Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə15/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

a) Ochiq. Bunday shakldagi ta’sir o‘quvchining ma’lum xatti-hrakatini yoki xulq-atvorini korreksiyalashga, to‘g‘rilashga yo‘naltiririlgan bo‘lib, o‘qituvchi o‘z fikrini ochiq bayon qiladi. Masalan, “Men bilaman, sen irodasi kuchli yigitsan, ishonamanki, bundan keyin bunday ishni qilmaysan”.
b) Yopiq. Psixologik ta’sirda asosiy maqsad pardalangan holda, yoki “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” tarzida beriladi. Masalan, bir tajribali o‘qituvchi hikoya qiladi: “o‘quvchi K. ismli qizning keyingi vaqtlarda o‘g‘il bolalar bilan juda yaqinlashib, hatto sigareta chekayotganligi ma’lum bo‘lib qoldi. Qiz juda ham tez xafa bo‘ladigan, kek saqlovchi bo‘lgani uchun qizlarning hammasi bilan birgalikda, “sigaretning qiz-ayollar organizmiga zarari”, “erta jinsiy uyg‘onish va uning salbiy oqibatlari” - degan mavzuda suhbatlar tashkil etdik va gap orasida qizning nomini tilga olmasdan unga psixologik ta’sir etdik. Natijasi, kutganimizdan ham yaxshi bo‘lib chiqdi.
O‘quvchilarga psixologik ta’sir etish qadimdan ma’lum bo‘lib, bu metodlardan; oilada, mahallada, qadimda tarbiyaviy o‘gitlardan madrasalarda unumli foydalanganlar. Sinfda va sinfdan tashqarida psixologik va pedagogik ta’sirning samarador kechishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak:

  1. Berilayotgan axborot(material-matn)ning ta’sirchanligi.

  2. Sinf(guruh)dagi psixologik vaziyatning turg‘unligi.

  3. O‘qituvchining o‘z kuchi(hissiy ta’siri)ga ishonishi.

  4. O‘quvchilarning o‘qituvchiga hissiy munosabati(o‘qituvchining o‘quvchilar o‘rtasidagi hurmati).

  5. Pisxologik ta’sir jarayonida o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olish.

  6. O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir etish texnikasining qanchalik egallanganligi.

  7. O‘quvchilarga yetarli darajada hissiy ta’sir etish uchun zarur(moslashtirilgan) joy, vaqt va boshqa sharoit, omillarning mavjudligi(shovqin va begona kishilarning yo‘qligi, xonada o‘quvchilar soni 10-15 tadan oshmasligi va boshqalar).

Shaxsning kamol topishida o‘z-o‘ziga ta’sir etishning ahamiyati juda katta. O‘smir va yoshlar ko‘pincha o‘zlaridagi yomon odatlarni (chekish va boshqalar), o‘z salbiy shaxsiy xususiyatlarini bilgan holda uni tuzatish yo‘llarini bilmasdan qiynaladilar yoki irodasi sustlik qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida o‘z-o‘ziga ta’sir etishning yaxshi tomonlarini mashhur kishilar hayoti misolida targ‘ibot qilishi zarur. Jismonan va ruhan kuchsiz, nogiron shaxslarning turli mashqlar yordamida sport, ilmu-fan, ijod va boshqa sohalarda buyuk muvaffaqiyatlarga erishganliklarini hikoya qilib berish o‘quvchilarga ijobiy ta’sir etadi. O‘quvchilar o‘zlaridagi qo‘rqoqlik, o‘ta uyatchanlik, ishyoqmaslik, o‘ziga ishonchsizlik kabi yomon shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotishga intiladilar. O‘qituvchi va psixologlarning vazifasi ularga yaqindan yordam berishdir.
Ko‘pincha, o‘z-o‘ziga ta’sir etish bilan yaxshi o‘qiydigan, tartib-intizomli, odob-axloqli, lekin shaxsidagi ba’zi bir yomon odat va kamchiliklarni tuzatishga intilgan yoshlar jalb qilinadi. Aslida, bunday ishga sinfdagi “tarbiyasi og‘ir”, o‘zlashtirishi yomon o‘quvchilarni ko‘proq jalb etish va ularni o‘z-o‘ziga ijobiy ta’sir etishga qiziqtirish va o‘rgatish zarur.
Buning uchun o‘qituvchining o‘z-o‘ziga ta’sir etish metodlari – “Autogen trenirovka” - (auto – “o‘ziga” degan ma’noni bildiradi) – o‘z-o‘ziga ta’sir etish mashqlarining qadimiy ildizlar, qadimiy hind jo‘gilari (yodlari) tomonidan yaratilgan o‘z-o‘zini jismonan va ruhan kamol topshirish uchun yaratgan metodlarning AQSh va Evropada zamonamiz kishilariga moslashtirilgan shaklidir.
O‘qituvchi o‘quvchilarga autogen mashqni o‘rgatish uchun o‘zi quyidagilarni yaxshi bilishi zarur:
1. O‘quvchilar autogen mashqni o‘tkaziladigan joyni tanlashda uning tinchligi, boshqa kishilarning yo‘qligiga e’tibor berish.

