Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə16/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Mavzu bo‘yicha savollar?

  1. Muloqot tushunchasining mohiyati.

  2. Muloqotga kirishish jarayonida qo‘llaniladigan muomala uslublarini ayting.

  3. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati deganda nimani tushunasiz?

  4. Ishontirish va ma’qullash o‘qituvchining pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini izohlang.

  5. O‘qituvchining muloqotida uchraydigan pedagogik nizolar va kamchiliklarni oldini olish yo‘llarini ko‘rsating.



24 – mavzu:Muloqotda pedagogik mahoratning namoyon bo`lishi.
Reja:

  1. “Muloqot” atamasining falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik mohiyati, muloqot birligi.

  2. Pedagogik muloqot, uning o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Pedagogik muloqotning tashkil etish madaniyati. Pedagogik muloqotning tashkil etish bosqichlari va usullari. Pedagogik muloqat modulini ishlab chiqish. O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini bosh pedagogik muloqotning tashkil etish.

  4. Turli ixtilof, nizo, kelishmovchilik hamda g‘arazli raqobatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularni oldini olish yo‘llari. «O‘qituvchi-o‘quvchi», «o‘qituvchi-o‘quvchilar jamoasi», «o‘qituvchi- rahbariyat», «o‘qituvchi va jamoatchilik», «o‘qituvchi va o‘quvchilarning ota-onalari» kabi tizimi doirasida tashkil etilgan muloqot madaniyati.

Ba’zi bir o‘qituvchilarning darslariga kirsangiz, ular dars davomida o‘quvchilarni ogohlantirish, tanbeh berish, urishib berish bilan to‘lib toshgan bo‘ladi. Ba’zi bir maktablarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro janjal va kelishmovchiliklar tinmasdan davom etadi. Bu janjalga maktab rahbariyati, ota-onalar, Ichki ishlar xodimlari va boshqa tashkilotlar ham aralashib qoladilar.


Mashhur yozuvchi Antuan de Sent Ekzuperi “insonning muloqotini olamdagi mo‘jizalardan biri” degan edi. Muloqot deb ikki, yoki undan ortiq kishilar bilan, jamoa bilan bo‘ladigan nutq munosabatlariga aytiladi.
Muloqot – o‘qituvchining o‘quvchiga muhim ta’sir etishidagi kasbiy qurolidir.
O‘qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hammavaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir. Bu borada Al Forobiy, Ibn Sino, Nosiriddin Tusiy, Yusuf xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy va boshqalarning gavharga teng nasihatlari mavjud. Tadqiqotchilardan A.A. Bodalev, V.A. KanKalik, A.A. Leontev, A.N.Mudriklarning pedagogik muloqot haqidagi xizmatlari katta.
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonidagi sinfda ijobiy, ruhiy iqlim yaratishdir deb ta’kidlaydi A.A.Leontev(“Педагогическое общение”).
O‘qituvchining noto‘g‘ri muloqoti o‘quvchilarda o‘ziga ishonchsizlik, qo‘rquv, diqqatning kuchsizlanishi, ish qobiliyatining susayishi kabi har xil nutq buzilishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Natijada, o‘qituvchiga va u o‘tadigan fanga o‘quvchilarda yomon munosabat paydo bo‘ladi. O‘tkazilgan qator tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik bor. Agar o‘quvchilar o‘qituvchini yoqtirmasalar, uni hurmat qilmasalar uning o‘tadigan faniga ham qiziqmaydilar. Buning natijasida shu fandan o‘zlashtirish ham yuqori bo‘lmaydi. Aksincha o‘quvchilarda o‘qituvchiga nisbatan moyillik, hurmat, e’tibor, yaxshi munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha fanni ham o‘quvchilar jon dildan yoqtiradilar.
Abu Ali Ibn Sinoning fikricha “...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olishi lozim”.
Nosiriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday deydi: “...O‘qituvchilarni munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonish, nutq esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalangan bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zining tuta olmasligi ishni buzishi mumkin”.
Pedagogik muloqotning vazifasi quyidagilardan iborat: shaxsni o‘rganish, axborotlar almashinish, faoliyatni tashkil etish, rollarni almashish, birov uchun qayg‘urish(o‘zini uning o‘rniga qo‘yish) va o‘ziga ishonch hosil etishdir. Bularni qisqacha ko‘rib chiqamiz:


  1. Yüklə 411,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin