Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix08.02.2023
ölçüsü470,41 Kb.
#123171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ajratilgan bo\'laklar, uyushiq bo\'laklar tahlili

Mustahkamlash 
Matnni ko‘chirib, uyushiq bo‘lakli gaplarni topish, gapning qaysi bo‘laklari 
uyushganligini aniqlash. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin. 
Kumushdek tong tog‘ cho‘qqilariga zeb berdi. Osmon tiniq, ko‘m-ko‘k, 
beg‘ubor. Tog‘ yon bag‘rilarida tizilgan taroq yaproqli archalar, yong‘oqzorlar, 
cho‘qqilar va soylar qoyalarga tirmashib chiqayotgan quyosh nurida zardek 
tovlanib ketdi. Qishloq nurga g‘arq bo‘ldi. Uzoqdan sigir, qo‘y va buzoqlarning 
ma’ragani eshitilardi. 
Gaplarni uyushiq bo‘lakli gaplarga aylantirib ko‘chirish. 
1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin nurlarini sochmoqda. Keng dalalardan bahor 
nafasi ufurmoqda. 2. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi haqida batafsil gapirib 
berdi. 
( Quyidagicha gaplar tuzilishi mumkin: 1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin va 
hayotbaxsh nurlarini sochmoqda. 2. Keng dalalardan, bog‘lardan bahor nafasi 
ufurmoqda. 3. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi, o‘zlashtirishi haqida batafsil 
gapirib berdi.) O‘zingiz mustaqil holda namunadan foydalanib uyushiq bo‘lakli 
gaplar tuzing. 
Uyushiq, bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi. O‘quvchilar bu mavzuni uyushiq 
bo‘laklar, teng bog‘lovchilar, ularning turlari, bilan ko‘makchisi va yuklamalar 
haqida hosil qilgan bilimlari asosida amaliy ravishda o‘zlashtirishlari mumkin. 


18 
1. Havo kuzni oladigan darajada tiniq va yorqin. 2. Bogimizdagi olmalar hamda 
shaftolilar gulladi. 3. Hamma yoqda yerning chirik, lekin baquvvat isi anqirdi. 
4. Goh futbol, goh voleybol o‘ynaymiz, vaqti bilan meva terishda yoki uzum 
uzishda ota-onalarimizga yordam beramiz. 5. Vodiyda, bo‘glarda, elning uyida 
oftob mehri bilan hayot boshlanur. 
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping. 
Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida 
bog‘langan? Bu bog‘lovchilarning turini ayting. Qaysi gaplarda bog‘lovchisiz 
bog‘langan? 
Uyushiq bo‘laklar orasida vergul qo‘yilgan va qo‘yilmagan o‘rinlarga diqqat 
qiling. Qaysi bog‘lovchi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul 
qo‘yilmagan? Qaysilarida qo‘yilgan? 
Javoblar xulosalanadi: 
Gapning uyushiq bo‘laklari o‘zaro teng bog‘lovchilar— biriktiruv, zidlov, ayiruv 
bog‘lovchilari yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi. 
O‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar 
orasiga vergul qo‘yilmaydi. 
Uyushiq 
bo‘laklar zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa, 
bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. 
Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq 
bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi. 
yo, yoki, yoxud ayiruv bog‘lovchilari takrorlanib qo’llanmasa, uyushiq 
bo‘laklar orasiga vergul quyilmaydi. 
O‘zaro bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga 
vergul quyiladi. 
1. Moskvani ko‘rish, unda yashash, o‘qish, ijod qilish ulug‘dir. 
2. Maqsadimiz- tinch yashash, o‘qish, ishlash va qurish. 
3. Maktabimiz bog‘ida olma, o’rik, nok, uzum va bodomlar bor. 
4. Shamol yomg‘ir tomchilarini dam tomga, dam vagon devoriga shopirib 
o‘ynardi. 


19 
O‘qituvchi keltirilgan gaplarni ifodali o‘qib, quyidagilarni bayon qiladi: 
Bog‘lovchisiz uyushiq bo‘laklar sanash tugamaganligini (1-gap), va biriktiruv 
bog‘lovchisi uyushiq 
bo‘laklarning oxirgisidan oldin qo‘llanib, uyushiq 
bo‘laklarni sanash tugaganligini (2- va 3- gap), takrorlanib qo‘llangan bog‘lovchi 
esa (4-gap) uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlanishini bildiradi. 
O‘quvchilar bu gaplarni tegishli ohangga rioya qilib ovoz chiqarib o‘qiydilar. 
Yana misollar keltiriladi. 
Esayotgan mayin shabada bog‘larda, dalalarda o‘sibyotgan gullarning iforini 
uzoq-uzoqlarga olib ketdi. 
Malika odamlar bilan suhbat qilishni, hayot to‘g‘risida ularning so‘zlarini 
eshitishni yaxshi ko‘rardi. 
3. Matematikada oluv, qo‘shuv, ayiruv va boshqa hodisalar o‘rganiladi. 
O‘quvchilardan so‘raladi: 
1. Qaysi gaplarga uyushiq bo‘laklar qo‘shish mumkin? Nima uchun? (1- va 2- 
gapga. Chunki uyushiq bo‘laklar bog‘lovchisiz bog‘lanib, sanash tugamaganligini 
bildiryapti.) 
1. Qaysi gapga uyushiq bo‘lak qo‘shib bo‘lmaydi? Nima uchun? (3-gapga. 
Chunki uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin va bog‘lovchisi qo‘llanib, uyushiq 
bo‘laklarni sanash tugaganligini bildiryapti.) 
Matnni o‘qib, biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan uyushiq 
bo‘laklarni topish. 
1. Inson turmushining birinchi asosi mehnatdir. Mehnat insonning mavjud 
bo‘lishini, yashashini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish qurollarining tinmay 
yaxshilanishi, mehnat unumdorligining oshishi, yuksak texnika va yanada 
takomillashgan texnologiyaning yaratilishi odamlarning atrofdagi dunyoga ongli 
hamda maqsadga muvofiq ta’sir imkoniyatlarini kengaytirdi. 
2. Mahmud bog‘ va ekinzorda ishlashdan hech vaqt zerikmas hamda dangasalik 
qilmas edi. U gulxonaga gul ko‘chatlarini, pushtalarga esa karam va pomidor 
ko‘chatlarini o‘tqizishda bizga yordamlashar edi. Bizning ekinzorimizda 
kartoshka, pomidor, piyoz, bodring, rediska va karam o‘sardi. 


20 

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin