portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari
1 .12-rasm. Rossiyaning ma’muriy birliklaridagi jinoyatlarni qayd etilishi Jinoyatchilik holatlari bilan nufuzli tashkilotlar ham ma’lumotlar yig‘adi va ularni tahlil qilib boradi. BMTning to‘qqizinchi tadqiqotiga ko‘ra (2003-2004) eng yuqori qotillik Ekvadorda qayd etilgan-18.33 va Mo‘g‘ulistonda - 12.81 (Rossiya va AQSh ma’lumot bermadi). Norvegiyada eng past qotillik darajasi 0,78, Irlandiya 0,91 va Germaniya 0,98. Ushbu ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslashda ham kriminologlar, ham rasmiylar uchun o‘ylash kerak bo‘lgan narsa bor. Qiyosiy hududiy tadqiqotlar uchun juda ko‘p parametrlar mavjud. Ular berilgan vazifalar asosida tanlanadi.
Jinoyatchilik darajasi, tuzilishi va dinamikasidagi bu farqlar tasodifiy emas. Ular demografik, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy, milliy, ekologik, huquqiy, ro‘yxatga olish va boshqa xususiyatlar bilan bog‘liq, ma’lum bir mamlakat, ma’lum bir joy, bu holda hududiy jihatdan birlashtirilgan, ya’ni ularning geografiyasida. Shu sababli, jinoyatchilik geografiyasini o‘rganish qiyosiy kriminologiya uchun jinoyatchilik sabablari va uning o‘zgarishini tahlil qilishda, unga qarshi alohida mintaqalar va hududlarga nisbatan samarali va maqbul choralarni ishlab chiqishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Jinoyatchilik geografiyasi ko‘proq kriminologiya va geografiya fanlari qirrasida o‘rganiladi. Jinoyatning sodir etilishi va uning sabablarini, jinoyatchilikni oldini oluvchi vositalar hamda jinoyat sodir etgan kishilarning shaxsini kriminologiya fani o‘rgansa, jinoyatning turli hududlarda sodir etilishi, jinoyatchilikka ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar jinoyatchilik geografiyasiga taalluqlidir.
Jinoyatchilikni o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi va kriminologiya nomini oldi.
Kriminologiya so‘zi lotincha “crimen”–jinoyat, yunoncha “logos”–ta’limot, ya’ni “jinoyatchilik haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi. Bunda jinoyat tushunchasi aniq bir jinoyatni emas, balki umuman jinoyatchilikni nazarda tutadi.
Ayrim vaqtlarda kriminologiya fanini jinoyat sotsiologiyasi, jinoyat biologiyasi deb ham atashgan. Geograflar esa jinoyatning hududiy xususiyatlarini o‘rganadilar. U o‘z mazmuniga ko‘ra nozogeografiya, din, rekreatsiya geografiyasi kabi sotsial hodisalarni o‘rganadi. Demak, jinoyatchilik sotsial voqealik bo‘lib, uning mohiyati va mazmunini geokriminogen vaziyatni vujudga kelishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi hududiy qonuniyatlar tashkil etadi.
Jinoyatchilik geografiyasini tarixiga nazar solsak biz albatta Sobiq Ittifoqqa yuzlanamiz. Darhaqiqat bizning mustamlakachilik davrimizda rivojlanish darajasi shu davlat bilan chambarchas bog‘liq. Jinoyatchilik geografiyasini rivojlanishiga sobiq Ittifoq olimlari A.M. Yakovlev (1964, 1985), A.I. Qoraboyev, V.A. Vladimirov (1974), V.V. Lunyev, G.D. Bluvshteyn (1979, 1990), N.F. Kuznetsova (1984), R.G. Gachechiladze, Y.M. Antoniyan (1982) va boshqalar tomonidan bajarilgan ishlar mavjud. Chunonchi, XX asrning 90-yillarida Gruziyada A. Gabiani, M. Didebulidze va R.G. Gachechiladzelar tomonidan jinoyatchilik geografiyasi masalalari kompleks tadqiq qilingan. Ammo, bevosita kriminologiya sohasini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar respublika miqyosida juda oz.
Mustaqillik yillarida Y. Karaketov, M. Usmonaliyevlar muallifligida O‘zbekistonda “Jinoyatchilikka qarshi kurashning kriminologik choralari” deb nomlangan monografiya chob etilgan. Shu bilan birga hozirgi kungacha kriminologik muammolarga oid turli ko‘lamdagi ilmiy ishlar V.M. Bikov, J. Alimardonov, K. Mirzajonov, K. Abdurasulova, M. Rustambayev, U. Haydarova va boshqalar tomonidan bajarilgan.
“Geokriminogen” sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli mamlakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta’sir etuvchi shart-sharoit va omillar, shuningdek kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatini o‘rganadi (1.13-rasm).