Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
— Qanaqasiga g‘ayriodatiy bo‘larkan? Qachondan buyon? 
— Axir sen g‘oyibdan ko‘ruvchisan-ku, — eslatdi Palmer. 
— Afsun zarralari xiralashgan. Ammo shakl yaqqolroq ko‘rinayapti. Sana hali juda ham xira. Ammo 
bu uylanishdan ancha oldin ro‘y bergan. 
Yigit teskari o‘girildi-da, soatning yashiltob raqamlariga qaradi. So‘ng ko‘zlarini yumdi.  
— Kechir meni. 
— Nima uchun? 
— Sening hafsalangni pir qilganim uchun.  
— Qaydan bilding? 
— O’zim bilmayman, — g‘amgin xo‘rsindi juvon va sigaretani o‘chirdi. — Bunday narsalarda men 
uncha kuchli emasman, — dedi u. — Na tajribam bor, na mashqim. — U cho‘zilib sigaretani oldi va 
kalta tortib qo‘ydi. 
— Mening tilim achchiq va tik holatda topqirman, ammo to‘shakda zarur chaqqonlikka erishmoq 
uchun bu bilan ko‘p shug‘ullanmaganman. 
— Ana xolos, — dedi yigit unga qarash uchun burilib yotarkan, — bizning uyatli sirlarimiz endi 
xatga tushgan. 
— Qanaqa uyatli sirlarimiz? 
— Qanaqa deysanmi? Bu mening birinchi xiyonatim, bu ushbu masalalarda sening ham yirik 
mutaxassis emasliging. 
Juvon labini burib qo‘ydi-da, unga sigaretani qaytardi. 
— Siz bankirlar doim yakun yasashga shoshasizlar. 
— Albatta. 
— Lekin biz ikkovimiz o‘z vazifamizni a’lo darajada bajarganimizga iqror bo‘lishing kerak, — 
o‘ychan dedi juvon. — Endi-chi? — U jim qoldi va nimanidir o‘ylab, qoshini chimirdi. 
Palmer tutunni oyog‘iga pufladi. 
— Men hali ham nutq qilish ishtiyoqidaman, — dedi u. — Buning uchun so‘z topolmayman, ammo 
ko‘nglimdagini aytish zarurligini his etib turibman. 
— Qanaqa nutq ekan? 
— Bo‘lib o‘tgan gaplar haqida. 
— Menga nutqning hojati yo‘q. 
— Lekin menga hojati bor, — so‘zida turib oldi Palmer. — Sen kutib tura olasanmi? 
— Istaganingcha. 
— Yaxshi. — U sigaretani o‘chirdi va chalqancha yotgancha pastga surildi, uning boshi matrasga 
tushib qoldi. 
— Iltimos, uxlab qolma, — dedi juvon. 
— Uxlamayman. 
— Hozir uxlab qoladiganga o‘xshayapsan. Hozir shunaqa bo‘shang, yalqov va landovursanki. 
Men emas, mening eng yaxshi bo‘lagim. 
— O’lguday kulgili! 
— Men o‘ylayapman va u tap-tayyor bo‘ladi, —ishontirdi u juvonni. 
— Tarki odat — amri mahol, — Virjiniya uni kuzatish uchun bir yoniga burildi. — Sen 
o‘ylamayapsan, — dedi u, — qiynalayapsan. 
— Unchalik emas. 
— Gunohkorlik hissi yashirin senda. 
— Hali paydo bo‘lgani yo‘q. 
— Hozir paydo bo‘ladi. 
— Shunaqaga o‘xshaydi, — uning fikriga qo‘shildi Palmer. — Bu har doim shunaqa bo‘ladimi? 
— Ha. 
— Nega sen o‘zingni gunohkor deb bilishing kerak ekan? — so‘radi Palmer. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin