Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə18/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Birinchi model o‘qituvchilarga shartli tarzda “cho‘qqi” deb nom qo‘yish mumkin. Bunday o‘qituvchi o‘quvchilar ustidan soyaga o‘xshab turadi. Ya’ni o‘zining bilimi, o‘z qiziqishlari bilan mashg‘ul, guruh bilan, o‘quvchilar shaxsi bilan, ularning ichki dunyosi bilan qiziqmaydi. O‘z vazifasini faqat bilimlar berish deb biladi. Bunday o‘qituvchilardan o‘quvchilar mumkin qadar uzoqda turadilar. Bunday o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida psixologik, iliq aloqalar bo‘lmaydi.
Ikkinchi modelni – shartli tarzda “Xitoy devori” deb atash mumkin. Bunday munosabatlarda o‘qituvchi va o‘quvchi orasida to‘siq paydo bo‘lib, uni yaratuvchi, yuzaga keltiruvchi pedagogning o‘zidir. Bunga sabab, o‘qituvchining o‘quvchilarni doimo kamsitishi, o‘zini katta tutishi, rasmiy munosabatda bo‘lishidir. O‘quvchilarning ahvoliga beparvoligi ular o‘rtasidagi munosabatlarni chigallashtiradi. Pedagog va o‘quvchilar orasida to‘siq paydo bo‘lishiga olib keladi.
Uchinchi model – “Lokator shakli” deb yuritiladi. Bunday o‘qituvchi o‘quvchilarni tanlab, ajratib muomala qiladi. Ularning ijtimoiy kelib chiqishiga (boyligi, ota-onasining vazifasi va boshqalar) e’tibor bermaydi. Pedagog guruhdagi kuchli yoki kuchsiz o‘quvchilarga o‘z diqqatini qaratadi. Boshqa o‘quvchilar esa uning diqqat-e’tiboridan chetda qoladilar. O‘qituvchi shu guruhdagi kuchli yoki kuchsiz o‘quvchilarga doimo yordam beradi, ularga topshiriqlar beradi. O‘qituvchi bu o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Ularni rag‘batlantiradi va hokazolar. Guruhdagi boshqa o‘quvchilarni faollashtirishga u kam e’tibor beradi. Natijada o‘quvchilar orasidagi bilimlar darajasi har xil bo‘lib qolishi mumkin.
To‘rtinchi modelni shartli tarzda “Robot” deb nomlashimiz mumkin. O‘quv dasturlari va rejalarini bajarishga butun kuchi va vaqtini sarflaydi. Lekin, o‘quvchilarning munosabatlari, ularning ruhiy holatidagi o‘zgarishini, yangi sharoitlar paydo bo‘lishini hisobga olmaydi. Bunday o‘qituvchining kamchiligi shundaki, reja-rejaga, lekin real hayotda, sharoitda rejaga qo‘shimchalar, o‘zgarishlar kiritish kerakligini hisobga olmaydi. Bunday o‘qituvchilar hamma ishlarga formal, yuzaki munosabatda bo‘lishlari boshqa o‘quvchilarga ham ta’sir etadi. O‘quvchilar ham shu munosabatga o‘rganib, o‘quv vazifalarini formal bajarishga moslashib qoladilar. Dars qanchalik a’lo rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, real pedagogik sharoitni hisobga olmasdan o‘tkazilsa, uning samaradorligi kam bo‘lishi mumkin.
Beshinchi model – “Hammasini o‘zim bajaraman” deb nomlanadi. Bunday o‘qituvchi hamma ishni, hamma narsani o‘zi bajaradi. O‘quvchilarga shaxsiy tashabbus, ya’ni ularning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlariga o‘rgatmaydi. Bordi-yu ularning o‘zi shu harakatini boshlasalar, ularga yo‘l qo‘ymaydi. Pedagog – yagona harakatlantiruvchi kuch bo‘lib qoladi. Bunday guruh o‘quvchilari juda ham passiv, inert bo‘lib tarbiyalanadilar.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin