Kaltamo'ylovli to'g'ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Orthorrhapha) kenja turkumi. Bu kenja turkum vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo'ylovlari 3 bo'g'imli bo'ladi. Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. G'umbagi yopiq tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g'umbak po'sti bosh ko'krak ustidan "t" shaklida yirtiladi.
Bu kenja turkumga so'nalar,qitir pashshalari oilalari va boshqa ikki qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga, asosan, so'nalar oilasining vakillari jiddiy ziyon keltiradi.
So’nalar tanasining uzunligi 6–30 mm bo’lib, rangi turlariga qarab sariq, qora va
So’nalar tanasining uzunligi 6–30 mm bo’lib, rangi turlariga qarab sariq, qora va
kulrang tusda bo’ladi. Boshining yon tomonida yirik fasetkali ko’zlari joylashgan.
Ko'zlari qizg'ish tilla rangda tovlanib turadi.
Boshining ostki qismida og’zi joylashgan bo’lib, og’iz apparati urg’ochilarida
sanchib so’ruvchi tipda, erkaklarida yalovchi tipda tuzilgan bo’lib, xartumcha
ko’rinishda.
Erkagi va yosh urg'ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Urg'ochi so'nalar faqat
urug'langandan keyin qon bilan oziqlanishga o'tib, qoramollarga, odam va yovvoyi
So’nalar chorva mollaridan - ot, qoramol, tuya, qo’y, ba’zan it va boshqa hayvonlar qonini so’radi. So’nalar hayvonlar terisida yara hosil qilib, so’lagi tarkibidagi zaharli modda bilan chaqqan joyda qattiq og’riq paydo bo’ladi. Bundan tashqari terini yaralangan qismiga har xil infektsiyalarni tushirib hayvonlarda turli yuqumli kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va ularning mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. So’nalar orqali hayvonlar orasida tulyaremiya,Sibir yarasi, tripanosomoz kabi kasalliklar tarqaladi. Ho'kiz so'nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. So'nalar N.G. Olsufev tomonidan yaxshi o'rganilgan. Dunyoda so'nalarning 3,5 mingdan ortiq turi mavjud.
M.Q. Qodirovaning ma'lumotlari bo'yicha, O'zbekistonda so'naiarning 49 ta turi uchraydi.