Hashorotlarning vetenariyadagi ahamiyati fan: hhasharotlar ekologiyasi. Tayyorladi:: 302 guruh talabalari


O’laksa pashshalar (Calliphoridae) oilasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/7
tarix25.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#122546
1   2   3   4   5   6   7
Hashorotttt 111404

O’laksa pashshalar (Calliphoridae) oilasi.

  • O’laksa pashshalar (Calliphoridae) oilasi. Bu oila vakillari metallsimon yoki yaltiroq
  • rangli bo'lib, ularning lichinkalari
  • hayvonlarning o’limtiklarida, tashlandiq go’shtda rivojlanadi. Bulardan ko’k (Calliphora) va yashil (Lucilia) o’laksxo’r
  • pashshalar avlodi vakillari keng tarqalgan. Bulardan ba’zi birlari ochiq yaralarga tuxumini qo’yib, fakultativ miazalarni chaqiradi. Shu yo’l bilan uy hayvonlariga katta ziyon yetkazadi .

Go'sht pashshasi (Calliphora erythrocephala)

  • Go'sht pashshasi (Calliphora erythrocephala) ning bo'yi 7-14 mm, metallga o'xshash yaltiroq bo'lib asosan qushxonalarda uchraydi. Kattaligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini go'sht va boshqa hayvon mahsulotlariga qo'yadi.Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g'umbakka aylanish oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda soxta parazitlik qiladi.
  • Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o'stirilib, tuzalishi qiyin bo'lgan osteomiyelit kasalligini davolashda qo'llaniladi. Buning uchun yaraning ichiga lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to'qimalarni iste'mol qiladi. Har 5 kunda lichinkalar almashtirilib turiladi. Sunday davolash yosh bolalarda 6-7 hafta, katta yoshdagi kishilarda ko'proq davom etadi.

Qon so'ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae) oilasi

  • Qon so'ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae) oilasi vakillarining tuzilishi hayvonlar juni va pat qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari tanasiga tig'iz tegib turadi, oyoq tirnoqlari o'tkir. Ayrim turlarida qanotlari reduksiyaga uchragan.
  • Qon so'ruvchi pashshalar uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini so'radi. Ayniqsa, qo'y pashshasi (Melophagus ovinus), qanotli ot qon so'rar pashshasi (Hippobosca equina) va it pashshasi (Hippobosca longipennis) ko'pchilikka ma'lum.
  • Qo'y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig'lanishiga va junlarining to'kilishiga sabab bo'ladi. Qo'y pashshasi qanotsiz bo’ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin