Birinchi bosqich – pedagogik amaliyot boshlanishiga qadar a’lohida e’tiborni ta’lim muassasasida talabalar tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlarning materiallarini o‘rgatilishiga qaratiladi. Asosan amaliy mashg‘ulotlarni va DO‘M(y) olib borishga sidqidildan astoydil tayyorlanadi.
Ikkinchi bosqich - Amaliyotchi talabalaning ishi pedagogik amaliyotning birinchi kunidan talabalar o‘zlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan darslarni imi -jimigacha aniq bilib olganlaridan so‘ng boshlanadi. Mashg‘ulot mazmuniga chuqur ega bo‘lish va unga kirishish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Uchinchi bosqich - Amaliyotchi talabani ishi - bu rejalashtirilgan darslarni o‘tkazishga bevosita tayyorlanishdir. Dastlabki darslardan olingan tasurot uzoq xotirada qolishini nazarda tutib talabalar bo‘lajak yosh o‘qituvchining umumiy mustaqil ishi uchun juda katta axamyat kasb etagan xar bir darsga puxta tayyorlanishlari muxim hisoblanadi. Darslarga tayyorlanishda talabalar reja-konspektlarni shartli ravishda batafsil qilib tuzadilar, biroq ularni yozishdan oldin, darsni o‘quv va tarbiyaviy maqsadlarini, uning butun bir mavzudagi o‘rnini aniqlashlari va mazmunni to‘la egallab olishlari lozim.
Darsga tayyorgarlik ko‘rishda nafaqat yangi o‘quv materialining mazmunini, balki avval o‘tilgan dars bo‘yicha bilimlarni nazorat qilish va o‘zlashtirish darajasini aniqlash, shuningdek, darsni TTV va turli ko‘gazmali kurollar bilan xar taraflama ta’minlanishiga qo‘yiladigan talablarni tahlil etish masalalarini o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Reja-konspektini yozilishiga qo‘yiladigan talablarga amal qilmaslik dars mazmuni va metodikasini o‘zlashtira olmaslikka, shuningdek, konspektni bir necha bor to‘g‘rilab chiqish va undan tinimsiz foydalanishga majbur bo‘lgan talabaning ovoragarchiligiga olib kelishi mumkin.
Reja konspektning belgilangan shakli majburiy tartibda talabalar tomonidan harbiy rahbar, CHTO‘ lavozimidagidek pedagogik amaliyot borishida to‘liq saqlanishi lozim.
Reja-konspektlarni tuzish chuqur ijodiy ish bo‘lishi va parallel sinflarda dars olib boradigan amaliyotchi talabalarning xar birini darsga tayyorgarlik ko‘rishlarida mustaqil ishlashlariga erishish lozim.