Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə20/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Pedagogik xushmuomalalikni o‘zgartirish shartlari:
Pedagogik xushmuomalalik o‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, qaysiki o‘z ustida ishlab, maxsus bilimlarni orttirib borishi va o‘quvchilar bilan xushmuomalalik qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni talab qiladi. U avvalo yoshlar ruhiyati va hozirgi zamon o‘quvchilarining xususiyatlari haqida pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishini talab etadi.
Albatta o‘quvchilarning ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘nikma va bilimlari o‘qituvchi uchun o‘ta zarur. Bular quyidagilardir: bolalarni sevish, uni o‘quvchilarga ko‘rsata olish, bolalarning ichki xulq-atvorini, mohiyatini ko‘ra olish, sezish, vaziyatni mo‘ljal qila olish, o‘quvchilarga maqsadli ta’sir ko‘rsatish usullarini tanlash, bolalar bilan suhbatlashish va h.k.
O‘qituvchining vositachilik qobiliyatini rivojlantirish.
O‘qituvchida to‘g‘ri aloqa usullarining ta’minlanishi pedagogik odobni saqlashi, har qanday faoliyatda uning vositachilik qobiliyat – ko‘nikmalarini rivojlantirish talab etiladi.
A.S.Makarenko o‘qituvchining vositachilik qobiliyatini rivojlantirishda muomalaning iltimos shakli haqida “Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ishni bolaning batamom o‘z xohishiga qo‘yib beradi. Iltimos xuddi shunday bo‘lishi ham kerak. Bu iltimosni shunday ifoda qilish kerakki, bola uni birovni majbur qilish orqali emas, balki o‘z ixtiyori bilan bajarayotgandek his qilish kerak” - degan edi.
Eng muhimi, pedagogik jarayonda o‘zaro hamkorlik asosida o‘quvchilar bilan aloqa qilish qobiliyatlarini yo‘lga qo‘yish va tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu masalalarni takomillashtirishda A.V.Dobrovich, V.Lev, V.A.Kan-Kalik singari mualliflarning kitoblari yordam beradi.
O‘zaro munosabatlarning hamma tomoni, salomlashishdan boshlab jazo choralarigacha, o‘qituvchining talab va xohishlari, o‘zini tutishi, nutq ohangi, jarangdorligi, yuz qiyofasi va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar shakli uch xil tarzda amalga oshadi:
1. Avtoritar shakldagi munosabatlarda o‘qituvchi o‘quvchilarni qattiqqo‘llik bilan, ularga mustaqillik bermasdan boshqaradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi ba’zi bir o‘quvchilarni “sindirib” qo‘yadi.
2. Liberal shakldagi boshqarishda esa, o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z holiga tashlab qo‘yadi. Sinfni o‘qituvchi emas, o‘quvchilar o‘z istaganlaricha, bilganlaricha boshqaradilar. Bunday sinfda tartib-intizom bo‘lmaydi.
3. O‘qituvchining o‘quvchilarga demokratik shakldagi munosabatida u o‘quvchilarga ishonch bildiradi. Shaxs sifatida ularni hurmat qiladi, ammo talabchanlikni susaytirmaydi.
O‘qituvchi vaziyatga qarab jiddiy, xushchaqchaq, g‘amgin, muloyim, talabchan bo‘lishi kerak. Ammo, zarur vaqtda his-tuyg‘usini yashira olishi, zarur vaqtda vaziyatga mos(adekvat) javob qaytarishi o‘qituvchiga xos ijobiy sifatlardandir.
O‘qituvchi haykaltaroshga o‘xshab loydan nima yasashini oldindan bilganidek, o‘z nutqini oldindan rejalashtiradi. O‘qituvchi o‘z nutqi bilan ongiga, his-tuyg‘usiga, vijdoniga murojaat qiladi. Ularni birgalikda o‘ylashga, izlanishga da’vat qiladi. Masalan: “Kelinglar birgalikda bir o‘ylab ko‘raylik”, “o‘zingiz bir tasavvur qiling” va h.k.
O‘qituvchi har bir o‘quvchiga gapiradigan gapini oldindan rejalashtiradi. Masalan: kimnidir rag‘batlantirish, kimgadir tanbeh berish, kimgadir muloyim ovoz bilan, kimgadir yuqoriroq ovozda gapirishni bilishi sinfni boshqarishni yengillashtiradi. Ba’zan, o‘qituvchi tasodifan tayyorlanmasdan dars o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bunday vaqtlarda o‘qituvchidan, o‘z nutqi, gap-so‘zlariga ehtiyot bo‘lish talab qilinadi. Aks holda, ta’lim-tarbiyaga xos bo‘lmagan vaziyat yuz berishi mumkin. O‘quvchilarning o‘z nutqi malakalarini oshirishlarining bir nechta yo‘nalishlari mavjud:
1. Har qanday vaziyatda bo‘lmasin, darsdami, darsdan tashqari sharoitdami adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya qilish lozim. O‘zining nutq madaniyatini tinmasdan shakllantirib borishi kerak.
2. Ifodali nutq malakasini shakllantirish ustida tinmasdan ishlash va o‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganishi lozim. Ko‘pchilikning oldiga chiqib gapirish malakasini egallash uchun doimo mashq qilib turish va nutqining ohangi, baland, pastligi, shiraliligi, ritmiga e’tibor berishi, tez, sekin, baland ovozda gapirib ko‘rib, odamlarga qanday ta’sir etayotganligini kuzatishi maqsadga muvofiq.
3. Muloqot jarayonida kommunikativ malakalaringizni o‘stiring.
Buning uchun o‘z nutqingizni va muloqotdagi sheriklaringizni kuzating va quyidagi savollarga javob bering.
a) muloqot jarayonida mening xatti-hakaratlarim qanday?
b) men birovlarning nutqini qanday eshitaman, birovlar(o‘quvchilar) mening nutqimni qanday eshitadilar?
v) o‘quvchilarni (hamsuhbatlar, sheriklarni) o‘zimga jalb eta olamanmi?
g) hamsuhbatlar(o‘quvchilar) mening nutqimga qiziqadilarmi, tushunadilarmi, qabul qiladilarmi?
Darsga kirishdan oldin yaxshilab o‘ylab oling. Tinglovchilarda qanday taassurot, fikr, his-tuyg‘u hosil qilmoqchisiz. Nutqingizning qaysi qismlarini, qanday ohang va tezlikda ifoda qilmoqchisiz?
O‘qituvchida maxsus muloqot qobiliyati bo‘lishi kerak:
1. Ijtimoiy-perspektiv qobiliyat: sherik, hamsuhbatning ichki kayfiyatini, holatini seza olish.
2. O‘zini xayolan hamsuhbatining o‘rniga qo‘ya olish(refleksiya) qobiliyati. Shuningdek, hamsuhbat, o‘quvchining bizning nutqimizga nisbatan beradigan javob reaksiyasini oldindan ko‘ra olish.
3. O‘z-o‘zini boshqara olish qobiliyati.
4. Muloqot jarayonida o‘zining asabini va ruhiy holatini boshqara olish.
5. Muloqot jarayonida o‘quvchilarni ishontirish bilan ularga ta’sir etish.
6. O‘qituvchi o‘zi gapirayotgan narsalarni va hodisalarni ko‘z oldiga keltira olish.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin