7
Vaqt birligi davomida o‘zining elektrik parametrlari xamda yo‘nalishini bir
xil meyorda saqlaydigan toklarga o‘zgarmas elektr toki deyiladi. Xozirgi vaqtda
ayniqsa elektrotransportda qo‘llaniladigan o‘zgarmas tok energiyasini ko‘p qismi
turli tipdagi to‘g’rilagichlar vostasida o‘zgaruvchan toklardan xosil qilinadi.
O‘zgarmas toklarni xosil qilish uchun o‘zgarmas tok generatorlaridan xam keng
foydalaniladi. Dunyo miqyosida garchan asosiy
foydalaniladigan energiya
tarkibini o‘zgaruvchan toklar tashkil etsada, o‘zgarmas
toklardan transport
sanoatida, engil sanoatda,
boshqarish tizimlarida, radiotexnikada, xalq
xo‘jaligidagi barcha texnikalarini ta‘mirlash qurilmalarida ishlatiladi. O‘zgarmas
tok
zanjiri elementlari, manbalari, elektr energiya iste’molchilari
va boshka
elementlarni shartli belgilanishlari quyida jadvalda ko‘rsatilgan.
Elektr energiya manbaasi sifatida generatorlar,
kimyoviy
energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi birlamchi elementlar, akkumulyatorlar
batareyasi va galvanikelementlar kiradi.
O‘zgarmas tok zanjirining iste’molchilari esa quyidagi turlarga bo‘linadi.
1)
aktiv iste’molchilar
– ular elektr energyasini o‘ziga
qabul qilib uni
issiqlik yoki yorug’lik energiyasiga aylantirib beradi.
Xarakterlovchi kattaligi
qarshiligi va o‘tkazuvchanligi bo‘ladi. Birligi Om larda o‘lchanadi.
2)
induktiv iste’molchilar
– ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni
magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi magnit
singdiruvchanligi xisoblanadi. Birligi Gn larda o‘lchanadi.
3)
sig’im iste’molchilar
– ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni
elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi sig’imi
xisoblanadi. Birligi Farada larda o‘lchanadi.
Elektr tokini o‘lchov birligi bo‘lib o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimida bir
sekundda o‘tgan elektr miqdori qabul qilingan.
t
Q
I
bu erda: I–tok kuchi, Q -
o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi, t- vaqt birligi. Zanjirdan o‘tayotgan tokning
yo‘nalishi va miqdori vaqt birligi ichida o‘zgarmasa u o‘zgarmas tok deyiladi. Ular
asosan o‘zgarmas tok generatorlari orqali yoki o‘zgaruvchan
toklarni maxsus
to‘g’rilagichlar orqali to‘g’rilab xosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: