Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix08.02.2023
ölçüsü470,41 Kb.
#123171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ajratilgan bo\'laklar, uyushiq bo\'laklar tahlili

bog‘lovchilarsiz qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplar o‘rganiladi. O‘quvchilar 
uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangida o‘qishga; va, ammo, lekin, bog‘lovchilari 
bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklarda shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yib 
yozishga, uyushiq bo‘lakli gaplardan og‘zaki va yozma nutqda foydalanishga 
o‘rganadilar. 
O‘quvchilar birdan ortiq ega, birdan ortiq kesim, bir xil so‘roqqa javob 
bo‘lgan va gapning bir bo‘lagiga bog‘lanib kelgan birdan ortiq ikkinchi darajali 
bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari ekanligi, uyushiq bo‘laklar o‘zaro va, ammo, 
lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi bilan birinchi marta tanishadilar. 
Boshlang‘ich sinflarda gapning uyushiq bo‘laklari bir xil so‘roqda javob bo‘lishi, 
gapda bir xil vazifani bajarishi, sanash ohangi bilan aytilishi, bosh bo‘laklar ham, 
ikkinchi darajali bo‘laklar ham uyushib kelishi mumkinligi, uyushiq bo‘laklarning 
o‘zaro bog‘lovchisiz hamda, va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi 
o‘rgatiladi. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi yuzasidan quyidagi 
ma’lumot ham boshlangich sinflarda beriladi. 
Gapning uyushiq bo‘laklari bog‘lovchilarsiz bog‘lansa, ular orasiga vergul 
qo‘yiladi. 
Gapning uyushiq bo‘laklari ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan 
bog‘lansa, shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Va bog‘lovchisi bilan 
bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi. 
Gapda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi mavzusi o‘tilganda so‘zlarning 
bir-biri bilan teng bog‘lanishi, teng bog‘langan so‘zlar gapning uyushiq bo‘laklarini 
hosil qilishi o‘rgatiladi. 
“Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarning 
ta’limning quyi bosqichlarida gapning bunday bo‘laklari haqida hosil qilgan 
bilimlari kengaytirilib, juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklar, uyushiq va 
uyushmagan aniqlovchi, uyushiq bo‘laklarning biriktiruv, zidlov bog‘lovchilaridan 
tashqari, ayiruv bog‘lovchilari, shuningdek, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan 



ko‘makchi va yuklamalar yordami bilan bog‘lanishi, uyushiq bo‘laklarda son, egalik 
va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi 
so‘zning qo‘llanishi, unda tinish belgilarning ishlatilishi haqida ma’lumot beriladi. 
Gapning uyushiq bo‘laklari haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda 
o‘quvchilar gapning uyushiq bo‘laklari bir-biri bilan teng bog‘lanishi, o‘zaro teng 
bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordami bilan bog‘lanishi, gapda ega va 
kesimning birdan ortiq kelishi hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilishi, ikkinchi 
darajali bo‘laklarning birdan ortiq bo‘lishi esa hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil 
qilavermasligi, uyushiq bo‘laklarning juft holda qo‘llana olishi bilan tanishadilar; 
uyushiq gaplarni gapda takrorlanib qo‘llangan bo‘laklardan farqlashni o‘rganadilar. 
Shuningdek, amaliy ishlarda o‘zaro ergashish yo‘li bilan bog‘langan gap bo‘laklari 
bilan o‘zaro teng bog‘langan gap bo‘laklarini farqlashga e’tibor beriladi. Bu orqali 
o‘quvchilarning gapdagi so‘zlarning o‘zaro borg‘lanishi haqida fikrlash faoliyatini 
o‘stirish, til sezgirligini oshirishga erishiladi. 

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin