I10 q
«Jami aylanma aktivlar»
J korxonasi misolida biz shunga amin bo`ldikki, xomashyo va
tugallanmagan ishlab chiqarish zahiralarining darajasi firma ichida axborot oqimlarini tashkil etish va bo`linmalar faoliyatini gorizontal muvofiqlashtirish samaradorligini aks ettiradi. Shunday qilib, zahiralarning aylanuvchanligi va
darajasi koeffitsiyentlari firma ichki tuzilishining nisbiy ustunliklari (kamchiliklari)dan dalolat berib turibdi.
«Binolar, inshootlar va jihozlar»
I11 q ;
«Jami asosiy vositalar»
«Nomoddiy aktivlar»
I12 q ;
«Jami asosiy vositalar»
«Jami aylanma aktivlar»
I13 q ;
«Jami joriy operatsiya majburiyatlari»
«Naqd pullar» Q «Oson sotiladigan
qimmatli qog`ozlar» Q «Debitorlar hisobvaraqlari»
I14 q .
«Jami joriy operatsiya majburiyatlari»
Aktivlarning o`ziga xoslik darajasi aktivning quyidagi moddalarini taqqoslash yordamida baholanadi «Binolar, inshootlar va jihozlar» (joylashish o`rni bo`yicha o`ziga xoslik va texnologik o`ziga xoslik) va «Nomoddiy aktivlar» (tovar belgilari). Aktivlarning o`ziga xosligi darajasi haqida likvidlilik koeffitsiyentlarini noan’anaviy talqin etishni taklif qilgan holda tasavvurga ega bo`lish mumkin – likvidlilikning joriy (I13) va «tez» (I14) koeffitsiyentlari qanchalik yuqori bo`lsa, firmaning aktivlari shunchalik kam o`ziga xoslik darajasiga ega.
Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish
Tashkilotni amaliy tahlil qilishga kelishuvlar nazariyasi ham o`z ulushini qo`shadi. Uning yordamida tashkilot ichidagi nizolar tabiatini, optimal shartnoma nazariyasi va transaksiya xarajatlari nazariyasining tarafdorlari taklif etganidek,
«prinsipal» va «agent» manfaatlarining qarama-qarshi qo`yilishiga yo`yish mumkin emas. Kelishuvlar nazariyasi tashkilot tuzilmasining murakkabligidan kelib chiqadi – u turli xildagi kelishuvlar unsurlarini o`z ichiga oladi. Odatda, har qanday tashkilotning faoliyat ko`rsatishi kamida quyidagi kelishuvlar imperativiga javob berishi lozim: bozor, industrial, an’anaviy, fuqarolik, ijodiy faoliyat va ijtimoiy fikr. Har qanday tashkilot, hatto foyda ko`rmay ishlayotgan korxona ham, o`zining daromadlarini xarajatlarga muvofiqlashtirishi va o`zining moliyaviy majburiyatlarini bajarishi zarur (bozor kelishuvining unsurlari). Har qanday
tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o`z navbatida, industrial kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o`zining alohida madaniyati, eskilik to`plamining shakllanishi uning faoliyatida an’anaviy kelishuvlar unsurlarining paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar» birlashgan manfaatlari - kasaba uyushmasi vakilining ishtiroki, shuningdek tashkilot ichki hayotining mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga bo`ysunishi fuqarolik kelishuvi impertivini o`zida aks ettiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik doiralaridagi obro`si yoki iste’molchilar o`rtasida uning tovar belgisining mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat, keng ma’nodagi innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishdan tortib to tashkiliy tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning faoliyat ko`rsatishida ijodiy faoliyat imperativini aks ettiradi. Shunday qilib, tashkilot asosida turli imperativlar o`rtasidagi nizolar yotadi.
Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko`rsatishi jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko`pmi muntazam yoritishdan iborat, balki u murosaning turli ko`rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, korxona rahbari, ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste’molchilarga taklif etilayotgan mahsulot narxini pasaytirishni ko`zlagan holda, bosh muhandis (inustrial kelishuv) va sotuv bo`limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o`rtasidagi nizoni hal etish yo`lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor kelishuvlari o`rtasidagi murosaning bunday ko`rinishini shunday izohlaydi: ishlab chiqarishni konveyerli tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar tannarxini pasaytirish, sotuvni rag`batlantirish va hatto iste’molning yangi standartini tashkil etish imkonini beradi: «avtomobil - dahmaza emas, balki harakatlanish vositasi».
Fransuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini ishlab chiqarish to`g`risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko`rinishiga misol bo`ladi. Ushbu qaror an’anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va pishloqning ushbu xili ko`p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida istemolchining nozik didli talablarini qondirishga urinish ta’siri ostida qabul qilingan edi. Mazkur korxona faoliyat ko`rsatishini belgilab beruvchi bozor, an’anaviy, inustrial kelishuvlar hamda ijtimoiy fikr to`g`risidagi kelishuv murosasi ko`zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.).
Industrial kelishuv: Bosh muhandislik xizmati
Bozor Kelishuvi: Sotuv bo`limi
Б+И
И+А+Ф
И+Ф
И+А
Ananaviy kelishuv: tashkiliy madaniyat
Б+Ф
А+Ф
И+Б+Ф
Fuqarolik kelishuvi: Kasaba uyushma
Dostları ilə paylaş: |