Muhokama uchun savollar: 1.1. A.Qahhorning hikoyanavislik faoliyatida zamonaviy mavzuning o‘rniqanday deb o‘ylaysiz?
1.2. Zamonaviy mavzudagi hikoyalarda hayotdagi dolzarb muammolar qay darajada ochib beriladi?
1.3. Bu yo‘nalishdagi hikoyalari mahorat jihatidan qay holatda?
Mavzu bo‘yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. A.Qahhorning zamonaviy mavzudagi hikoyalari va bugungi kun zamonaviy hikoyanavisligining qiyosiy tahlillar asosidagi tadqiqini yuzaga keltirish.
Dars maqsadi: Talabalarga Abdulla Qahhorning urush mavzusidagi hikoyalarida uslub masalasi haqida ma’lumot berish
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. A.Qahhorning urush mavzusidagi hikoyalarini o‘rganadi
2. Adib bu mavzudagi hikoyalarida qanday uslublardan foydalanganini bilib oladi.
3. Ushbu mavzudagi hikoyalaridagi qahramonlardagi o‘ziga xos jihatlarni boshqa xarakterlar bilan solishtiradi.
O‘qituvchi
2-bosqich
Asosiy tushunchalar:
Urush mavzusidagi hikoyalar, “Botirali” va tanqidchilik, “Xotinlar”, urush haqiqati, “Qizil krnvert”, “Ko‘k konvert”, front va front orti hayoti tasviri va h.k.
Dars shakli: ma’ruza.
Metod va usullari: og‘zaki bayon,savol-javob, guruhlar bilan ishlash
Vositalar: kompyuter, proektor, taqdimot, ishlanmalar.
O‘qituvchi
3-bosqich
Guruhda ishlash.
Topshiriqlarning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
Mavzuga oid atama va ifodalar izohlanadi
Talaba
4-bosqich
Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
A.Qahhorning hikoyachilik faoliyatida urush mavzusi qay darajada aks ettirilgan?
Asarda tasvirni xolis nigoh orqali berish maylining A.Qahhor ijodidagi ahamiyati qay darajada?
3. A.Qahhorning shu mavzudagi asarlarida yumorning bajargan vazifasi qay darajada?
Reja: A.Qahhorning hikoyachilik faoliyatida urush mavzusining muhim o‘rin tutishi.
Asarda tasvirni xolis nigoh orqali berish maylining A.Qahhor ijodiga xosligi.
A.Qahhorning shu mavzudagi asrlarida yumorning bajargan vazifasi.
Tayanch tushuncha va iboralar: Urush mavzusidagi hikoyalar, “Botirali” va tanqidchilik, “Xotinlar”, urush haqiqati, “Qizil krnvert”, “Ko‘k konvert”, front va front orti hayoti tasviri va h.k.