Jizzax politexnika instituti


Testlar, ularni tuzish, o‘tkazish va javoblarini muhokama qilish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə61/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   245
Jizzax politexnika instituti

3. Testlar, ularni tuzish, o‘tkazish va javoblarini muhokama qilish
Talabalarning puxta bilim olishlari, ularning olgan bilimlarini tekshirishdagi qator afzalliklarini hisobga olib, keyingi paytda keng qo‘llanilayotgan mashq turi test15 hisoblanadi.
Test yechish nihoyatda keng qo‘llanilishi sababli alohida metod sifatida qaraladigan bo‘ldi. Mavzuni o‘rganishda testlardan foydalanish, ayniqsa, guruhda test o‘tkazilgach, uning javoblarini muhokama qilish alohida ahamiyatga ega.
Testlar- bu qisqa, standartlashtirilgan yoki standartlashtirilmagan sinov, mashq bo‘lib, qisqa vaqt davomida o‘qituvchiga talabalarning o‘quv jarayoni davomida egallagan bilimlari darajasini baholashga yordam beruvchi metoddir.
Test - 1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir;
2) aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material, savolnoma;
3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma‘lum sifat baholarini oldindan berilgan ba‘zi standart-test me’yorlari bilan qiyosiy o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi.
4) ko‘zlangan maqsadga ko‘ra, savol qo‘yib, unga bir-biriga yaqin bir necha, lekin to‘g‘risi bitta bo‘lgan javoblar mujassamlangan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavzuni o‘rganishga, o‘quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.
Talabalar bilimini baholashda test muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari test boshqa usullar: masala yechish, referat yozish yoki savolga ogzaki, yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
1.Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning ob'ektiv usuli hisoblanadi. Sababi unda o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta‘sir etmaydi.
2. Nazorat ishi yoki referatda o‘qituvchi talabaning ayrim xatolaridan ko‘z yumib, uning bilimini yuqori baholashi yoki aksincha, o‘zining sub'ektiv talablarini qo‘ygan holda past baholashi mumkin. Testlar bunday xatolikdan xoli.
Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransua Talmon (1822-1911) ishlab chiqqan. Test terminini birinchi marta 1890 yili amerika psixologi Jeyms Kettell (1860-1944) tomonidan insonni psixologik jihatdan o‘rganishda qo‘llagan.
Testlarni qo‘llash jarayoni kengaygan sari ularning turlari ham ko‘paya bosh- ladi. Testologiya tarixida V.A.Makkol birinchi bo‘lib testlarning pedagogik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlaydigan (intellektual) guruhlarga ajratdi.
Hozirda testlar psixologiya, pedagogika, fiziologiya, meditsina va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Ta‘limda odatda asosan psixologik va pedagogik testlardan foydalaniladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin