Jizzax politexnika instituti


-mavzu: DARS O‘TISHDA MASALA, MASHQ, TESTLAR, ESSE YOZISH VA ULARDAN IQTISODIYOTNI O‘RGANISHDA FOYDALANISH



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə58/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   245
Jizzax politexnika instituti

10-mavzu: DARS O‘TISHDA MASALA, MASHQ, TESTLAR, ESSE YOZISH VA ULARDAN IQTISODIYOTNI O‘RGANISHDA FOYDALANISH

REJA:
1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o‘rni


2. Masala-mashqlar va ularni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash.
3. Testlar, ularni tuzish, o‘tkazish va javoblarini muhokama qilish
4. Iqtisodiy fanlardan esse yozish va esse uchun savollar tuzish
Tayanchso‘zvaiboralar: Masala. Masala yechish metodi. Mashq qilish. “Mashqlar-dan foydalanish” metodi. Test. Test yechish metodi. Ochiq test. Yopiq test. Esse. Esse yozish metodi.

.1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o‘rni


Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma‘lumotlar, raqamlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma‘lumotlar bilan ishlay bilish, qo‘ygan maqsadiga ko‘ra ular asosida hisob-kitob, matematik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi-o‘zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab qilinadi.


Bu o‘z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab ko‘rishni zarur qilib qo‘yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o‘rganishda masala va mashqlardan foydalanishga teng keladigani yo‘q.
Shning uchun ham iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o‘rganishda markaziy o‘rinni masala, mashq yechish egallaydi. Sababi:
Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o‘rganishning bosh maqsadi - olingan bilimni amaliyotda qo‘llash imkonini ta‘minlaydi.
Ikkinchidan, masala, mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi.
Uchinchidan, masala fikrlashni o‘rgatadi.
Shning uchun ham masala so‘ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish ob'ekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo.
To‘rtinchidаn, o‘tilgаn mаvzuni tаkrоrlаsh, mаzmun-mоhiyatini аnglаb еtishdа yuqоri sаmаrа bеrаdi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin