Mehnat huquqi


TARAFLAR IXTIYORIDA BOG’LIQ BO’LMAGAN HOLATLAR BO’YIChA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILISH



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə17/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

TARAFLAR IXTIYORIDA BOG’LIQ BO’LMAGAN HOLATLAR BO’YIChA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILISH.
Mehnat shartnomasi taraflarning ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan asoslar bilan ham, ya’ni shartnoma tomonlarida uni bekor qilish istagi bo’lmagani holda vakolatli davlat organi aralashuvi tufayli bekor qilinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi MKning 106-moddasida mehnat shartnomasi quyidagi hollarda taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar tufayli bekor qilinishi mumkinligini nazarda tutadi:

  1. xodim harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;

  2. shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda;

  3. xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim o’z ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lsa, shuningdek xodim sudning qaroriga muvofiq ixtisoslashtirilgan davolash-prafilaktika muassasasiga yo’llangan taqdirda;

  4. ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo’l qo’yilgan buzilishni bartaraf etish imkoni bo’lmasa va u ishni davom ettirishga to’sqinlik qilsa;

  5. xodimning vafoti munosabati bilan;

  6. qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Sudning ayblov hukmi bilan xodimga tayinlangan faoliyatiga to’sqinlik qilmasa (masalan, jarima solinishi) xodim ushbu asos bilan ishdan bo’shatilishiga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli qarorining 43-bandida ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilishi sanaluvchi holatlarning quyidagi taxminiy ro’yxati ko’zda tutilgan:

  • sud hukmiga ko’ra ma’lum mansabni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum qilinganlarni sud tomonidan tayinlangan vaqt davomida ishga qabul qilish;

  • bir davlat korxonasida o’zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo’lgan shaxslarni, basharti, ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysinib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo’lsa, bunday xizmatchilarni ishga qabul qilish (MKning 79-moddasi). Qarindoshlarning birgalikda xizmat qilishlarini taqiqlash haqidagi qoidalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli ilovada belgilangan (O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari, 1997 yil, 3-son, 11-modda);

- qonunlar tomonidan voyaga etmaganlar va ayollarni jalb qilish taqiqlangan ishlarga qabul qilish.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir pensiyaga chiqishi, oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurti yoxud aspiranturaga qabul qilinishi va qonun hujjatlariga ko’ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda, mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqda shu sabablar ko’rsatiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruq nusxasini berishi shart.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanadi:
ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganida (xodim o’zining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno);
Xodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad etganligi sababli (89-moddaning to’rtinchi qismi).
Ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori o’rtacha oylik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin