Inform atika va axborot texnologiyalari



Yüklə 10,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/152
tarix19.11.2023
ölçüsü10,44 Mb.
#133241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
informatika-va-axborot-texnologiyalari.(Abdullaev)

information au-
tom atigue
so ‘zidan kelib chiqqan b o ‘lib, «inform atsion 
avtomatika» yoki «axborotni avtom atik qayta ishlash» 
m a ’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atam aga 
Computer
science
(kom pyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos 
keladi.
Inform atika kom pyuter texnikasining rivojlanishi tu- 
fayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo 4la 
olmaydi va, o ‘z navbatida, uning rivojiga, yangilanishiga 
& z
xissasini qo'shadi.
Xullas, informatika hisoblash texnikasini yaratish va 
q o ila s h , axborot va unga ishlov berish texnologiyalari 
bilan bogMiq boNgan barcha narsalam i o ‘z ichiga oladi. 
Inform atikaning asosiy resursi -
axborotdir.
A zaldan a x b o ro t deganda a tro f m uhit ob ’ektlari va 
hodisalari, ularning o ‘lchamlari, xususiyatlari va holat- 
lari to ‘g ‘risidagi m a'lum otlar tushuniladi. K eng m a’noda 
axborot - insonlar o'rtasida m a’lum otlar ayirboshlash, 
odam lar va su n ’iy qurilmalar o 'rtasid a signallar ayir- 
boshlashni ifoda etadigan tushunchadir.
Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob’ektlar 
to‘g ‘risidagi tasavvurlarimizni o'zgartiruvchi, o'zaro bog‘-
7


liq m a’lumotlar, ko lrsatkichlar, negizlar va tushunchalar 
sifatida qaraydi. Shuning uchun informatikaga quyidagi- 
cha ta’rif berish mumkin.
Informatika -
axborot texnologiyalari vositalari yor­
damida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga 
ishlov berish, uzatish usullarini, y a ’ni axboriy jarayon- 
lami va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat 
ko‘rsatish tamoyillarini, ulami boshqarish usullarini siste- 
mali ravishda o ‘rganuvchi fandir.
Ushbu ta ’rifdan k o ‘rinib turibdiki, inform atika quyi- 
dagi savollargajavob beradi:
• Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerak?
• Axborotga qanday ishlov berish va qanday qilib in­
son uchun qulay ko‘rinishga keltirish kerak?
• Axborot texnologiyalarini yuqori sam ara bilan qan­
day ishlatish mumkin?
• Yangi axborot texnologiyalari vositalarini yaratish 
uchun boshqa fan yutuqlaridan qanday foydalanish 
kerak?
• Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday 
boshqarish kerak?
M a’lumki, jam iyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, 
texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabi so- 
halam ing turli masalalari haqidagi mavjud m a ’lumotlar, 
axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellek- 
tual va iqtisodiy hayotga tobora kobproq ta’sir ko ‘rsatadi. 
Demak, axboriy jarayonlam ing ko‘p qirrali jarayon ekan- 
ligi ayon bo llmoqda.
1.2. AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA 
TUSHUNCHA
Zam onaviy jam iyatda insonning ishlab chiqarish 
faoliyati um um lashgan ishlab chiqarish (UICH) doira- 
sida kechmoqda. UICH bir-biri bilan uzviy bog‘liq fizik
8


(moddiy) ham da axboriy-m antiqiy qism lardan iborat. 
Ishlab chiqarishning axboriy-m antiqiy qism iga kuch ber- 
gan m am lakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, 
xaridorgir m ahsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari 
m a’lum. A xboriy-m antiqiy ishlab chiqarish (A M ICH ) 
ning resurslari asosini axborot, mehnat vositalarini esa 
hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta ’m inoti, axborot 
texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. M ehnat vosi­
talari ham da aqliy m ehnatni sarf qiluvchi, tajriba va bi- 
limga ega insonlar A M ICH ning ishlab chiqarish kuchla- 
rini tashkil qiladi. A M ICH ning mahsuloti abstrakt o b ’ekt 
(axborot, m odel) iste’mol predmeti sifatida namoyon 
bo'lm oqda.
Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bergan 
o ‘zgarishlar A M IC H ning paydo boNishi va uning ahami- 
yatining oshib borishi bilan bog‘liqdir. Binobarin, UICH- 
ning um um an unum dorligining oshishi avtomatlashtirish, 
shu jum ladan, A M ICH ni avtom atlashtirish bilan bo g ‘liq 
deb qaralishi zarur. Shu bois mehnat unum dorligi ko ‘p 
jihatdan inform atikaga bo g ‘liqdir.
Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivoj­
lanishi axborotni ilgari hayolga ham keltirib boNmaydigan 
hajm va tezkorlikda y ig is h , saqlash, qayta ishlash va 
uzatish, y a ’ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish 
imkoniyatini yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tu- 
fayli insonning faoliyati, uning kundalik m uloqot so- 
hasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilim- 
lar va m a’naviy qadriyatlami jalb etish hisobiga chin- 
dan ham behad kengaymoqda. Bu esa, o ‘z navbatida, 
jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan b o ‘lishini ta- 
lab etadi.
A xborotlashgan jam iyat haqida olim lar turlicha fikr 
yuritadilar. M asalan, yapon olimlarining hisoblashicha, 
axborotlashgan jam iyatda kom pyuterlashtirish jara-


yoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydala­
nish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni 
qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini 
ta ’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda 
esa harakatlantiruvchi kuch moddiy m ahsulot emas, bal- 
ki axborot ishlab chiqarish b o 'lm o g i lozim.
Axborotlashgan jam iyatda nafaqat ishlab chiqa­
rish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham 
o‘zgaradi. Barcha harakatlar tovarlam i ishlab chiqarish 
va iste'm ol etishga y o ‘naltirilgan sanoat jam iyatiga nis- 
batan axborotlashgan jam iyatda intellekt, bilim lar ish­
lab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hoi aqliy mehnat 
ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qo- 
biliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik 
negizini kompyuter texnikasi va kom pyuter tarmoqlari, 
axborot texnologiyalari, telekom m unikatsiya aloqalari 
asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
A xborotlashgan ja m iy a t - jam iyatning k o ‘pchilik 
a ’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bodm ish bi- 
limlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amal­
ga oshirish bilan band boMgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o ‘tishda kom pyuter va 
telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida 
yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo ‘lib qolmoqdaki, 
u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o‘rin egallashi 
va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng 
qatnashishi uchun o ‘z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, 
boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot 
tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
.n ib
10


1.3. A X B O R O T T IZ IM L A R I VA U L A R N IN G
T U R L A R I
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim 
(sistema) deganda nimani tushunishim izni aniqlab olay- 
lik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo ‘lida bir 
vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o ‘zaro bog‘langan tarz­
da faoliyat ko‘rsatuvchi elem entlar (ob’ektlar) majmua- 
si tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq 
maqsad y o ‘lida xizm at qiladi. M asalan, sizga m a’lum 
b o ‘lgan shahar telefon tarm oqlari tizimi, insondagi yurak 
qon-tomir tizimi, asab tizim i va boshqalar sun’iy yaratil- 
gan va tabiiy tizimlarga misol bo ‘la oladi. Ularning har 
biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, 
y a ’ni, har biri o ‘ziga xos yagona m aqsad yo ‘lida faoliyat 
k o ‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Quyidagi jadvalda elem entlari va asosiy maqsadi 
ko'rsatilgan holda tizim larga yana bir nechta m isollar 
keltirilgan.

Yüklə 10,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin