Innovatsion menejment boshqaruv fani sifatida strategik maqsadlarga erishish va taktik muammolarni hal qilish uchun innovatsion jarayonlarni, innovatsion faoliyatni boshqarishni eng oqilona tashkil etish yo'llari haqidagi bilimlar tizimidir. U ilmiy-ishlab chiqarish tsiklini boshqarishga taalluqli bo'lgan umumiy boshqaruvning nazariy tamoyillariga asoslanadi va innovatsion menejment nazariyasi bo'yicha tizimlashtirilgan bilimlar majmuasini ifodalaydi.
Menejment fan sifatida fanlararo fan bo‘lib, u sotsiologiya, psixologiya, mantiq, pedagogika, fan, matematika va kibernetika, turli texnika va iqtisodiy fanlardan keng ko‘lamli usullardan foydalanadi.
Innovastion menejmentfaoliyat sifatida – bu innovastion jarayonlar, innovastion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo’lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarishtamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir. Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun kabi, uning uchun ham quyidagilar xos maqsadni qo’yish va strategiyani tanlash, sikl- davrning to’rtta bosqichi:
1) rejalashtirish;
2) shartlarni belgilash va tashkil qilish;
3) ijro etish;
4) rahbarlik.
Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi. Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya’ni innovastion davrning har xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va Ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to’plashni ko’zda tutadi. Bu yerda innovastion loyihalar, innovastion boshqaruv qarorlari, yangiliklarniqo’llashning samaradorligi baholanadi.