21
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini
qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz.
Bilan bog‘lovchi
vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza
sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi:
kim?
kim?
Shu payt eshikdan
vrach bilan
hamshira kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik
ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi:
kim bilan?
kim?
Shu payt eshikdan
vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina
shahar va
qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra
boshladi.
3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4.
Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar
tahlil qilinadi:
1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib, oxiri belgilangan manzilga
yetib keldi. 2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi. 3. Boya men
kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga tizilmay,
betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga qarab,
salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham
yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi.
bilan
Shu payt eshikdan vrach va
hamshira kirib keldi.
hamda
22
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan
oldingi uyushiq
bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu
yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -
u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin
vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan
keyin vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi
bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini,
bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab
bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.
Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u
faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli,
ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib
keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi: Odamlar qorda ham ayni
fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi
vazifasida
qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash.
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib
tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar-
da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda
edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda.
5.Unda tok ham, daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan. 6. Osmon
ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi.
ham
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi.
hamda
bilan