydi.
1.5-rasm. Mashina o‘g‘irlash 1.6-rasm. Giyohvandlik
Xususan, O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyatlarning geografik takibi shundan iboratki, jami sodir etilgan jinoyatlarning har to‘rttasidan biri Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Shu bilan nisbatan yuqori ko‘rsatkich Samarqand (10,7%), Farg‘ona (9,7 %) viloyatlarida ham kuzatiladi. Sirdaryo viloyatida bu kabi jinoyatlar ko‘rsatkichi bo‘yicha Toshkent shahridan so‘ng keying o‘rinni egallaydi.3
Kishilar hayotiga qarshi jinoyat qasddan odam o‘ldirish jinoyatlarining asosiy markazi Toshkent shahri bo‘lib, bu yerda har 100 ta jinoyatning uchtasi odam o‘ldirish bilan bog‘liq. Yana Andijon, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida ham kuzatiladi.
Ushbu hududlarda jinoyat sodir etishning ko‘pligiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Aholi milliy tarkibining ko‘pligi va turlichaligi.
Migratsiya jarayonlarining intensivligi.
Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi va urbanizatsiya jarayonining nisbatan yuqoriligi.
Aholi orasida ichkilikbozlik va giyohvandlikka ro‘ja qo‘yilganligi.
Miliy urf-odat aholi e’tiqodining susayib ketganligi va jinoyat sodir etishga qulay sharoit borligi.
Umuman olganda geokriminogen vaziyatni o‘rganish va uning hududiy xususiyatlarini tahlil qilish nafaqat huquqshunos mutaxassislarga, balki geograflarga ham yangi qiyinchiliklar tug‘diradi. Geografik omillar jinoyatchilik sabablari va ularning sababiy omillarida ham muhim rol o‘ynaydi
Dostları ilə paylaş: |