Shoir yuqoridagi misralarda oshiqning jononga bo‘lgan ehtiyoji ko‘nglida borligi, ya’ni uning visoliga yetish, yorisiz hayot unga tatimasligini xuddiki o‘layotgan kishining jong‘a bo‘lgan ehtiyojidek bir xil ekanini ko‘rsatib bergan.
Lirik qahramonning ma’shuqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati, hijron onlarida chekkan iztiroblari, yor visoliga intiqligi kabi hissiyotlar quyidagi baytda g‘oyatda ta’sirchan ifodalangan:
Lirik qahramonning ma’shuqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati, hijron onlarida chekkan iztiroblari, yor visoliga intiqligi kabi hissiyotlar quyidagi baytda g‘oyatda ta’sirchan ifodalangan:
Pinhon necha kuygay ko‘nglum ishq o‘tig‘a
Bu sirr-i nihon emdi manga fosh kerakdur.
Ey pari, husn ichra santak hech inson yo‘q turur,
Zarralarga son bor-u ushshoqinga son yo‘q turur .
Yuqoridagi baytda shoir o‘z mahbubasiga bo‘lgan izhori ishqini kuylaydi. Shoir g‘azalni go‘zal yorga murojaat bilan boshlaydi. Mahbubasining husnda tenggi yo‘q mahliqo ekanligini, zarralarning soni bor-u, lekin uning oshiqlarining soni yo‘q ekanligini juda ajoyib tarzda tasvirlaydi.