Mavzu : Islomdagi mazhablar tarixidan Reja : I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 22,13 Kb.
səhifə1/7
tarix03.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#138023
  1   2   3   4   5   6   7
Islomdagi mazhablar tarixidan2




Mavzu : Islomdagi mazhablar tarixidan


Reja :


I. Kirish


II. Asosiy qism


2.1 Islom yо‘nalishlarining xalq ma’naviyatidagi о‘rni.
2.2 Sunniylik mazhablari va ma’naviyat.
2.3 Shialik: sekta, mazhablar va ma’naviyat.


III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
.
Islom yо‘nalishlarining xalq ma’naviyatidagi о‘rni. Arabiston yarim orolida VII asrda vujudga kelgan islom dini qо‘shni mamlakatlarga ham tez tarqala boshladi. Islom ta’limotini targ‘ibot qilishdan tashqari, uning aqidaviy va marosimchilik talablarini turli yо‘llar bilan xalqlar ongiga singdirishga harakat qilindi. Bu holat xalqlar tarixida islom istilosi deb ataladi. Islom ta’limotini qabul qilgan xalqlar, jumladan Markaziy Osiyo xalqlari hayotidagi uning ijobiy yо‘nalishi shunda bо‘ldiki, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, an’analari bu dindagi bag‘rikenglik tufayli moslashib borishga imkoniyat tug‘ildi. Bu о‘z navbatida xalqlar ma’naviyatining rivojlanishiga, islom madaniyatining keng yoyilishiga olib keldi. Arabiston yarim oroli va qо‘shni mamlakatlar xalqlarini yagona xalifalik davlatiga birlashtirgan islom dini bu tizimning mafkurasi sifatida qisqa vaqt davom etdi. Turli davlatlar va xilma-xil millatlardan tashkil topgan yirik xalifalik imperiyasi tizimi ichida ijtimoiy-iqtisodiy, davlatni boshqarish, xususan diniy masalalarda diniy ulamolar, davlat arboblari о‘rtasida munozaralar boshlanib, islom ta’limotining talqin qilish bilan bog‘liq yо‘nalishlar dastlabki yillardanoq yuzaga keldi Ma’lumki, jahondagi barcha yirik dinlar о‘z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yо‘nalish va oqimlarga bо‘lingan. Chunki mazkur din tarqalgan xududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir. Islomda ham uning tarixiy taraqqiyotida bunday bо‘linishlar bо‘lgan. VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval xorijiylar (Al-xavorij, xaraja-dindan chiqmoq mazmunida) yо‘nalishi shakllangan, sо‘ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va shialikka ajralgan. Yuzaki qaraganda, islomga e’tiqod qiluvchilar orasidagi ixtilof faqat diniy masalalar tufayli tug‘ilganidek tuyuldi. Aslida esa bunday emas. Tarixdan ma’lumki, islomning shakllanishi, mustaqil dinga aylanish davri uzluksiz davom etgan jangu jadallar bilan о‘tgan. Zero, Payg‘ambar (s.a.v.) Muhammad davridan boshlab Ali davriga (661 yilga) qadar va undan sо‘ng islom Arabistondan tortib, Shimolda Ozarbayjongacha, Sharqda Movarounnahrga qadar, Janubda Arab dengiziga, G‘arbda esa Tripolitaniyaga qadar yoyilgan. Arab istilochilari Movarounnahr (arablar О‘rta Osiyoni shunday atama bilan-«daryo ortidagi yerlar» deb ataganlar)ni bosib olishni VII asrning 70-yillardan boshlab faqat VIII asrning boshlariga kelgandagina tо‘liq tugallashga muvaffaq bо‘lganlar. Chunki, mahalliy xalqlar arab istilochilariga qattiq qarshilik kо‘rsatganlar. Bu jarayonni tasdiqlovchi Muqanna, Sumbad Mug‘, G‘urak, Divashti boshchiligidagi yirik xalq qо‘zg‘alonlari tarixdan ma’lum. Boshqa mamlakat va xalqlar hayotiga islomni kiritish va bosqinchilarga qarshi qо‘zg‘alonlar keyingi asrlarda ham davom etgan.


Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin