Kurs ishining predmeti. Ushbu ishning mavzusi Sonata-simfoniya turkumi XVI—XVIII asrlarda shakllanishi va usha Yozef Gaydn asarlarini o`rganishda inson ma`naviyutini boyitish. Shuningdek, o'quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa tarixiga qiziquvchi o'quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini q`ondirish musiqa ta'lim tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jaxon xalqlarining umuminsoniy musiqiy qadryatlarini ham chuqur o'rganish yosh avlodni xalqaro nufuzga molik bo'lgan madaniy durdonalardan bahramand bo'lishni ta'minlaydi.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati: Musiqa ta'limi va tarbiyasi o'ziga xos murakkab pedagogik va psixologik jarayonni talab qiladi. Ushbu tadqiqot ishini bajarish davomidagi muallif tomonidan qo'llanilgan ish usullari, tavsiyalar va tahliliy xulosalar soha hodimlari, bo'lgusi mutahassislar, kadrlar uchun foydali ahamiyat kasb etish mumkin. Yosh avlodning o'tmish tariximiz davomida yuz bergan voqea va hodisalardan xabardor bo'lishga undan to'g'ri xulosa chiqarishga, saboq olishga undaydi, uchunchidan: yosh avlodni ota bobolarimiz musiqiy merosidan bahramand bo'lishga, ulardan estitik zavq olishga, bu musiqiy asarlar mazmunidan to'g'ri xulosa chiqarishga, shu orqali ularning nafosatini tarbiyalash, kamolga etishiga erishishimiz lozim. Musiqa san'ati inson qalbini yumshatib, uni jaholat, yovuzlik kabi inson uchun eng razil hislatlardan tiyilish, bunday salbiy hislatlarga murosasiz bo'lishga undaydi va inson qalbida odamiylik, ezgulik g'amxo'rlik, sahovatlilik, mehribonlik kabi inson uchun ijobiy hislatlar sari undovchi asosiy vosita hisoblanadi. Musiqani yana shunday tushunishimiz lozimki, u inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasawur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turi hisoblanadi.
Mazkur ish mazmunida ana shu jarayonning mazmuni va mohiyati atroflicha tahlil qilindi, yangicha pedagogik yondashuvlar, ish usuli va shakllari ishlab chiqildi.
Shuningdek, ish mazmunidan ilmiy maqola, ma'ruza matnlari va kelgusida bitiruv - malakaviy ishlari yozishda ijodiy foydalaninsh mumkin. Kurs ishini bajarish davomidagi muallif tomonidan qo'llanilgan ish usullari, tavsiyava tahliliy xulosalar soha hodimlari, bo'lg'usi mutahassis kadrlar uchun foydali ahamiyat kasb etishi mumkin.
Kurs ishining tarkibiy qismi: Kurs ishi , kirish, ikki bob, uch band,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati va ilovalardan iborat tarzda bajarildi.
Ishning kirish qismida mavzuning maqsadi, vaifasi, ob`ekti, premeti, ilmiy ahamiyati asoslanadi.