Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
paytgacha u YuBTK uchun nima qilib berdi? 
— Har holda bolalarimizni Bentli maktabiga olishlariga erishdi. Axir, bu maktabga qabul qilish 
to‘xtatilgan edi, — e’tiroz bildirdi Edis. 
— Bu Berns uchun juda oddiy ish. Afsuski, YuBTK uni iltifot yuzasidangina ushlab turgani yo‘q. 
— Biroq ushbu iltifotlarning qadriga yetmaslik ham insofdan emas, — dedi Edis. — Birinchi vitse-
prezidentning bolalari yaxshi ma’lumot olishlaridan bank ham manfaatdor, axir. 
— Ha, lekin bunaqa iltifotlar bankka ancha qimmatga tushib ketmayaptimi? Bilishimcha, u yiliga 
qariyb ellik ming dollar oladi, — to‘ng‘illadi Palmer. 
— Unga to‘layotgan bor-yo‘q maoshlaring shumi? 
— Ha. Tag‘in unga vakillik xarakatlari ham to‘lanadi. 
— Ammo, azizim, bu juda kam-ku. Axir u topib bergan pudratchi bir oyda butun ishni bajarib 
qo‘ydi... 
Palmer soatiga qaradi: sakkiz yarim. U deraza oldiga borib, ko‘chaga qaradi. Bankning oltmishta 
mashinasidan bittasi — maxsus buyurtma bilan tayyorlangani — mehmonxona oldidagi yo‘lakda, 
avtomobillarning safida ikkinchi bo‘lib o‘z yo‘lovchisini kutib turardi. 
— Edis, — dedi Palmer chiqib ketayotib, — ba’zan senda ham yumor hissi paydo bo‘lib turishini 
istardim. 
— Mening yumor hissiyotim juda yaxshi! — baqirib qoldi Edis uning orqasidan. 
— Bunday narsalarni gapirayotganda sal-pal jilmaysang bo‘lmaydimi? 
— Men ba’zan jilmayib qo‘yaman, — dedi Edis, qo‘lida qahvasi ichib tugatilmagan finjon bilan 
uning orqasidan ergashib. 
Bo‘sh qo‘li bilan Edis erining bo‘yinbog‘ini to‘g‘rilab qo‘ydi. Mashinaga o‘tirgach, o‘zim qaytadan 
to‘g‘rilab qo‘yaman, o‘yladi Palmer. Chikagoda bunga beparvo qaralardi, lekin bu yerda, Nyu-Yorkda 
bunday pala-partishlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Palmer xotinining yonog‘idan qattiq o‘parkan, so‘radi: — Bugun kechqurungi rejalarimiz qanday? 
— Kechqurun Osborn pesasini ko‘rgani boramiz. 
— Kechki ovqatga mehmonga boramizmi? 
— Ha, hozir shunaqasi ma’qul, — pinagini buzmay javob berdi Edis. 
— Men ushlanib qolaman, bolalarga «xayrli tun»ni ham telefonda aytsam kerak. 
— Qo‘rqamanki, aynan shunday bo‘ladi, azizim, — dedi Edis. — Yaxshi boring. 
— Hozircha... 
Liftda pastga tusharkan, Palmer ko‘z oldiga keltirdi: Edis oyna oldida o‘tirib kipriklarini, ayniqsa 
qovog‘i ustini astoydil bo‘yamoqda. U balki Edisga nisbatan adolatsizlik qilayotgandir. Lekin, baribir, u 
haq. Nihoyat, shunday xulosaga kelgan Palmer, mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirdi. Darbon mashina 
eshigini chaqqonlik bilan yopdi. 
— Xayrli tong, ser, — dedi shofyor. 
— Xayrli tong, Jimmi. 
Bulutlardan tozalangan osmonda oktyabr quyoshi toza nur sochardi. Tong chindan ham ajoyib
xayrli ko‘rinib ketdi Palmerning ko‘ziga. Bu tong unga ilhom baxsh etganday bo‘ldi. 
Bizning kayfiyatimiz, deya ishontirmoqchi bo‘ldi u o‘zini, oddiy yovuzlikdan boshqa hech narsa 
emas. Bunday kayfiyat undan qutulishimiz uchungina kerak. Aks holda jiddiy ishlar bilan shug‘ullanish 
mutlaqo mumkin bo‘lmay qoladi. Kayfiyatga bo‘ysunish uning uchun hamisha o‘zgarmas haqiqat 
bo‘lib kelgan. Bu hodisa moddiyunlik toifasidan emas, shuning uchun ham u irratsionaldir. Hayot esa 
o‘z mohiyatiga ko‘ra hamisha umidsiz moddiydir va agar uning ratsional mag‘izi doimo aniq vujudga 
kelmasa-da, hech bo‘lmaganda u mantiq qonunlariga bo‘ysunadi. 
Uning otasining eng qat’iy e’tiqodlaridan biri ham aynan shunga asoslanardi. Endi bu narsa uning 
ham e’tiqodiga aylandi va chuqur ildiz otgan tamoyillar, masalan, respublikachilar firqasi 
nomzodlariga ovoz berish, asosiy sarmoyaga teginmaslik, oq ko‘ylak kiyib yurish va hokazolarda o‘z 
ifodasini topadi. Ushbu tamoyillarning hammasi, deb o‘ylardi u mashina Beshinchi avenyuga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin