Jizzax politexnika instituti


Namuna: 1.Yuz bergan voqealar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə189/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Namuna:
1.Yuz bergan voqealar:
a) Uyidagi mulkini o‘g‘irlab ketishgani uchun fuqaro militsiyaga murojaat qildi.
b) Sud korxonaga tozalanmagan oqovasini anhorga tashlagani uchun jarima soldi.
Javob:
i) mulk huquqi buzildi.
k) tashqi muhitga, birovga zarar keltiradigan tarzda foydalanish usullarini taqiqlash huquqi.


2.Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.
Tushunchalar: tabiiy resurslar miqdori va sifati, mehnat resurslari miqdori va sifati, asosiy kapital hajmi, texnik taraqqiyot va texnologiya, daromadning iste’mol va jamg‘arishga ajratilishi, investitsiyaning o‘sishi.
Javob: Ortiqchasi, beshinchi tushuncha. U iqtisodiy o‘sishning taqsimlash omili, qolganlari iqtisodiy o‘sishning taklif omillari.

3. Berilgan topshiriqni mushohada qilib, xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi mashqlar.


Iqtisodiyotda tushkunlik yuz berayotgan paytda davlat kadrlar tayyorlashning milliy dasturini qabul qilib, ta‘lim xarajatlarini ko‘paytirdi. Undan tashqari temir yo‘l, avtomagistral, ko‘prik qurish va boshqa ijtimoiy ishlar uchun xarajatlarni ko‘paytirdi. Narx va real yalpi ichki mahsulot qanday o‘zgardi? Xarajatlar ko‘paytirilguncha yalpi talab va taklifning grafik tasviri chapdagi chizmada ko‘rsatilgan bo‘lsa, u qanday o‘zgaradi?





Javob: Davlat xarajatlari ortadi. Talab ortadi. Narx o‘sadi. Talab egri chizig‘i o‘ngga siljiydi.
Topshiriq: mashqlarning to‘g‘ri javobini aniqlang. Mutaxassislik faningiz bo‘yicha ana shu namunalar asosida mashqlar tayyorlang


3.Test tuzish
Aytaylik, o‘rganayotgan mavzuimiz buxgalterya hisobi bo‘yicha talaba birinchi navbatda hujjatlashtirish tushunchasi nimani bildiradi? Aniq tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Demak, mavzu bo‘yicha test tuzar ekanmiz, test orqali talabadan ana shu savolga javob kutamiz. Shuning uchun test savolini «Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?» deb qo‘ysak bo‘ladi. Bunda biz mavzuni o‘rganishi oqibatida talaba bilishi lozim bo‘lgan tushunchani, ya‘ni maqsadni test savoliga aylantirdik.
Navbatdagi bosqich, unga to‘g‘ri javob topish. O‘qituvchi test tuzar ekan, avvaldvn tanish, javoblari unga ayon masala bo‘lishi yoki yangi, o‘rganilishi zarur masala bo‘lishi mumkin. Har ikki holda ham aniq, asoslangan, to‘gri javob topish uchun zarur adabiyotlarni o‘rganishi, ular asosida uning to‘g‘riligiga qanoat hosil qilgach, javobni yozishi kerak.
To‘g‘ri javobimiz, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz hujjatlar majmuasida aks ettirishdir. Ayrim o‘quv adabiyotlarida hujjatlashtirish barcha xo‘jalik muomalalariga tuziladigan hujjatlar majmuasi deb yozilgan. Lekin hujjatlashtirish bu jarayon bo‘lgani uchun bizningcha oldingi javob ikkinchisiga qaraganda hujjatlashtirishning mohiyatini to‘laroq aks ettiradi. Shuning uchun uni to‘g‘ri javo sifatida qabul qilamiz. U holda testimiz ikkinchi bosqichda quyidagicha ifodalanadi:

1. Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?


A. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirishdir;

Navbatda hujjatlashtirishni ifodalaydigan, lekin uning mazmunini to‘la aks ettirmaydigan, o‘xshash, lekin noto‘g‘ri javoblarni yozib chiqamiz.


Ular quyidagicha bo‘lsin.
B. Mahsulotni omborga qabul qilish uchun dalolatnoma;
V. Mahsulotni ombordan olish uchun talabnoma;
G. Zarur shakllarni to‘ldirishdir.

Birinchi testimizning javoblari tayyor. Faqat to‘g‘ri javobni qaysi harf orqali ifodalashni aniqlasak bo‘ldi. Uni biz oldingi testda qaysi harfda to‘g‘ri javob berilganiga qaraymiz. Birinchi testda hohlagan harfimizga qo‘yishimiz mumkin. Aytaylik, biz to‘g‘ri javobni B harfida berishga qaror qildik. U holda testimiz quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


1. Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?
A. Mahsulotni omborga qabul qilish uchun dalolatnoma;
B. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirishdir;
V. Mahsulotni ombordan olish uchun talabnoma;
G. Zarur shakllarni to‘ldirishdir.

Testimiz tayyor. Javob: B;





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin