Jizzax politexnika instituti


O‘qituvchi masala, mashq tuzar ekan,birinchi navbatda



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə60/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   245
Jizzax politexnika instituti

O‘qituvchi masala, mashq tuzar ekan,birinchi navbatda aniq maqsad qoyishi, ikkinchidan, undan kelib chiqib, qanday ma‘lumotlar berilishini puxta o‘ylashi, uchinchidan, bajariladigan ishlarni, topshiriqlarni maqsadga ko‘ra tush-narli tarzda qo‘yishi zarur. To‘rtinchidаn, tuzilgаn mаsаlа-mаshqlаrni o‘qituv-chining o‘zi еchishi zаrur. Bu tuzilgаn mаsаlа-mаshqlаrning kаmchiliklаrini to‘g‘rilаshgа ulаrni bаhоlаsh mеzоnlаrini ishlаb chiqishgа yordаm bеrаdi. Xullas, masala-mashq ecnish iqtisodiy fanlarni o‘rganishda markaziy o‘rin egallaydi.
Shuning uchun kаsbiy tа’lim yo‘nаlishi tаlаbаlаrigа sеminаr dаrslаridа o‘z mutахаssislik fаnlаri bo‘yichа nаzаriy vа аmаliy mаshg‘ulоtlаr uchun mаsаlа vа mаshq tuzish hаmdа ulаrni guruhdа tаhlil qilishni chuqur o‘rganish mаqsаdgа muvоfiqdir.


2. Masala-mashqlar, ularni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash.
O‘quvchi-talabalarning puxta bilim olishlari, iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rga-nishlarining eng samarali metodlardan biri masala va mashqlardan foydalapish qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rib chiqdik. O‘qituvchi masala va mashqlarni o‘quv jarayonida turli shakllarda ishlatishi mumkin.
O‘qituvchi dars berishga tayyorlanar ekan, mavzuni o‘qishda qo‘llaydigan metodlarini, jumladan, masala, mashqlarni chuqur o‘ylab, ulardan qanday tarzda foydalanishni ko‘z o‘ngiga keltirishi zarur.
Masala va mashqlar iqtisodiy kategoriya, qonunlarni sifat xarakteristikasi bilan birga miqdor aloqalarini ham o‘zida mujassamlashtirishi bilan muhim rol o‘ynaydi.
Masala va mashqlardan nazariy darslarda foydalanishga ikki nuqtai nazardan yondashish mumkin:
A) Akademik litsey, kasb-hunar kollejlaridagi iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganadigan fanlar: “Iqtisodiyot asoslari”, iqtisodiy yo‘nalishdagi rollejlarda va oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan «Iqtisodiyot nazariyasi» fanlarini o‘rganishda masala, mashqlardan foydalanish.
B) Barcha iqtisodiy fanlardan nazariy dars o‘tishda masala, mashqlardan foydalanish.
Masala, mashqlar uchun quyidagi qoidalar umumiy hisoblanadi:
Ma‘ruza jarayonida o‘qituvchi masala, mashqni doskada yoki og‘zaki shaklda yechishi mumkin. Ularni oldindan ko‘rgazmali qurol yoki tarqatma material sifatida tayyorlanadi.
O‘rganilayotgan mavzu, nazariy qonun-qoidalar keng ko‘lamda real faktlar dalillarni talab qilsa, bunda rasmiy ma‘lumotlar asosida tuzilgan jadval yordamida bajariladigan masala, mashqlar qo‘l keladi. O‘qituvchi savolni tushntirish jarayonida statistik ma‘lumotlarni tahlil qilib, talabalarni nazariy fikrlashga o‘rgatadi. Amaliy tavsiyalar beradi.
Fanni o‘rganishda mashqlar ham katta ahamiyatga ega. Ular yordamida nazariya amaliyot bilan bog‘lanadi. Fanni nazariy jihatdan o‘rganayotganda
a) formulani tahlil qilish bilan bog‘liq;
b) iqtisodiy kategoriya, qonun-qoidalarni tahlil qilish;
v) axborot, raqamlar, faktlarda ifodalangan ma‘lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan mashqlardan foydalanish mumkin.
Mashqlar sxema, grafiklarga asoslangan bo‘lishi, keng ravishda jadval ma‘lumotlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. Ular orqali u yoki bu kate-goriya, tushnchani o‘zlashtirish oson bo‘ladi.
Mashqlar to‘g‘ri javobni tanlash va ana shu tanlovni asoslab berishda ham ifodalanadi. U to‘g‘ri - noto‘g‘ri javobni tanlashni izohlash yoki test yechish tarzida bo‘lishi mumkin.
Xullas, nazariy darslarda o‘tiladigan mavzuga ko‘ra o‘rganiladigan savollarga qarab, masala-mashqlardan foydalanish darsni qiziqarli bo‘lishi, talabalar diqqatini o‘rganilayotgan savol, masalaga qaratishlariga yordam beradi. Ma‘ruza jarayonida talabalarning ishtirokini ta‘minlaydi. O‘quv jarayonida bajariladigan o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyotlar ham o‘ziga xos mashq.
Mаsаlа, mаshq mаvzusi uchun hаr qаndаy vаziyatni tаnlаsh mumkin. Mаsаlа, mаshqlаr tаlаbаlаr bilimini butun dаstur bo‘yichа nаzоrаt qilish, shu bilаn birgа, аsоsiy yoki qiyin kаtеgоriyalаr yoki mаvzulаrni tushunishgа qаrаtilgаn b¢lishi mumkin. Mаsаlаlаrni muntаzаm еchib turilishi, mаshq bаjаrish hаmdа uni muhоkаmа qilish, tаlаbаlаrning оlgаn bilimini uzluksiz nаzоrаt qilish, tushunmа-gаn kаtеgоriyalаrni tushunib оlish imkоniyatini bеrаdi. Аuditoriyada masala yechishni turlicha usulda amalga oshirishi mumkin.
Birinchi yo‘l.Masala, mashq barcha o‘quvchi, talabalar tomonidan individual tarzda yechiladi. O‘qituvchi masala, mashqni yechish uchun murakkabligi darajasi, tahlil qilish, baho berish, xulosa chiqarishini hisobga olgan holda ma‘lum vaqt beradi. O‘z vaqtida to‘g‘ri yechilishi va berilgan topshiriq bo‘yicha masalani izohlashiga qarab, ball berishini e’lon qiladi. Kim yechib bo‘lsa, qo‘lini ko‘tarib yechib bo‘lganini bildiradi. O‘qituvchi uning javobiga qarab, ball qo‘yadi.
Ikkinchi yo‘li. Masala kichik guruhlarga bo‘lib beriladi. Kichik guruh uni mukohama qilib, yechadi va guruhdan bir kishi kichik guruh nomidan javob beradi.
Uchinchi yo‘li. Bir o‘quvchi-talaba doskaga chiqib, yechadi. Qolganlar o‘zi yechishi hamda doskada masalaning yechilishini kuzatib, noto‘g‘ri bo‘lsa, tezda o‘z fikrini bildirishi lozimligi uqtiriladi. Agar doskada masala yechayotgan talaba adashsa, uni to‘xtatib, boshqa talabani masalani yechish bo‘yicha fikrini tinglab, to‘g‘ri yechishni ko‘rsatib berishi taklif etiladi. Talabalarning faoliyatiga ko‘ra ball beriladi.
To‘rtinchi yo‘l. Masala, mashq yechishni uyga vazifa qilib berish mumkii. Amaliy mashg‘ulotda uning javobi muhokama qilinib, xulosa chiqariladi.
O‘qituvchi boshqa usullardan foydalanisi uchun imkonivat katta. Qanday masalani yechis, qaysi usulni qo‘llashni o‘qituvchi o‘tilayotgan mavzu, guruhdagi talabalarning individual xususiyatlari va boshqalardan kelib chiqib, tanlaydi.
O‘quv jarayonida masala-mashqlarni qo‘llash uchun ularni mavzular bo‘yi-cha tuzish lozim. Masala tuzishda duch kelinadigan an’anaviy qiyinchiliklar mavjud:



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin