Masalaning mazmuni Masaladeganda:
bir tomondan hal etilishi lozim bo’lgan narsa, ish, muammo tushunilsa,
ikkinchidan, bahs, muhokama, munozara mavzusi,
uchinchidan esa ma’lum sonlar va tegishli amallar asosida no-ma’lum sonlarni topish haqidagi matematik vazifa tushuniladi.
Masala yechish metodi –berilgan raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida hisob-kitob qilish orqali noma‘lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni o‘rgatuvchi metoddir.
Masala yordamida fanni o‘rganganda aniq raqamlar, dalillar,hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari modellashtiruvchi o‘yin, kichik guruhlarga bo‘lish, konkurs o‘tkazish va boshqa metodlar asosida dars o‘tishda ham masala-mashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta.
Talabalarda malaka, ko‘nikma hosil qilishda alohida o‘rin tutadigan metodlardan biri bu mashq hisoblanadi. Bu metodning samaraliligi eng avvalo mashqlarni amaliyot bilan bog‘langanligidir. Mashq qilish deganda o‘zi o‘rganish, malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg‘uloti va uni takror va takror bajarishni tushnamiz. Mashq - inson oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo‘lish uchun qilingan mashaqqatli mehnat hamdir. Mashq - o‘zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, mahoratni oshirish maqsadida harakatlarni og‘zaki va yozma, amaliy ravishda takror va takror amalga oshirishdir.Mashqlardan foydalanish metodi –fanni o‘rganish, malaka, ko‘nikmalar hosil qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish, takrorlash va sinab sinab ko‘rishni o‘rganishga qaratilgan metod. Mashq qilish buyuk Xitoy faylasufi Konfutsiyning “Aytsang, unutaman!Ko‘rsatsang, eslab qolaman! O‘zim bajarsam, anglab etaman!”degan o‘giti, «Takrorlash – bilimning onasidir» degan xalqimiz naqlini ifodalaydi. Mashq qilmay o‘quv va amaliy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lib bo‘lmaydi.Chunki, аynаn mаshq оrqаliginа ko‘nikmа, mаlаkа, mаhоrаt shаkllаnаdi,
Mashqlar masaladan farqli ravishda barcha fanlarni o‘rganishda o‘quv jarayo-nining turli bosqichlarida qo‘llaniladi. Ularni qo‘llash metodikasi o‘quv predmetini o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘rganiladigan masalalar, mavjud materialga o‘quvchi-talabalarning yoshiga bog‘liq.
Mashqlarni ularni bajarishdan quyilgan maqsadga ko‘ra: maxsus, avval bajarilganlarini yodga tushiruvchi, o‘qish, o‘rganish jarayonini faollashtiruvchi mashqlarga bo‘lish mumkin.
Mаshqlаrni dаstlаbki pаytdаginаоddiy tаkrоrlаsh, tаkrоrаn bаjаrish sifаtidа ko‘rish mumkin, kеyinchаlik esа u bоrgаn sаri tаkоmillаshtirib bоrilаdi.
«Bilishni, o‘rgаnishni istаsаng – mаshq qil. Hаr sаfаr аvvаlgigа qаrаgаndа yaхshirоq bаjаrishgа hаrаkаt qil».Аnа shundаginа hаr bir kishi o‘zi qo‘ygаn mаqsаdgа erishishi mumkinligini o‘quvchi-tаlаbаlаr оngigа singdirish lоzim.
Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq yechmay o‘rganib bo‘lmaydi. Shunday deganda, odatda biz tezda matematika, fizika, ximiya kabi fanlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin. Chunki iqtisodiy jarayonlar, bosh maqsad – aholi farovonligi, qisqacha aytganda, barcha – iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o‘quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushnishni osonlashtiradi. Eng muhimi kelgusi ish faoliyati ham ular bilan bog‘liq.
Ma‘lumki, iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganishda ko‘pincha ilmiy abstrak-tsiyadan foydalaniladi. Ko‘pchilik o‘quvchi-talabalar ilmiy abstraktsiya metodini tezda tushunaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o‘zaro bog‘lanishini tushnish esa oson.
Masala-mashqlarni mustaqil yechar ekansiz, unga sarflagan intellektual energiyangiz va vaqtingizga achinmaysiz. Chunki ular iqtisodiyotni chuqur o‘rganishga katta yordam beradi.
Masala, mashq yechish jarayonida talabalarning qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. Ulardan munozara, debatlar metodini qo‘llashda ham keng foydalansa bo‘ladi.
Masala-mashqlar talabalar bilimini sinashda ham eng qulay metod.