Mavzu -1: Axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari. Axborot uzatish usullari. O`qitishda axborot texnologiyalari. Reja



Yüklə 481,5 Kb.
səhifə25/29
tarix22.11.2023
ölçüsü481,5 Kb.
#133543
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Axborot texnologiya mavzulari

Savollar:



  1. Model deganda nimani tushunasiz?

  2. Modellashtirish deganda nimani tushunasiz?

  3. Fizik, matematik, biologik, iqtisodiy modellar haqida ma’lumot bering?

  4. Kompyuterli modellashtirish nima?



Mavzu: Kompyutyer tarmoqlari. Axborot ashyolari. Lokal tarmoqlar.
Reja:

  1. Kompyuter tarmoqlari.

  2. Axborot ashyolari.

  3. Global tarmoq (Internet).

Kompyuterlarning o’zaro turli ma‘lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi Kompyuter tarmog’i deyiladi. Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda ko’p afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog’iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo’limlarga bo’lib, har bir bo’lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, kataloglar, printer, disklardan birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o’z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo’llar bilan) tarmoq o’zidan o’zi ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operatsion sistemasida ishlaydi. Hozirda ko’p ishlatilayotgan WNDOWS 95 tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi programmalar mavjud. Kompyuter tarmoqlari ikki xil bo’ladi: lokal va global.
Lokal kompyuter tarmog’i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo’lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish mumkinligidadir. Shuning uchun ham ba‘zan 500 metrgacha bo’lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin.
Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya, periferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir.
Lokal tarmoq yaratishdan maqsad - tashkilotlar, oliy o’quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllar)idan unumli, tejamli foydalanishdir.
EHM ning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Lokal tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20km. Lokal hisoblash tarmog’ini server va ishchi stantsiyalar majmui deb qarash mumkin.
Server-tarmoqqa ulangan va undan foydalanuvchilarga ma‘lum xizmatlar ko’rsatuvchi kompyuter.
Serverlar ma‘lumotlarni saqlashi, ma‘lumotlar bazasini boshqarishi, masalalarni masofadan qayta ishlashi, masalalarni bosib chiqarishi va boshqa bir qator vazifalarni bajarishi mumkin.
Ishchi stantsiya-tarmoqqa ulangan shaxsiy kompter, foydalanuvchi shu orqali axborot resurslariga kirib boradi.
2.2. Global kompyuter tarmog’i
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi.
Internet-bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma‘noni anglatadi. U mahalliy(lokal) kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi informatsion tizim. Internet tarmog’ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni bog’lovchi lokal tarmoqlardir.
Internet o’z-o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
Texnik
Programmaviy
Informatsion
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shina tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan bo’lib, ulardan ixtiyoriysining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog’ining umumiy faoliyatiga aslo ta‘sir etmaydi.
Internetning programmaviy ta‘minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma‘lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta‘minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir.
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuidan tashkil topgandir.
Arzon xizmat xaqqi evaziga (faqat internet tarmog’idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy to’lanuvchi doimiy to’lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar A+SH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko’pgina Yevropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo’l topadilar.
TAYaNCH IBORALAR: Axborot, texnologiya, axborot texnologiyasi, skaner, printer, modem, faks-modem, multimedia vositalari, videoko’z, elektron doska, lokal tarmoq, global tarmoq, ishchi stantsiya, server, internet.

Yüklə 481,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin