Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mohiyati va tamoyillari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə36/40
tarix01.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131003
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mohiyati va tamoyillari.


  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.

  • shaxs o‘zida yashiringan yangi qobiliyat va iqtidorini yuzaga chiqarish, shaxs kamolotiga yo‘l ochish imkonini beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

  • Mustaqil o‘qib-o‘rganish, o‘quv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda o‘qituvchining yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina o‘zining xulosalari to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun o‘qituvchining yordamiga tayanish zarurligini anglatish muhimdir.

Shaxsga yo’naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g`oyalar muhim o’rin tutadi:
1. Shaxsga yo’naltirilgan ta`limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – to’la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub`ekt; shaxsning rivojlanishi – ta`lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o’z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta`lim maqsadining asosi kabi g`oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo’lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o’z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o’qituvchi va o’quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o’z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo’lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to’g`ridan-to’g`ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o’quv fanini o’quvchiga emas, balki bolani o’quv faniga yo’naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o’z ichiga oladi: materialni o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarga mo’ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko’ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. Shaxsning ijobiy «Men-kontseptsiyasi»ni shakllantirish. Men-kontseptsiyasi – bu shaxsning o’zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo’lib, ijobiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag`batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo’lishiga yordam beradi. Salbiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo’nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o’qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O’qituvchining vazifasi har bir o’quvchi timsolida komil shaxsni ko’rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste`dodli» tarzida).
5. “Nimaga?” va “qanday ta`lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta`lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g`oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o’quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo’yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg`unlikda olib borish.
Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g`oyalar asosida shaxsga yo’naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta`lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta`lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o’zi o’zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Demak, shaxsga yo’naltirilgan yondoshishga muvofiq ta`lim mazmuni mohiyatini aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o’zi hisoblanadi. Bunday yondoshuv shaxsning ta`lim olish, ma`naviy, madaniy va hayotiy talab-ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatida bo’lishi ta`lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
“3x4” metodi – talabalarni erkin fikrlash, keng doirada turli g‘oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, hulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.
“BLITS-O‘YIN” metodi – harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
“INTYeRVYU” texnikasi – talaba savol berish, eshita olish, to‘g‘ri javob berish, savolni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatishga qaratilgan.
“IYeRARXIYA” texnikasi – oddiygina o‘qitish usullarini qo‘llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.
“BUMYeRANG” texnikasi – o‘qituvchi talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
“TALABA” treningi – talabalar bilan individual holda ishlash o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
“MULOQOT” texnikasining auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
“BOSHQARUV” texnikasi o‘qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullarni hamda talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o‘rgatishga qaratilgan.
Suhbat
Suhbat – dialogli ta’lim berish va o’rganishning savol-javobli yo’li. Usulning yetakchi vazifasi – qiziqtirish. Maqsadga yo’naltirilgan va mohirona qo’yilgan savollar yordamida o’quvchilarda berilgan mavzu bo’yicha o’zlarining bilimlarini eslashga va bayon qilishga harakat qilinadi va o’qituvchi rahbarligida boshqa o’quvchilar bilan muhokama qilinadi.
Suhbatning afzalligi yana shundaki, u o’quvchilar fikrlashini faollashtiradi va bilimini oshirishga yordam beradi.
Suhbatlar vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  • Kirish yooki tashkillashtiruvchi (didaktik vazifasi: o’quvchilarni mashg’ulotdagi ishga tayyorlash);

  • Yangi bilimlarni yetkazish (didaktik vazifasi: o’quvchilarni yangi material bilan tanishtirish);

  • Sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifasi: o’quvchilar bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamlash).

Suhbatlar tashkiliy shakli bo’yicha o’quv va davra suhbatiga bo’linadi. Davra suhbati o’quv suhbatidan erkin holatda ishtirokchilar joylashish tartibi, va asosiysi, ular fikrini navbat bilan bildirishi bilan farqlanadi.
Eng muhimi savollarni to’g’ri shakllantirish va berish muhim. Ular o’zaro bog’liqlikka ega bo’lishi kerak, o’rganilayotgan savol mohiyatini ochib berishi, bilimlarni o’zlashtirishga yordam berishi kerak. Savollar mazmuni va shakliga ko’ra o’quvchilarning rivojlanish darajasiga mos kelishi lozim.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin