Kamchiliklari:
Talabalar soni ko‘p bo‘lsа, mеtоdni qo‘llаsh kutilgаn sаmаrаni bеrmаsligi mumkin
O‘qituvchidan ko‘p kuch, asab, mahorat talab qiladi.
4. Yaxshi tayyorlanmagan yoki so‘zga no‘noq talabalar dars jarayonida chetda tomoshabin-bo‘lib qolishi xavfi bor.
5. Talabalardan ma‘lum darajada bilim, tushuncha bo‘lishini talab qiladi. Guruhdagi talabalar yangiliklarni, o‘zgarishlarni bilishi, darsga puxta tayyorlanib kelishlari kerak. Bo‘lmasa darsda qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Xulosa
Insonda taxliliy hamda tanqidiy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi. Shuning uchun savollarni qo‘ya bilish, ularga hyech bo‘lmaganda qoniqarli javob olish katta ahamiyatga ega. Savolsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Shu bilan savollar yordamida qator modellashtiruvchi o‘yinlar tashkil etish, yangilarini o‘ylab topish mumkinki, ular so‘zsiz talabalarni fanni puxta o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
* Og‘zaki javobga asoslangan yana bir metod suhbat metodi bo‘lib, u ham fanni o‘rganishning qadimiy metodlaridan sanaladi. Shu bilan birga hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Suhbat qatnashuvchilarda bilim olish, o‘qish o‘rganishga istak tug‘diradi. Xar bir dars metodini o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mazkur metodlarga ham taalluqli bo‘lib, dars o‘tishda hisobga olish lozim.
Nazorat savollari:
1. Dars o‘tishda auditoriya oldiga savol qo‘yishning qanday ahamiyati bor? Savol-javob eng ko‘hna, keng tarqalgan va hech eskirmaydigan metod deb ayta olamizmi? 2. Nima sababdan har qanday bilish faoliyatining asosida savol yotadi, deymiz? 3. Dars o‘tish jarayonida parta, stol-stullar joylashuvining qanday ahamiyati bor? 4. Savollarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin? 5. Savol berish va unga javobni baholashda o‘qituvchi qanday qoidalarga rioya qilishi lozim? 6. Suhbat metodi qanday metod hisoblanadi? Sizningcha, nima sababdan bu metoddan o‘qituvchilar dars jarayonida keng foydalanadilar? 7. Juftlik va kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tish qaysi jihatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi? 8. Talabalarning samarali ishlashi uchun kichik guruhlarda qanday qoidalarga amal qilish kerak?
9. Kichik guruhlarda ishlash talabalarga nimalarni o‘rgatadi? 10. Kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tishning asosiy fazalari va ularning mazmunini aytib bera olasizmi? 11. Sizningcha, kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning qaysi modellarini qo‘llash imkoniyati katta?
Dostları ilə paylaş: |