Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


 - bob. SAVDO KORXONALARINING RESURSLARI



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

6 - bob. SAVDO KORXONALARINING RESURSLARI 
6.1. Savdo korxonalarining asosiy fondlari 
6.1.1. Resurslar tushunchasi va tarkibi 
6.1.2. Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi 
6.1.3. Asosiy fondlarning ko‘rsatkichlari 
6.1.1. Resurslar tushunchasi va tarkibi 
Resurs – fransuzcha «ressources» so‘zidan kelib chiqib, vosita, zahira, 
imkoniyat, biror-bir narsani, boyliklarni manbaasi mazmunini bildiradi. 
Jamiyatda resurslar har xil turlarga bo‘linadi.
Iqtisodiyot nazariyasida resurslarga tegishli ishlab chiqarish vositalari 
(mehnat qurollari va mehnat predmetlari); ishlab chiqarish kuchlari (ishlab 
chiqarish vositalari va ishchi kuchi); kapital (moliyaviy kapital), (asosiy kapital, 
aylanma kapital) kabi tushunchalar ishlatiladi.
Statistikada, buxgalteriya hisobida asosiy fondlar (asosiy vositalar), aylanma 
fondlar, (aylanma vositalari, aylanma mablag‘lar), moddiy aktivlar, nomoddiy 
aktivlar, ishchi kuchi, moddiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi 
tushunchalar ishlatiladi.
Umuman resurslar tushunchasiga kelsak – ular jamiyat zaruriyati uchun 
moddiy va ma’naviy bosqichlarni ishlab chiqarishga jalb qilishi mumkin bo‘lgan 
tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qudratlarni majmuasi bo‘lib, ular jamiyat 
bilan tabiatni o‘zaro aloqasi orqali insoniyat jamiyatini taraqqiyot darajasini 
ta’minlaydi.
www.sies.uz
Page 102 of 356 


103
Jamiyat miqiyosida tabiiy resurslar (havo, yer, suv, yer osti resurslari, 
o‘rmonlar va h.k.) energetik resurslar, moddiy resurslar, mehnat resurslari
moliyaviy resurslar va ma’naviy resurslar kabi tushunchalar ham mavjud.
Iqtisodiyotda resurslar tushunchasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillari 
tushunchasi ham ishlatiladi.
Ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi: 
1. «Yer» - tabiiy resurs sifatida, mehnat quroli, mehnat vositasi sifatida va 
mulk ob’ekti sifatida. 
2. «Kapital» - moddiy va moliyaviy resurslar sifatida. 
3. «Mehnat» - ishchi kuchi, mehnat resurslari va tadbirkorlik sifatida. 
Umuman olganda resurslar ishlab chiqarish omillarini o‘zaro aloqasi, o‘zaro 
ta’siri orqali yaratiladi, shakllanadi.
Resurslar tushunchasi ishlab chiqarish omillaridan kengroq. Chunki resurslar 
ishlab chiqarishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
ma’naviy qudrat majmuasi bo‘lsa, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarishga jalb 
qilingan resurslar majmuasidir va inson uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy 
boyliklarni yaratuvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Insoniyat hayotida doimo chegaralangan imkoniyatlar va chegaralangan 
resurslarga duch keladi. haqiqatda har bir insonni alohida olib qarasak uni 
imkoniyatlari chegaralanganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan shaxsning jismoniy, 
intellektual, makon va zamondagi imkoniyatlari chegaralangan. Xuddi shunday, 
jamiyatda, tabiatda va koinotdagi insonlar foydalanadigan (havodan tashqari) 
barcha resurslar chegaralngan.
Butun jamiyatda resurslar chegaralangan, chunki tabiiy, moddiy, mehnat, 
moliyaviy va boshqa resurslar son jihatidan va sifat jihatidan chegaraga ega.
Bejiz emaski, iqtisodiy fanlar, avvalom bor, iqtisodiyot nazariyasi uchun 
chegaralangan resurslardan moddiy boylik yaratish, uni iste’mol uchun aholi 
o‘rtasida taqsimlashda insonlarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish asosiy 
vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Savdo korxonalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida, moddiy, 
www.sies.uz
Page 103 of 356 


104
mehnat va moliyaviy resurslari kabi tushunchalar ishlatiladi. Ular savdo 
korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tashkil qiladi.
Savdo korxonalari faoilyatini o‘rganishda asosiy va aylanma fondlar, 
moddiy va nomoddiy aktivlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy 
kategoriyalar ishlatiladi. Savdo korxonasini barcha resurslarini quyidagi 6.1.1.1-
chizmada ifodalash mumkin. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin