Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik  www.ziyouz.com



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
12. XOINLIKDAN XUDO ASRASIN 
Kapitan Ramazonovning so‘rog‘idan so‘ng Jahongir eslagan voqea bayoni. 
Kapitan Ramziddin Ramazonov mayor Solihovning topshirig‘ini bajarib, marhum 
Sharipov oilasiga yaqin kishilar haqida ma’lumot to‘pladi. «Mayor qotilni marhumga 
yaqin odamlardan qidirib to‘g‘ri qilyaptimi, — deb o‘yladi u. — Muhammadrizaevga yaqin 
odamlar-chi? Uning urush yillaridagi sirli harakatiga nima uchun qiziqmayapti? 
Partizanlar otryadida bo‘lgan, so‘ng asirga tushgan, Turkosshtelleda — SS bosh 
boshqarmasining Turkiston bo‘limida xizmatda bo‘lgan, u yerdan topshiriq olib, yurtiga 
kelganu to‘g‘ri militsiyaga uchragan. Nemislar tayyorlab bergan hujjat bilan tinchgina 
yashab yurishi mumkin edi...» 
Ramazonov savollariga javob topolmay Jahongir haqida ma’lumotlar jamlangan 
papkani ochdi. 1944 yilgi so‘roq, to‘plangan ma’lumot ajablanarli edi. 
«Jahongir Muhammadrizaev partizan otryadida barcha harbiy operatsiyalarda halol 
ishtirok etdi. Yurtdoshi Tolibjon To‘xtasinov bilan navbatdagi operatsiyaga ketib
nishonsiz g‘oyib bo‘ldi. Otryadda sotqin, xoin deb gumon uyg‘otgan emas. 
Otryad komandiri, podpolkovnik Strujev» 
1944 yilda Muhammadrizaev harakatida jinoyat alomatlari topilmagan, aksincha
1938 yilgi hukm bekor qilingan. Lekin oradan to‘rt yil o‘tib «Vatan xoini» 
Muhammadrizaev o‘n uch yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan. 
Bu sohaning nozik jihatlarini hali yaxshi o‘rganib yetmagan kapitan Jahongirning 
hayotiga oid ma’lumotlardan bir xulosa chiqara olmas edi. Asirga tushganlarning, 
Yugoslaviya partizanlari safida jang qilganlarning urushdan keyingi ayanchli taqdiri unga 
ayon. Qo‘shinlardagi maxsus bo‘limning berahmligini ham biladi. Qirq to‘rtinchi yilda, 
josuslik vazifasi bilan o‘tib kelgan odamning gunohidan o‘tishlari mumkinmidi? 
Ramazanov «Agar bizning razvedkaga xizmat qilgan bo‘lsa, gunohidan o‘tishgandir», 
deb xulosa chiqardi. Gunohdan o‘tib turib, to‘rt yildan so‘ng uni yana qamoqqa tiqishlari 
ajablanarli. «Agar odamni Xudo yaratib, uning taqdirini ham belgilab qo‘ygan bo‘lsa, 
bunday chigal taqdirni qanday o‘ylab topdi ekan? Taqdir changalida o‘yin bo‘lgan odam 
aqldan ozmay yashashi mumkinmi?» 
Ramazonov Jahongir haqida o‘ylaganlarini mayor Solihovga aytdi. 
— Istasangiz, tegishli bo‘lim bilan bog‘laning. Istasangiz, o‘zi bilan gaplashing. Lekin 
mening nazarimda Muhammadrizaevning u yillardagi hayotidan bu ishga aloqador 
ma’lumot ololmaysiz. Balki... — Solihov picha o‘yladi, — bu odamning fe’l-atvorini 
aniqlashga yordam beradigan biror gap chiqar. Men marhumning yaqinlari bilan 
shug‘ullanaman. Siz Muhammadrizaev bilan uchrashing. 
Maxsus bo‘limda Ramazonovning iltimosi ikki kundan keyin qondirildi. 
Muhammadrizaev hayotiga oid ma’lumotlar to‘plamini unga ko‘rsatishmadi. Buning 
o‘rniga «J. Muhammadrizaev razvedkada xizmat qilmagan», degan qisqagina javob xati 
berishdi. Turkiston legioniga oid savol-javoblar va ma’lumotlarning eng so‘nggiga 
tikilgan, Jahongirning o‘z qo‘li bilan arab imlosida xusnixat bilan yozgan tilxati 
Ramazonov uchun sir bo‘lib qolaverdi. Aqalli «Men xoin bo‘lmaganim vajhidan yurtimga 
qarshi ish ko‘rishdan o‘zimni tiyib, sizlarga taslim bo‘ldim. Ularning buyruqlariga 
bo‘ysunishdan maqsadim — ota yurtimga kelib olish edi. Sizlarga xizmat qilishim u 
tomonga nisbatan xoinlik bo‘lur, men esam xoinlikdan hazar qilaman. Xoinlikdan hazar 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin