Boshlang’ich sinf matematika darslariga mos iqtisodiy mazmundagi masalalar tuzish va yechish .
Barchamiz farzandlarimizning kelajakda o'ziga ishongan va moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli odam bo'lishini xohlaymiz. Zamonaviy boshlang'ich maktab bolalarga hamma narsani o'rgatadi: o'qish, yozish, hisoblash, lekin ularni haqiqiy hayotga, hayotning barcha sohalarida, ayniqsa moliyaviy ta'lim masalalarida va inson hayotida uchraydigan qiyinchiliklarga tayyorlamaydi. Bugungi dunyoni pulsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Pul odamni tug'ilishidan o'rab oladi va hayotning asosiy zaruriyatlaridan biriga aylanadi.
Matematik masalalar echish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar echmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib bo’lmaydi. Matematikada masalalar echishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo’lidir. Masalalar echishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonida muhim rolni va o’quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o’stiradi muhim rol o’ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so’z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi. Boshlang’ich sinflarda amaliy mazmundagi masalalarni tuzish katta ahamiyatga ega. Chunki bu turdagi masalalar o'quvchilarning fikrlash doirasini, idrokini, hozirjavobligini oshiradi. Boshlang’ich sinflarda o'tiladigan amaliy mavzudagi masalalardan quyidagilar ko'proq xarakterlidir: harakatga doir, proporsional miqdorli masalalar, iqtisodiy masalalar, statistik ma'lumotlarga asoslangan masalalar o'qitishda yuqori ko’rsatkichlar beradi.
Masala. Alisherning oilasi bir yil ichida to'lov bilan yiliga 5% miqdorida yangi televizorni kreditga sotib olishga qaror qildi. Televizorning narxi peshtaxtada 3000000 so’m miqdorida taqdim etilsa, uning narxi qanday bo'ladi. Bu oila har oyida qancha pul to'lashi kerak?
Masala. 1 ta sigir 1 yilda 1 ta dan bolalaydi. Bolalari ham 3 yoshga to’lgach bolalaydi. Agar tug’ilgan buzoqlar bilan to’ldirilib borilsa va hech qanday talofatlar yuz bermasa 10 yilda sigirlar soni qanchaga etishini hisoblang
Masala. 500 evro, 500 dollar,500 funt, 500 yen bugun necha so’m turadi? Internet-resurslardan Markaziy bank ma'lumotlaridan ushbu kun uchun foydalaning.
Shaxsiy depozitga pul o'zgarish foiz stavkasiga, xarajatlarga va boshqalarga bog'liqligini aks ettiruvchi bir qator matematik masalalarni qarash mumkin.
Masala. Kattaevlar oilasi shaxsiy hisob raqamini ochdi va depozit yaratdi, dastlab yiliga 18 % miqdorida bankka 5000000 so’m qo'ydi. Bir yil ichida, ikki yil ichida ushbu depozitda qancha pul bo'ladi. Dastlabki miqdorini saqlab, oyiga qancha pul olish mumkin?
Masala. Maqsud otasining yordamida to'plagan 1000000 so’m pullarini yiliga 10% ustamali bankka qo'ydi, ammo shu bilan birga u 5 yil davomida undan pul ololmaydi. 5 yildan so’ng u necha pulga ega bo'ladi? Shunday qilib, hozirgi vaqtda boshlang'ich sinfda moliyaviy savodxonlikni shakllantirish muammosini hal qilish.
Matematik masalalarning mazmuni, ularni haqiqiy ma'lumotlardan foydalangan holda tuzish o’quvchilarning moliyaviy va matematik savodxonligini
shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi.
Masala. Shohjahon uchun bu narsalarni sotib olish quyidagi tartibda qoniqish hissini beradi: 1) krossovka; 2) futbol to‘pi; 3) futbol formasi. Shu bois, u krossovkani sotib oldi, chunki unga bu eng katta qoniqish hissini beradi. Shohjahonning bu tanlovi futbol to‘pi ola olmasligi bilan unga “qimmatga tushadi”. Iqtisodchilar buni — tanlovning muqobil qiymati deb atashadi. Demak, Shohjahon tanlovining, ya’ni krossovkaning muqobil qiymati — futbol to‘pi bilan o‘lchanadi.
1. Aytingchi, Shohjahon nima sababdan uch imkoniyatdan birini tanlashga majbur bo‘ldi?
2. Shohjahon nima sababdan krossovkani tanladi?
3. Nega Shohjahon tanlovining muqobil qiymati futbol formasi bilan o‘lchanmayapti?
4. Siz Shohjahonning o‘rnida bo‘lganingizda bu uch imkoniyatdan qay birini tanlagan bo‘lar edingiz? Nega?
5. Tanlovingizning muqobil qiymatini aniqlang.
Masala. Ikkita ishchi birinchi 5 kunlikda 500 ta, ikkinchi 5 kunlikda 750 ta mahsulot tayyorladi. Bitta ishchining birinchi va ikkinchi besh kunlikdagi bir kunlik mehnat unumdorligini toping va o‘zaro taqqoslang.
Yechimi: Sarflangan umumiy vaqt = Ishchilar soni . Har bir ishchi sarflagan vaqt = 2 ishchi . 5 kun = 10 kun
Bitta ishchining birinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi: U=Q:T=500:10=50 taga,
Bitta ishchining ikkinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi esa: 750:10=75 taga teng.
Endi ularni taqqoslaymiz: 75:50=1,5, ya’ni, bitta ishchining ikkinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi birinchidagiga qaraganda 1,5 baravar ko‘p bo‘lgan.
.
Uni diqqat bilan ko‘zdan kechiring va quyidagi savollarga javob bering:
1. Sotuvchilardan qaysi biri qaysi tovaridan ko‘proq sota olishini tahlil qilib ko‘ring. Nima sababdan bunday tahlil qilayotganingizni ayting?
2. Sotuvchilardan qaysi biri kun davomida eng ko‘p daromad qiladi? Savolga javob berishda mahsulotlarning qaysi biri ho‘jalikda ko‘proq ishlatilishiga e’tibor bering.
Masala. Uch qutida oltin tanga bor edi. Birinchisida, ikkinchisiga qaraganda 20 ta, ikkinchisida, uchinchisiga qaraganda 10 ta ko'proq. Barcha qutilar bir xil miqdordagi tanga bo'lishi uchun tangalarni qanday qilib qayta taqsimlashim mumkin?
Dostları ilə paylaş: |