Mezolit (o’rta tosh) davri


1. Ellinizm madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari va uning Markaziy Osiyoga yoyilishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə8/173
tarix10.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139072
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
Mezolit (o’rta tosh) davri

9625738
1. Ellinizm madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari va uning Markaziy Osiyoga yoyilishi.Ellinizm madaniyatini kadimgi ajdodlarimiz madaniyati ga ta’siri. Ellinizm madaniyati deb buyuk sarkarda Makedoniyalik Iskandar bosib olgan va undan sung tashkil topgan ellin davlatlari xududida shakllangan madaniyatga aytiladщi. Ellinizm madaniyati Grek madaniyati bilan maxalliy madaniyatning aralashuviga aytiladi. Buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiy (mil.avv.356-323 yy). Otasi Filipp P. Vafotidan keyingi yillarda otasi davrida amalga oshmay kolgan Sharkka yurishni boshlaydi va bir kancha shaxar davlatlarini va usha davrdagi yirik Axmoniylar imperiyasini tutatadi va uzining imperiyasini tuzadi. Ammo, mil.avv.323-yilda tusatdan vafot etadi va u asos solgan imperiyasi urnida ellin davlatlari tashkil topadi. Bular:Ptolomeylar, salavkiylar,Yunon-Baktriya,Parfiya podsholiklari, Makedoniya va Yunoniston kabilar bulib, ularda uz davrining yuksak madaniyati shakllandi va keyingi davr Shark va Farb madaniY-ma’naviy rivoji uchun muxim rol uinaydi. Xususan bu madaniyat kadimgi Turon zaminiga xam ta’sir kildi.Usha davrda Yunonistondan ilm-ma’rifat ya’ni Yunon olimlari va faylasuflarining asarlari xamda karashlari kirib keldi. Yana usha davrdagi olimlarning mamlakatlararo almanishini sodir buldi, usha davlatlar urtasida savdo-sotik soxasida xam alokalar rivojlandi. Umuman olganda ellin madaniyati Antik davrdagi madaniyat bulib, mi.avv. IV va mil.avv. II asrlarda uz ifodasini topgan bulsada, keyingi davr xususan ilk o’rta asrlar shaxar davlatlar rivojiga xamda ilk sharq uygonish davri ma’daniy rivojiga tamal toshi buldi deyish mumkin.
2. Abu Ali Ibn Sino va uning ilmiy merosi Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog‘ida 980 yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang‘ich ma’lumot olishga, ilmfanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog‘lari somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976–997)ga to‘g‘ri keladi.
Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganidan o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezda egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiyilmiy, falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16–17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim bo‘lib tanildi.
1000 yilda Ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi o‘z zamonasining yetakchi olimlarini birlashtirgan akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, Ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi.
Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan Ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi.
1023 yilda Isfahonga bordi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag‘ishladi. Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fit-tibb”, “Kitob un-najot”, “Kitob ul-insof” kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, o‘simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, “Hayy ibn YAqzon” falsafiy qissasi so‘nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimai holi va shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma’lum. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o‘ynadi. Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning “Metafizika maqsadlari”, “Fususul-hikam” kabi muhim risolalarini qunt bilan o‘rgangani, ulardan keng foydalanganini ta’kidlab o‘tadi.

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Ko‘p risolalari shaharmashahar ko‘chib yurish, urushlar, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli yo‘qolib ketgan. Ko‘p manbalarda Ibn Sino, avvalo, tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi YAqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari “Kitobush-shifo” (“Shifo kitobi”) 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Yevropadagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan “Kitobul-insof” (“Insof kitobi”) bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yong‘inda yo‘qolgan. “Kitobun-najot” (“Najot kitobi”) 4 katta qismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat, “Kitob lisonul-arab” (“Arab tili kitobi”) 10 jildni tashkil etadi. “Donishnoma” fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni – mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi.



3.Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentn'>Toshkentning bosib olinishi, o‟lkada mustamlakachilik boshqaruvining shakllana boshlashi (1865-yil, general Chernyayev, Mulla Alimqul- “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”). 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidan chiqa olmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatgatushdi. 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan MLChernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi
4. O'zbekiston moddiy va ma"naviy kuchlarining fashizmga qarshi urushga safarbar etilishi. . 1939yil2jaxon urushi boshlandi. 1941 yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi sobikSSSRga xujum kilindi. Bu urushda Uzbekistonlik jangchilar xam fashizmga karshi kurashda safarbar etildi. Uzbek xalki bu urushning ogir okibatlarini tushuntb etdi. SHu bois ular fashizmga karshi mitinglar uyushtiriladi. 23 iyun kuni kup kishillk miting Toshkentda bulib utdi. Respublikaning barclia kuchlari korxonalar xarbiy izga solindi. Front orkasi mustaxkam bazaga aylandi. Kuplab garbiy rayonlardan korxonalar kuchirildi. 104 korxona Uzbekistonga kuchirildi. Ularning 50 tasi 1941 yilning oxirida ishga tushirildi. Umuman urush davrida Uzbekistonda 280 ta korxona ishga tushirildi. 30 mln. sumlik jamgarmani urush davrida yigildi.

5. O'zbckistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining shakllanishi. Uzb-n davlat mustakijshgini kulga kiritgan dastlabki kunlardayok u kanday tAakkiyot yulidan boradi, kanday jamiyat, kanday davlat kuradn, uning kiyofasi kanday buladi, degan savollar kundalang turarda. Uzb-ning uz istiklol va tarakkiyot yulini belgUash i lozshi edi. Anna shu yulm belgilashda Uzb-n Prezidenti I.A.Karimov ulkan xissa kushgan. Uz asarlari, respublika parlament va boshka yigilishlarda kilgan ma'ruzalari va nutklarida Uzb-ning uziga xos tarakkiyot nuli, demokratiya jamiyat kurii!, xukukiy davlat xokimiyati barpo etishning nazariy- metodologiq goyavin-siyosiy, iktisodiy, a'naviy-madaniy asosiari ishlab chikildi. Uzb-n tarakkiyot yuli, birinchidan, xalkaro tajribaga asoslangan xolda, ikkinchidan, uning uz imkoniyatlari, shart-sharoitlari, uchinchidan, milliy xususiyatlariga moe ravishda ishlab chikildi. Eu yulga kuyidagi asosiy yunalishlar asos kilib olindi: demokraliq odil, fukarolik jamiyati kurish; konun chikaruvchi, ijro etuvachi va sud xokimiyati vakolatlarini ajratish; milliy davlatchilik tarixi tajribasiga asoslangan xukukiy davlat barpo etish; konun va konunlarga rioya kilish ustimligini ta'miniash; isloxotlarda davlatning tashabbuskor va etakcliilik rol uynashi; ijtimoiy yunaltirilgan bozor iktisodiyotini boskichma-boskich shakllantirish, kup ukladli iktisodiyotni vujudga keltirish, xususiy mulk daxlsizligini ta'miniash, tashlbbuskorliq ishbilarmonliq tadbirkorlikka kumaklashish; bir mafkuraning yakkaxokimligidan voz kechish, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish, xurfikrliliq vijdon va din erkinligi koidalarini karor toptirish; kommunistik partiya yakkaxukmronligiga chek kuyish, kuppartiyaviylikni amalda shakllantirish; ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va xukuklarini ximoya kilish; xama uchun umumiy ta'lim, tibbiy yordam olish, mexnat kilish, dam olish shart-garoitlarini yaratish; ijodiy mexnatni kadrlash, odamlaming iste'dod va kobiliyatlarini namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratish va boshkalar.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin