Aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishiga qarab xam jismoniy mashqlar turkumlana boshlandi: bo‘yin, yelka kamar, bel-yonbosh, xarakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashqlar. Bu turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo‘lib, o‘tirgan, yotgan xolda amalga oshiriladigan, egiluv-chanlik va kuchni rivojlantirish mashqlari bo‘lishi mumkin.
Sport turlaribo‘yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O‘z navbatida, xar bir sport turi o‘z mashqlarining individual klassifikatsiyasiga ega: sport o‘yinlari –futbol, basketbol va xokazolar.
Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarni jismoniy mashqlarning pedagogikklassifikatsiyasideb xam atay boshladilar.
Biomexanikada–statik, dinamik, siklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan, xarakatning tuzilishi yoki bajarish xolatiga qarab turkumlangan jismoniy mashqlar deb guruxlana boshlandi.
Fiziologiyada–maksimal, submaksimal, meoyordagi va meoyordan katta quvvatni talab qilib bajariladigan mashqlar deb nomlangan turkumidan jismoniy tarbiya amaliyotida foydalanilmoqda.
Xavo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Xayotiy sharoit, muxit insonni turli sharoitda moddiy neomat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muxim axamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning inoomi –xavo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustaxkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayoni ochiq xavoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib jismoiy mashqlar bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish, xavoning issiq-sovui jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha taosir ko‘rsatadi. Mashulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muxim axamiyat kasb etadi.
Ishni shunday tashkillash lozimki, jonajon Respublika-mizning geografik, iqlimiy va ekologik xolatini xisobga olib barcha viloyat va xududlarda tabiatning solomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammosi xal qilinishi lozim. Masalan, quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha aloxida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini xisobga olinmasdan toblansa uning taosiri turlicha bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning meoyori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini eotibordan chetda qoldirish tabiat-ni solomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy nati-jalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim.
Shuullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, xavoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishni samarasi katta. Xar tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muxitning salbiy taosirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko‘chuvchan” bo‘ladi, yaoni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mexnat, xarbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning xayotiy-amaliyligini
oshiradi. Qolaversa, ruxiy-irodaviy xislatlarini xam kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, meoyorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik xolatiga tez moslashishdek vazifalar oson xal bo‘ladi.