  1. Stul, kreslo yoki yerda qulay o‘tirish.

  2. Badanni qisib turadigan narsalar bo‘lmasligi.

Bu talablar asosan autogen mashqlarni yakka tarzda o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, ammo autogen mashqlarni guruh tarzida ham o‘tkazish mumkin. Bunday mashqlarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarga autogen mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

  1. O‘quvchiga psixologik ta’sir etishni boshlash yoki o‘z-o‘ziga ta’sirning samarador kechishi uchun avvalom bor jismonan va ruhan bo‘shashish – ya’ni relaksatsiya holatiga – butunlay osoyishtalik holatiga tushishni o‘rgatish kerak.

Relaksatsiya asosan sinfda yuz bergan murakkab pedagogik vaziyatlarda, pedagogik qarovsiz, tarbiyasi og‘ir, infantal va psixopasimon xarakterli bolalar bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda qo‘llash yuqori samara beradi.
Chunki, bu bolalarning ko‘pchilig betoqat, tinimsiz, urushqoq, bezori bo‘lib ularga tinchlanish, osoyishtalik ijobiy ta’sir etadi.
Ammo, shu narsani unutmaslik kerakki, o‘quvchilar bilan psixotrening va autotrening mashqlarini o‘tkazish uchun o‘qituvchi shu metodlarni yaxshi egallagan bo‘lishi kerak. Shu sinfda aynan shu metodlarini qo‘llash mumkinligi haqida psixolog va bolalar shifokoridan rasmiy ruxsat olishi zarur, negaki, bosh miyasi jarohat olgan yoki tutqanoqli o‘quvchilar bunday mashqlar o‘tkazish jarayonida o‘zlarini yomon sezadilar.
Relaksatsiyaning bosh miyaga psixofiziologik ta’sir mexanizmi juda sodda bo‘lib, relaksatsiya davomida o‘quvchining ongiga tashqi va ichki asab tolalaridan (kanallaridan) kelayotgan ma’lumotlar keskin kamayib, faqat o‘qituvchining ovozi – uning o‘quvchiga psixologik ta’siri bosh miya tomonidan axboroti(yoki ma’lumot) o‘quvchi tomonidan to‘siqlarsiz qabul qilinadi va uning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi.
Yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha qilib shuni ko‘rsatish kerakki, bu mashqlarni o‘tkazuvchi shaxs ruhan pok, jismonan sog‘lom va shu mashqlarni o‘tkazishga rasmiy haq-huquqli bo‘lishi shart. Autotrening mashqlarini o‘smirlar va yoshlar kechqurun uyquga yotishdan oldin yoki ertalab o‘rindan turishdan oldin qo‘llashlari yaxshi samara beradi.
Yakka tarzda yoki guruh bilan o‘quvchilarda relaksatsiya mashqlarini o‘tkazib, so‘ng o‘z-o‘ziga ta’sir etishga o‘rgatish mashqlarini boshlasa bo‘ladi. Buni taxminan shunday boshlash mumkin:

    • ko‘zingizni yuming, siz hozir xotirjamsiz va tinchsiz, siz dam olayapsiz (qo‘l, oyoq, bel, bo‘yin, yuz, kalla muskullari bo‘shashtiriladi).

    • siz erkin nafas olayapsiz. Keyin o‘quvchilarga, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan (masalan, irodani mustahkamlash, kuchli bo‘lish, xotira va diqqatni rivojlantirish uchun alohida so‘zlar – “formulalar” ishlab chiqiladi). Topshiriq, buyruqlar takrorlanadi. Masalan: ona tili va adabiyot darslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan “formulaning” namunasi: “Men ona tili va adabiyot darslarini yoqtiraman, chunki bu fanlar juda qiziqarli va menga bu fanlar kelajakda juda ham zarur bo‘ladi” va hokazolar aytiladi. Juda muhim va zarur jumlalar ikki martadan va undan ortiq takrorlanadi.

Psixologik va pedagogik ta’sir etish o‘qituvchi tomonidan doimo o‘tkazilishi o‘quvchilarni tashabbussiz, sust qo‘yishi mumkin. Asosiy maqsad o‘quvchilarning o‘z-o‘zlariga psixologik ta’sir etishni o‘rgatishdir. Bunga erishish esa har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdagi asosiy qadamdir.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin