Baxs (munozara) Baxs (munozara) – aniq muammo bo’yicha fikr almashish, muhokama shaklidagi ta’lim berishning faol usuli. Bu usuldan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Yangi bilimlarni shakllantirishda;
O’quvchilar u yoki bu savollarni chuqur o’ylab ko’rish, ularning mohiyatiga kirishni ta’minlashda;
O’quvchilarni dalil va dalillarga asoslangan hulosalar orasidagi farqni tushunib yetishga o’rgatishda;
O’zaro fikr almashinuv ko’nikmalarni shakllantirishda;
O’quvchilarga shaxsiy fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishga yordam berish.
Munozara erkin bo’ladi, qachonki, u erkin rivojlansa, boshqaruvchan bo’lishi mumkin. U faqat o’zlashtirish lozim bo’lgan mavzu va savollarga taaluqli bo’lishi kerak.
“Aqliy hujum” usuli Aqliy hujum (breynstorming – fikrlar to’foni) – amaliy yoki ilmiy muammolar yechish g’oyasini jamoaviy yuzaga keltirish.
Ishtirokchilar aqliy hujum vaqtida murakkab muammoni hal etishga harakat qiladilar: ularni tanqid qilishga yo’l qo’ymay uni hal etishning ko’proq shaxsiy g’oyalarni yuzaga keltiradilar, so’ngra ko’proq oqilona, samarali, maqbul va boshqa g’oyalarni ajratadilar, ularni muhokama qiladilar va rivojlantiradilar, ularni isbotlash yoki qaytarish imkoniyatlarini baholaydilar.
Bu usul hamma vazifalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasi – o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish, ularni muammoni mustaqil tushunish va yechishga qiziqtirish va ularda muomala madaniyati, fikr almashinish malakalarini rivojlantirish, tashqi ta’sir ostida fikrlashdan ozod bo’lish va ijodiy topshiriqni yechishda birlamchi yo’l fikrlarini yengib o’tishni tarbiyalaydi.
An’anaviy ta’limda vazifani yechish vaqtida ko’pgina o’quvchilar o’zlarining g’oyalarini aytishga botina olmaydilar. O’z taklifalarining hatoligi va o’qituvchining salbiy munosabatidan, boshqa o’quvchilarning yo’q qilib yuboruvchi tanqidi va kulgusidan qo’rqadilar.
Aqliy hujum usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi