Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə14/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

1-savolning bayoni
Mehnat qonunlari mehnat qilishning ixtiyoriyligi, kasb turi va ish joyini tanlashning erkinligi tamoyiliga asoslangani holda mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkinligini ham nazarda tutadi. Mehnat shartnomasining bekor bo’lishi muayyan yuridik shart-sharoitlar yuz berishi tufayli xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi mehnat huquqiy aloqalariga barham berilishidan iborat.
Mehnat qonunchiligidagi mehnat shartnomasi taraflari bo’lgan xodim va ish beruvchining xohishiga bog’liq bo’lmagan tarzda, shartnoma tarafi sanalmaydigan shaxslar talabi yoki aralashuvi bilan mehnat shartnoma munosabatlarining to’xtalishiga asoslar nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 97-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi asoslari nazarda tutilgan:
1. Taraflarning kelishuviga ko’ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
2. Taraflardan birining tashabbusi bilan;
3. Muddatning tugashi bilan;
4. Taraflarning ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra;
5. Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra;
6. Saylov yoki tanlovdan o’tmaganligi yohud saylov yoki tanlovda ishtirok etishni istamaganligi tufayli.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi ham, muayyan muddatga tuzilgan shartnomasi ham istalgan paytda taraflar kelishuviga ko’ra bekor qilinishi mumkin. Faqat sud hukmi bilan belgilangan axloq tuzatish ishi tarzidagi jinoiy jazoni o’tayotgan, muqobil harbiy xizmatni o’tayotgan shaxslar ish beruvchi va xodim kelishuvi asosida ishdan bo’shatilishiga yo’l qo’yilmaydi. Chunki ular bilan mehnat munosabatining o’rnatilishiga ham, bekor qilinishiga ham vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatlarigina asos bo’lishi mumkin.
Korxona mulkdorining almashuvi (korxonaning davlat tasarrufidan chiqarilishi, sotib yuborilishi), qayta tashkil etilishi, qo’shib yuborilishi, ajralib chiqishi, bir idora bo’ysunishidan boshqa idora bo’ysunishiga o’tkazilishi kabi holatlar mehnat shartnomasini bekor bo’lishiga olib kelmaydi va u xodim xohishi bilan davom ettirilishi mumkin. Mulkdorning almashishi belgilangan tartibda korxona rahbarini, uning o’rinbosarlarini, bosh buxgalterni ishdan bo’shatilishiga olib kelishi mumkin (MK 100-moddasining 6-bandi).



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin